Ilhom Boydedaev "Neftchi" safida mashg'ulot o'tkazdi
04 jan 2016 17:54
Yangiliklar
Ilhom Boydedaev "Neftchi" safida mashg'ulot o'tkazdi
4 yanvar kuni tushdan so'ng mashg'ulotlarga kirishgan futbolchilarga Andrey Fyodorov boshchilik qildi. Tatildan so'ng tarkib hali to'liq yig'ilgani yo'q. Jamoa futbolchilari sekin-asta Qirgulidagi qarorgohga yig'ilshmoqda.
“Neftchi”da qishki selekciya jarayoni davom etmoqda. O'tgan mavsum “Navbahor” sharafini himoya qilgan Ilhom Boydadaev bugungi “Neftchi” mashg'ulotlarida ishtirok etdi. Hali futbolchi bilan rasman shartnoma imzolangani yo'q. Malumot o'rnida, sobiq “Navbahor” vakilini jamoa bosh murabbiyi Andrey Fyodorovning shaxsan o'zi Farg'onaga taklif etgan. Yana tarkibda o'zgarishlar bo'lishi kutilmoqda. Bu haqida keyinroq xabar beramiz. Eslatib o'tamiz, Andrey Fyodorov bosh murabbiyligidagi “Neftchi” jamoasi yana 8 kun davomida Qirgulida mashg'ulot o'tkazadi. SHundan so'ng yig'in, Toshkentga ko'chiriladi.
“Neftchi” PFK matbuot xizmati.
O’xshash yangiliklar
championat.asia
Breaking! Бозоров, Алибоев, Рўзиев ва Холмуродов терма жамоадан чақирув олди
Манба: Абдуқодир Ҳусанов — Осиёнинг 2025 йилдаги энг яхши ёш футболчиси!
АПЛ. Дуранглар оқшоми: байрамдан кейин жамоалар ғолиб бўлишни исташмади
Расман: "Челси" ва Энцо Мареска ўзаро келишув асосида ҳамкорликни тўхтатди
Fikrlar