Ilgiz Tantashev JCH saralash o'yiniga taklif oldi
08 noy 2021 22:32
Yangiliklar
Ilgiz Tantashev JCH saralash o'yiniga taklif oldi
11 va 16 noyabr kunlari Osiyoda JCH saralash bahslari davom ettiriladi.
16 noyabr kuni Iroq terma jamoasi "o'z maydonida" Janubiy Koreyani qabul qiladi. Bu o'yinni hamyurtimiz Ilgiz Tantashaev boshqarib boradi. "O'z maydonida" so'zi qo'shtirnoqqa olingani sababi, uchrashuv Dohadagi "Tani bin Jassim" stadionida bo'lib o'tadi.
Malumot uchun, bu Tantashev uchun "A" guruhi jamoalari o'rtasidagi birinchi o'yin bo'ladi. Bungacha buxorolik hakam "B" guruhidan o'rin olgan Saudiya Arabistoni - Vetnam hamda Saudiya Arabistoni - Xitoy uchrashuvlarini boshqarib borgan.
Fikrlar