Ikrom Aliboev: "Safardagi mag'lubiyat uchun munosib javob bera oldik"
09 apr 2015 13:35
Yangiliklar


Ikrom Aliboev: "Safardagi mag'lubiyat uchun munosib javob bera oldik"
OCHL 4-tur doirasidagi "Lokomotiv" - "Al Sadd" (5:0) uchrashuvidan so'ng mikst-zonada "temiryo'lchilar" safida Osiyo chempionlar ligasida debyut o'yinini o'tkazgan Ikrom Aliboevning o'yin haqidagi fikrlari bilan qiziqdik.
"O'yinni hamma ko'rdi. Safardagi mag'lubiyat uchun munosib javob bera oldik. Bugungi uchrashuvda asosiy tarkibda tushishimni umuman kutmagandim. Kutilmaganda men boshlang'ich tarkibga kiritilganimni bildim. Boshida albatta hayajon bo'ldi. Lekin o'zimni tezda qo'lga oldim. Bugungi g'alaba "Al Sadd"ga safardagi o'yin uchun javob bo'ldi", - deydi Ikrom Aliboev.
SHahboz Beg'amov suhbatlashdi.

Fikrlar