So’nggi yangiliklar

08:40"Рома" янги мавсум учун учинчи либослар тўпламини намойиш қилди  0 08:13Гари Линекер: "Рэшфорд барчасини уддалайди"  0 07:45Хуршид Мухторовнинг янги жамоаси маълум  0 02:00Ғиштдан дарвоза қуриб ўйнаган, "Атлетико" майдонида энг яхши футболчи деб топилган ҳамда Роналдудан жарима зарбаси тепишни ўрганган "Пахтакор"нинг янги легионери билан яқиндан танишамиз  0 01:46Эшли Янг АПЛдан тушиб кетган жамоа учун тиббий кўрикдан ўтди  0 01:11Расман: Роберто Фирмино - "Ал Садд" футболчиси!  4 00:51"Милан" футболчиси "Бешиктош"га ўтиши мумкин  0 00:35"Ювентус" футболчисини "Вердер"га сотди  2 00:20Отабек Шукуров Ўзбекистон U-17 терма жамоаси ўйинига ташриф буюрди  2 23:5617 йиллик фаолиятдан кейин Сауль "Атлетико"дан кетди  1 23:39Расман: Уго Экитике "Ливерпуль"га ўтди  5 23:14Рэшфорд: "Барселона"ни уйимдек, бу ердагиларни оиламдагидек кўряпман"  5 22:59"Атлетико" "Ал Насср"га ўтиши керак бўлган футболчини 34 миллионга сотиб олади  0 22:34Месси ва Альба бир ўйинга четлатилиши мумкин  0 22:17Ўзбекистон U-17 терма жамоаси ЦСКАни кичик ҳисобда мағлуб қилди  8

Ikrom Suyunov: “Namangandagi stadionning maydoni tayyor xolatga keltirildi” Yangiliklar

Ikrom Suyunov: “Namangandagi stadionning maydoni tayyor xolatga keltirildi”

Xabaringiz bor, Namangandagi “Markaziy” stadion qariyb 1,5 yildan buyon kapital tamirdan chiqarilmoqda.
Jahon andozalariga to'la javob beradigan stadionda ishlar kun sayin yakunlanib borayotir. Aniqrog'i, katta extimol bilan shu yilning oxirida barcha ishlar poyoniga etadi va stadion to'liq foydalanishga topshiriladi.

Bundan roppa-rosa 3 oy oldin, “Markaziy” stadionda kechayotgan ishlar xususida malumot bergandik. Xo'sh, bugungi kunga kelib, maydonning xolati qay darajada? Umuman olganda, stadionda ishlar qanday kechmoqda?

SHu kabi savollarga javob olish maqsadida O'FFdagi maydonlar bo'limining bosh mutaxassisi Ikrom Suyunov bilan bog'landik.

- Ikrom aka, charchamayapsizmi?
- (Kulib) CHarchashga vaqt yo'q. Ayni paytda Namangandamiz. Bu erda ishlar reja asosida ketmoqda.

- Bundan uch oy oldin Namangandagi “Markaziy” stadionning maydoniga dastlabki urug' sepilgandi. Bugungi kunga kelib, maysada sezilarli o'sish kuzatilgan bo'lsa kerak?
- Albatta, parvarish yaxshi bo'ldi. Boshqacha aytganda urug' o'z vaqtida sepildi va shunga monand har kuni maydon sug'orilib bordi.

- Endi qachon tayyor xolat bo'ladi?
- Maydon chimi deyarli tayyor. Futbolchilar allaqachon mashg'ulot o'tkazishni boshlab yuborishgan. Bunga bir oycha bo'ldi.

- Maydonga nechchi marotaba urug' sepildi?
- Uch marta sepdik. Endi bundan keyin asosan iqlimga mos ravishda sug'orilib boriladi.

- Umuman olganda, stadiondagi tamirlash ishlari poyoniga etgandir?
- Yo'q, yana ozgina tugallanmagan ishlar turibdi. Xususan o'rindiqlar butunlay o'rnatilmagan. Maydon chetidagi yo'laklarga asfalt yotqizilgan. Lekin uning ustidan rezinka yo'laklari xali beri qilinmadi.

- Stadion direktori o'z intervyusida yangi elektron tablo olib kelinishi to'g'risida aytib o'tgandi...
- Ha, shunaqa gap bo'lgandi. Avvalgi tabloni atorofini sifatli qilib, o'rab chiqildi. Endi uning ichiga siz aytgan o'sha elektron tablo olib kelib o'rnatish qoldi xolos.

Islombek Rustambekov suhbatlashdi
Reyting:    

Fikrlar

championat.asia
< so’nggi yangiliklarni ko’rish
Яндекс.Метрика