Ikrom Aliboev va Eldor Suyunov jarohati sabab Turkiyadagi yig'inni o'tkazib yuboradi
09 fev 2017 13:17
Yangiliklar
Ikrom Aliboev va Eldor Suyunov jarohati sabab Turkiyadagi yig'inni o'tkazib yuboradi
Terma jamoa 12 fevralga qadar mashg'ulotlar o'taydi hamda Rossiyaning “Amkar” (10 fevral) va Armanistonning “Alashkert” (11 fevral) klublariga qarshi nazorat o'yinlarida maydonga tushadi.
O'zbekiston milliy terma jamoasi yarim himoyachisi Ikrom Aliboev va darvozabon Eldor Suyunov jarohatlari sabab mazkur yig'inda ishtirok eta olmaydigan bo'ldi.
“Lokomotiv” yarim himoyachisi klub mashg'ulotlarida jarohat olgan va “temiryo'lchilar”ning safida alohida shug'ullanmoqda. “Nasaf” posboni esa bir muddat avval safdan chiqqandi. Suyunov jarohati sabab “Nasaf”ning “Al-Fath”ga qarshi (0:1) OCHL–2017 pley-off uchrashuvini o'tkazib yuborishga majbur bo'lgan edi. Tajribali darvozabon Toshkentda qoldi.
Takidlash joiz, Ikrom Aliboev jarohati sababli 21–24 yanvar kunlari terma jamoaning BAAda o'tkazilgan yig'inida ham ishtirok eta olmagan edi.

O’xshash yangiliklar
championat.asia
Ла Лига. "Реал Мадрид" ўз уйида "Реал Бетис"га 5 та гол урди
АПЛ. "Ман Сити" "Челси"га қарши ўйинда 90+4 дақиқада тўп ўтказиб юборди ва ғалабани бой берди, Ҳусанов 51-дақиқада захирадан ўйинга қўшилди
Алижонов "Пахтакор"да қолиш учун йирик битимни рад этди
Ла Лига. "Барселона" сўнгги дақиқалардаги иккита гол эвазига "Эспаньол"ни мағлуб этди
Fikrlar