So’nggi yangiliklar

11:32"Реал" ва "Барселона" "Челси" форвардига даъвогарлик қилмоқда  0 10:54Хоразмлик мухлисларга хушхабар. "Хоразм" уйига қайтмоқда  1 10:42ПСЖ футболчисини "Галатасарой"га таклиф қилди  0 10:07"Манчестер Юнайтед" "Барселона" футболчисига 70 миллион евро таклиф қилди  0 09:30Русланбек Жиянов: "Иккинчи таймда ўйинимиз очилди"  1 09:02Жиззахдаги стадион "ёнган" учрашувдан ГАЛEРEЯ  0 08:33Ўртоқлик учрашуви. Ҳусанов майдонга тушган баҳсда "Манчестер Сити" ғалаба қозонди  2 08:04Суперлига. Бугун 16-тур якунланади  2 07:35Лионель Месси жароҳат олди  1 07:05Суперлига. "Бунёдкор" ва "Насаф" сафарда ғалаба қозонди, "Навбаҳор" эса "Динамо" билан дуранг ўйнади  0 06:30Сергей Лушчан: "Омадимиз келиб мағлубиятдан қутулиб қолдик. Жамоанинг 40% йиғиннинг сўнгги кунларида сафимизга келиб қўшилди"  2 03:00Вадим Абрамов: "Агар ўйин натижасини биринчи бўлимдаёқ ҳал қилиб қўйганимизда бундай савол бермаган бўлардингиз"  3 00:26Манише Феликс ҳақида: "Футбол лойиҳаси бўлиб қолди. Шундай клубларда имкониятлар, аммо у ишлашни хоҳламайди"  3 00:06"Интер" ва Нкункунинг агентлари трансфер шартларини муҳокама қилишмоқда  0 23:41Иван Бошкович: "Бугун нимадир ўхшамади"  0

Ilhom Alijonov: "Andijon" ishqibozlarini "Borussiya Dortmund" muxlislariga o'xshataman" Yangiliklar

Ilhom Alijonov: "Andijon" ishqibozlarini "Borussiya Dortmund" muxlislariga o'xshataman"

"Andijon"ning Turkiyadagi yig'ini reja asosida davom etyapti.

Yangi mavsumga tayyorgarlik, mashg'ulotlar jarayonlari haqida "burgutlar" himoyachisi Ilhom Alijonovning fikrlari bilan qiziqdik. 


- "Andijon" o'tgan mavsumda barqaror o'yin ritmiga tushib olishingizga qay darajada yordam berdi?

- Hammasini Superliga ko'rsatadi. Pro ligada daraja boshqacharoq. Umuman olganda qoniqdik. CHempion bo'lib qaytdik. Futbolni sog'ingan edim. Hammasi joyiga tushyapti. 

- Eng yodda qolgan voqea nima bo'ldi?

- "Turon" bilan o'z maydonimizda durang o'ynaganimizdan so'ng Superligaga chiqishimiz aniq bo'lib ulgurgandi. Viktor Kumikovni oldiga borib oila qurayotganimni, qaysi sanaga to'y kunini belgilashimni so'radim. Hammani taklif qilishimni aytdim. Viktor Balyutovich 1 noyabr kunini belgilib berdilar. O'sha kuni jamoadagi barcha keldi, xursand bo'lishdi. SHunisi bilan mavsum yodda qoldi. 


- Viktor Kumikov va Aleksandr Xomyakovda uslub jihatdan o'xshashlik bormi?

- Ikki murabbiy ham aqlli inson va talabchan.  Xomyakov kichik detalni etiborsiz  qoldirmaydi. Taktikalari ayrim jihatlari o'xshash.

- Vodiyda 2ta talabchan muxlislariga ega "Navbahor" va "Andijon"da o'ynagansiz. Bu ikki jamoani muxlislarini Evropadan kimga o'xshatasiz?

- "Andijon"ni Germaniya stadionlarini yondiradigan ishqibozlariga o'xshataman. "Borussiya Dortmund" stadionini qarang, yondirishadi. "Andijon" uyda o'ynagan kuni bayram bo'ladi. Ikki qo'limni ko'taraman. Ularni xursandchiligidan charchoqlaringiz chiqib ketadi. "Navbahor"ni APL jamoalariga qiyoslash mumkin. Muxlislik umumiy darajada. Fan klub alohida ajralib turmaydi. Birga nishonlash, stadiondagi to'lqinlar Angliyaga tortib ketadi. Germaniyada alohida sektorda, kiyimlarni kiyib olqishlashadi. 

- Turkiyadagi mashg'ulotlar o'zimizga qaraganda engilroq o'tyaptimi?

- Oladigan narsalarimizni shu erda o'rganib olishimiz kerak. 7ta o'rtoqlik o'yinlari ko'p narsa beradi. Orasida bir kun ham dam yo'q. O'yindan keyin ham mashg'ulotlar bor. Individual ishlaymiz. Yashashimiz yaxshi, taomlanish taminoti zo'r, 5 yulduzlik mehmonxona. Lekin shungacha ham biz malum bir yo'lni bosib o'tamiz. 2 mahal shug'ullanamiz. Xomyakov istayotgan narsani bajarishimiz kerak. Turkiyada hordiq chiqarib yurdik ham deylik, bizga ham yoqadi dengiz sohiliga chiqib dam olib yotish. Ertaga maydonga kim chiqadi? Boshqa odam kelib o'ynab bermaydi-ku! Xorij yig'in o'tkazish maqsad bu erda barcha sharoit bor. Iqlim sabab O'zbekistonda to'liq mashg'ulot o'tkazish qiyinroq.


Abdulaziz Iskandarov suhbatlashdi

Reyting: +5   

Fikrlar

championat.asia
< so’nggi yangiliklarni ko’rish
Яндекс.Метрика