Ilhom Komilov: “O'g'il farzandlik bo'ldim”
08 jan 2016 16:21
Yangiliklar
Ilhom Komilov: “O'g'il farzandlik bo'ldim”
Qo'qonliklar bilan shartnomasi yakunlangan himoyachi jamoaning yangi mavsumdagi o'quv-yig'inlarida ko'rinmayapti. Biz Ilhomjon bilan bog'lanib buning boisini so'radik.
“O'tgan mavsumni ikkinchi yarmini Qo'qonda o'tkazib, qo'limdan kelgancha muxlislarni xursand qilishga urindim. Qo'qon jamoasi bilan yil so'ngigacha shartnoma qilgan edim. Hozirgi kunda uydaman. Oilamda quvonchli voqea sodir bo'ldi. Birinchi farzandim dunyoga keldi. Hozir mendan baxtiyor inson yo'q, chunki yaratgan menga o'g'il farzand taqdim qildi. Takliflarga kelsak ayrim jamoalardan takliflar bor. Qaysi jamoalardan ekanligini aytmay tura qolay. Menga qolsa yana Qo'qonda o'ynamoqchiman. Albatta murabbiylarga harakatlarim maqul kelsa. Jamoa rahbari bilan telefon orqali gaplashdik, yaqin kunlarda “Qo'qon-1912” mashg'ulotlariga qo'shilaman”, - deydi Ilhom Komilov.
Akramjon Mamadaliev.
O’xshash yangiliklar
championat.asia
Ўзбекистон U-23 терма жамоаси мусобақани ғалаба билан бошланди. Стартда Ливанни енгдик
Испания Суперкубоги. "Реал" ярим финалда "Атлетико"ни мағлуб этди, финалда "эл класико" кўрамиз
Испания Суперкубоги. "Барселона" "Атлетик"ни ўта йирик ҳисобда таслим этиб, финалга йўл олди
АПЛ. "Манчестер Сити" "Брайтон" билан ўйинда яна очко йўқотди. Ҳусанов тўлиқ ўйнади
Fikrlar