Ilhom Komilovni tabriklaymiz!
26 okt 2014 20:35
Yangiliklar


Ilhom Komilovni tabriklaymiz!
Bugun "So'g'diyona" himoyachisining hayotidagi quvonchli kunlardan biri.
Bir necha yillardan buyon So'g'diyona jamoasining asosiy futbolchilaridan biri hisoblanib kelayotgan himoyachi Ilhomjon Komilov bugun hayotidagi unutilmas lahzalarni qarshi oladi. Jamoadagi bo'ydoqlar safi bittaga kamaymoqda. Bugungi unutilmas kun bilan Ilhomjonni jamoa rahbariyati, mamuriyati, murabbiylari va barcha azolari chin yurakdan muborakbod etadi. Unga va turmush o'rtog'iga shaxsiy hayotlarida baxtli va saodatli oila egalari bo'lishlarini, bir-biridan shirin farzandlarning ota-onalari bo'lishlarini tilab qolamiz!

Fikrlar