So’nggi yangiliklar

01:48Камавинга ва Себальоснинг "Реал"даги тақдири маълум бўлди  0 01:15"Атлетико" Линони 25 миллион еврога сотиб юборди  0 00:55Азиз Холмуродов: "Бизнинг ёш тоифасидаги энг кучли терма - Япония"  1 00:43Ўзбекистон U23 терма жамоаси Японияга қарши ўйин учун тайёргарликни давом эттирмоқда ГАЛЕРЕЯ  0 00:11Конференциялар лигаси саралаши. "Сабаҳ" сафарда ишончли ғалаба қайд этди, Раҳмоналиев майдонга туширилмади  2 23:59Конференциялар лигаси саралаши. "Истанбул Башакшеҳир" қийин ғалаба қайд этди, Шомуродовдан дебют  16 23:36Breaking! "Зўр ТВ" ЖЧ-2026 трансляция ҳуқуқини сотиб олди!  16 23:13Тер Штеген операция қилинади  1 22:59Конференциялар лигаси саралаши. "Астана" дуранг ўйнади, "Актобе"дан кичик ҳисобда ғалаба  1 22:18"Қизилқум" халқаро ўртоқлик учрашувида дуранг қайд этди  0 21:47"Арсенал" 15 миллионлик трансферини эълон қилди  1 21:36"Насаф" назорат баҳсида "Хоразм"ни кичик ҳисобда мағлуб қилди  0 20:50"Машъал" Про-лига вакили билан назорат ўйинида 2 тўп фарқидаги ғалабани ушлаб қола олмади  3 20:29"Шўртан" 4 футболчини таркибига қўшиб олганини маълум қилди  2 19:58"Манчестер Юнайтед" Уоткинс борасида музокараларни давом эттирмоқда  5

Ilhom Hamroev: "Biz Osiyoda Eron va Yaponiyadan ortda emasmiz" Yangiliklar

Ilhom Hamroev: "Biz Osiyoda Eron va Yaponiyadan ortda emasmiz"

O'zbekiston futzal terma jamoasi Quvaytda o'tkazilgan Osiyo Kubogida 3-o'rinni qo'lga kiritdi.

Terma jamoamiz yarim finalda Yaponiyaga yutqazib qo'ydi. Xo'sh, Quvaytdagi musobaqadan futzalchilarimiz qanday fikrda? Buni bilish istagida Ilhom Hamroev fikrlariga quloq tutdik.

"Musobaqadan olgan taassurotlarimiz alo. Osiyo Kubogi biz uchun tajriba bo'ldi, deya olaman. Yaponiya bilan o'yinda bizga ozgina omad etishmadi. Biz bu o'yinda g'alaba qozonsak bo'lardi. Qolaversa, xatolarimiz evaziga bizni mag'lub etdi. 

Finalga chiqqan taqdirimizda biz Eronni yutgan bo'lardik. To'g'ri, ular kuchli. Lekin biz ham aslo qolishmaymiz. 

O'zbekiston futzal terma jamoasi Osiyoda uchinchi raqamli emas. Biz undanda yuqori darajadamiz. Bunga tajribamiz va kuchimiz etadi. Bazida omad etishmasligi natijaga pand berishi mumkin. Aslida biz Eron va Yaponiyadan aslo qolishmaymiz. 

Musobaqaga yaxshi tayyorgarlik ko'rilgan ekan. Barcha sharoitlar yaratilib berildi. Bu borada hech qanday muammoni kuzatganimiz yo'q. 

CHetdan bizning futzalchilarimizga takliflar bo'ladi. Bazida moliyaviy tomonlama to'g'ri kelmaydi. Baribir agentlar yo'qligi uchun ham kelishuvlar uzilib qoladi. Aslida variantlar bo'ladi. 

“Jizzax-Kenteks” bilan bu yil yana chempion bo'lishni niyat qilganmiz. CHempionatda kuchli jamoalar soni oshgan. Lekin biz maqsadga erishish uchun oxirigacha kurashamiz", – deya so'zini yakunladi Hamroev.

Reyting: +1   

Fikrlar

championat.asia
< so’nggi yangiliklarni ko’rish
Яндекс.Метрика