Ildar Sakaev: “Barchaga rahmat!”
13 may 2015 11:05
Yangiliklar
Ildar Sakaev: “Barchaga rahmat!”
O'zbekiston Birinchiligining 1-bosqich, 8-turidan o'rin olgan “NBU-Osiyo” – “Oq-tepa” jamoalari o'rtasidagi bellashuv yakunlangach, mehmonlar ustozi Ildar Sakaevning fikrlari bilan qiziqdik.
- Bugungi g'alaba uchun futbolchilarga minnatdorchilik bildiraman! Ular o'z xarakterlarini ko'rsatishdi. Jiddiy raqibga qarshi hisobdan kelib chiqqan holda to'g'ri o'ynay olishdi. Bu erda taktik yondoshuvni nazarda tutyapman. Qolaversa, bugun ko'rganingizdek, tez tibbiy yordam mashinasini kutib qolganimiz bois, o'yin 25 daqiqaga kechroq boshlandi. Tabiiyki, bu ham har qanday jamoa azolarini ruhiyatiga salbiy tasir qiladi. Lekin bizda bunday bo'lgani yo'q.
SHuningdek, futbolning ashaddiy shinavandasi bo'lgani klubimiz rahbarlariga, bizni tribunada o'tirib qo'llab-quvvatlab turgan kam sonli bo'lsa-da, sodiq muxlislarimizga ham rahmat aytaman! Ularning daldasi ham g'alabamizga muhim omillardan bo'ldi.
SHuningdek, futbolning ashaddiy shinavandasi bo'lgani klubimiz rahbarlariga, bizni tribunada o'tirib qo'llab-quvvatlab turgan kam sonli bo'lsa-da, sodiq muxlislarimizga ham rahmat aytaman! Ularning daldasi ham g'alabamizga muhim omillardan bo'ldi.
championat.asia
ОЧЛ-2. "Андижон" Қатарда "Ал Аҳли"га ютқазди ва мусобақа билан хайрлашди
Элит ОЧЛ. "Насаф" "Ал Иттиҳод"га кичик ҳисобда ютқазиб, плей-оффга чиқиш имкониятини йўқотди
Самвел Бабаян: “Сабр қилсак, “Андижон” фахрланадиган даражадаги жамоага айланади”
"Барселона" собиқ президенти: "Бизда Месси, Хави ва Иньеста борлиги учун ғалаба қозонганмиз. Ёки Европада ҳам Негрейра ғалаба қозониб берганми?"
Fikrlar