Ildar Sakaev: "Qo'qon-1912" kuchli ekanligini inkor etib bo'lmaydi”
31 mar 2019 22:29
Yangiliklar


Ildar Sakaev: "Qo'qon-1912" kuchli ekanligini inkor etib bo'lmaydi”
Superliga 2-tur doirasidagi “Qo'qon-1912” – “Andijon” uchrashuvidan keyingi matbuot anjumanining birinchi qismida “Andijon” jamoasi ustozi Ildar Sakaev ishtirok etdi.
- Bugungi o'yinda qayd etilgan durang natijani qoniqarli deb bilaman. Odatdagidek, bu safagi vodiy derbisi ham shiddatli va keskin kurashlar ostida o'tdi. Muxlislar aynan shunday o'yin kutishgandi. Biz hamisha muxlislar uchun ishlaymiz, o'ynaymiz. O'yinning sifati alo darajada bo'ldi. Stadionga yig'ilgan muxlislar haqiqiy “jang” guvohiga aylanishdi. Raqibimiz kuchli ekanligini inkor etib bo'lmaydi. Jamoa yaxshi shakllangan. SHunga yarasha tayyorgarlik ko'rgandik. Lekin xatolar ustida ishlashni davom etamiz. “Qo'qon-1912” jamoasiga omad tilayman. Andijondan tashrif buyurgan muxlislarga minnatdorchilik bildiraman", - deydi Sakaev.
O’xshash yangiliklar

Fikrlar