So’nggi yangiliklar

11:31ОФК келаси U-17 Осиё чемпионатлари мезбонини маълум қилди  3 11:10“Реал“ Трентни клублар ўртасидаги ЖЧда иштироки учун “Ливерпул“га қанча пул таклиф қилгани маълум  2 11:00Суперлига футболчилари ЕЧЛ финалчиларини тахмин қилди  11 10:45“Арсенал“ футболчиси фаолиятини Бразилияда давом эттиради (Фабрицио Романо)  1 10:22“Байер“ бош мураббийлигига номзодлар маълум қилинди  1 09:59Карло Анчелотти “Реал“ билан келишиб олди  3 09:37Пролига. Бугун 5-тур давом эттирилади  0 09:10“Рома“ тўпурар ҳужумчи билан шартнома имзоламоқчи  4 08:48“Ал Ҳилол“ супер футболчи билан музокараларни бошлади  3 08:16Sofascore. Азизжон Ғаниев кечаги учрашувда неча баҳога лойиқ кўрилди?  2 07:50Довбик Шомуродов ҳақида фикр билдирди  15 07:25Трент “Реал“да қанча ишлаб олиши маълум  11 02:11АПЛ. Дуранг ўйнаган "Ноттингем Форест" ЧЛ зонасига қайта олмади  4 01:48А Серия. "Милан" иродали ғалабага эришди, аммо жамоа ҳали ҳам кучли саккизликда эмас  2 01:17"Париж" - 46 йилдан сўнг Лига 1да! Унинг стадиони ПСЖ аренасидан йўлнинг нариги томонида жойлашган (мутолаа учун)  4

Ikrom Aliboev: “Seul” safida Server Jeparov kabi Janubiy Koreya chempioni bo'lmoqchiman Yangiliklar

Ikrom Aliboev: “Seul” safida Server Jeparov kabi Janubiy Koreya chempioni bo'lmoqchiman

O'zbekiston milliy terma jamoasi yarim himoyachisi Ikrom Aliboev 2019 yil avvalida “Lokomotiv”dan Janubiy Koreyaning “Seul” klubi safiga borib qo'shildi.

Ayni paytga kelib mahoratli futbolchi koreys klubi tarkibida 15 ta bahsda maydonga tushib, 2 bora raqiblari darvozasini ishg'ol etishga ham muvaffaq bo'ldi. Qolaversa, jamoadoshlarini 3 marta golli uzatma bilan taminlab, jamoasi muvaffaqiyatlariga hissa qo'shmoqda.

25 yoshli futbolchi “Seul” klubidagi faoliyati qanday ketayotgani xususida O'FA matbuot xizmatiga gapirib berdi:

- “Seul” jamoasidagi ishlarim alo darajada ketmoqda, desam ham bo'ladi. Jamoa murabbiyi doim ishonch bildirmoqda. Qolaversa, jamoamiz yuqori o'rinlar uchun kurash olib bormoqda.

O'zbek va koreys futbolini solishtirsam, bu erda futbol ancha tezroq. SHu boisdan ilk uchrashuvlarda tempga kirishib ketish oson bo'lgani yo'q. Lekin jamoadoshlarim hamda muxlislar hamisha qo'llab-quvvatlab turishdi va ayni paytga kelib Koreya K-ligasiga ancha moslashdim, deya olaman.

"Seul" FK o'z oldiga faqat va faqat oliy maqsadlarni qo'yadi. SHu bois men ham xuddi Server Jeparov singari ushbu jamoa bilan Koreya chempioni bo'lish istagidaman, - dedi futbolchi.

Takidlash joiz, hamyurtimiz Server Jeparov ham 2010-2011 yillarda “Seul” klubi sharafini himoya qilgan va mazkur klub safida Janubiy Koreya chempioniga aylangan.


Reyting: +24   

Fikrlar

championat.asia
< so’nggi yangiliklarni ko’rish
Яндекс.Метрика