So’nggi yangiliklar

02:47Португалия — УЕФА Миллатлар лигаси соҳиби! Португаллар финалда испанларни пенальтилар серияси орқали мағлуб этишди  141 00:51Забарний "Борнмут"га ПСЖга ўтмоқчи эканини айтди, ҳимоячи учун 70 млн евро талаб қилишмоқда  1 00:25"Манчестер Сити"нинг 70 млн евролик бўлажак трансфери тиббий кўрикдан ўтди  2 23:50Жоб Беллингемнинг янги клуби маълум  0 23:22"Байер" Вирцни 140 млн евро эвазига "Ливерпуль"га сотадими?  2 22:35Қатар терма жамоаси Тошкентга етиб келди  6 22:15Ўртоқлик ўйини. Ўзбекистон ва Россиянинг 21 ёшгача бўлган жамоалари ўртасидаги ўйинда 9 та гол урилди  43 22:10Ўзбекистон кубоги. "Динамо" 1/8 финалнинг илк ўйинида "Лочин"ни тор-мор этди  12 21:43Ўзбекистон терма жамоасининг бугунги машғулотидан ФОТОГАЛЕРЕЯ  0 21:34Аарон Ремзи фаолиятини Мексикада давом эттиради  1 21:10Абдулла Абдуллаев: "Энди янада юқори мақсадлар қўйиб, мундиалда яхши натижалар қайд этишга ҳаракат қиламиз"  11 20:44Ўзбекистон U-16 назорат ўйинида Россия U-16га йирик ҳисобда мағлуб бўлди  18 20:24Одил Ҳамробеков: "Нималар қилиб қўйганимизни тўлиқ ҳис қила олмаяпман"  13 20:00УЕФА Миллатлар лигаси. Франция учинчи ўрин учун баҳсда Германияни мағлубиятга учратди  29 19:54Про лига. "ФарДУ" ва "Арал" ўртасидаги ўйин тақдирини ягона гол ҳал қилди  5

Ilhom Hamroev: "Yaponiya bilan bor kuchimizni berib o'ynaymiz" Yangiliklar

Ilhom Hamroev: "Yaponiya bilan bor kuchimizni berib o'ynaymiz"

Futzal bo'yicha O'zbekiston terma jamoasi Xitoy Taypeyida davom etayotgan Osiyo chempionati guruh bosqichining so'nggi o'yiniga tayyorgarlik ko'rayotgani haqida avvalroq xabar berilgandi.

“B” guruhi 3-turida o'zbekistonlik futzalchilar Yaponiya termasiga qarshi bahs olib boradi.

Ertaga, 5 fevral kuni o'tkaziladigan ushbu uchrashuv oldidan Osiyo chempionatida ilk bor ishtirok etayotgan O'zbekiston terma jamoasi azosi Ilhom Hamroev o'z fikrlari bilan o'rtoqlashdi.

“Ertangi bellashuv oson kechmasligini bilamiz, Yaponiya tajribali hisoblanadi. Ammo bo'lajak o'yinda bor kuchimizni berib o'ynaymiz va g'alaba qozonib, guruhda 1-o'rinni qo'lga kiritishimizga ishonamiz. Tayyorgarlik jarayonlari alo darajada o'tmoqda. Jamoaning ichki muhiti ham juda yaxshi. Biz ertangi o'yinga tayyormiz, – dedi Ilhom Hamroev.

Janubiy Koreyaga qarshi birinchi tur o'yinida Osiyo chempionatidagi debyut uchrashuvingizni o'tkazib, gol kiritish uddasidan chiqdingiz. Taassurotlaringiz haqida so'zlab bersangiz.

“Janubiy Koreya bilan bahs biz kutgandek qiyin o'tmadi. O'yin davomida ustunlikka ega bo'lib, to'pni nazorat qildik. Albatta, Osiyo chempionatidagi debyut o'yinimda gol urganimdan xursandman. Ammo asosiy vazifa – jamoaning g'alabasiga doimo hissa qo'shishdan iborat”, – deya o'z taassurotlari bilan o'rtoqlashdi yosh va mahoratli futzalchi.

Malumot uchun, Ilhom Hamroev 1997 yil 25 sentyabr kuni Buxoro viloyati, Kogon shahrida tavallud topgan. Futzal bilan 2013 yildan boshlab professional tarzda shug'ullanib keladi. Ilhom Hamroev 2017 yili Tailandda bo'lib o'tgan U-20 Osiyo chempionatida O'zbekiston yoshlar termasi sardori bo'lgan. Mazkur musobaqada yosh futzalchi 4 ta gol kiritishga muvaffaq bo'lgan edi.  

Reyting: +3   

Fikrlar

championat.asia
< so’nggi yangiliklarni ko’rish
Яндекс.Метрика