So’nggi yangiliklar

03:15Африка кубоги. 1/8 финал. Мали пенальтилар сериясида Тунисни мағлуб этди, Сенегал эса Судан устидан зафар қучди  0 03:03Ла Лига. "Барселона" сўнгги дақиқалардаги иккита гол эвазига "Эспаньол"ни мағлуб этди  22 03:00А Серия. "Аталанта" ўз уйида "Рома"ни мағлуб этди  1 02:11Саудия Арабистони Про лигаси. "Ал Иттиҳод" ўз майдонида рақобатчисини мағлуб этди  0 00:26АПЛ. "Арсенал" 5 та гол урилган ўйинда меҳмонда "Борнмут"ни мағлуб этди, Райсдан дубль!  11 23:59А Серия. "Ювентус" ўз майдонида "Лечче"ни мағлуб этолмади  4 23:35Ўзбекистон ва Озарбайжон чемпионлари Анталияда ўзаро ўйнашади  3 23:17БАА чемпионати. "Ал Батаэҳ" ўз майдонида "Дибба"га мағлуб бўлди, ўзбекистонлик икки ўйинчи баҳсда тўлиқ ҳаракат қилди  2 22:30"Астон Вилла" кетма-кет 11 уй ўйинида ғалабага эришди  6 22:12АПЛ. "Вулверхэмптон" мавсумдаги илк ғалабасини қўлга киритди  3 21:49"Қизилқум" 4 футболчиси билан хайрлашди  0 21:25Фарьоли "Челси"га бормаслигини айтди  3 21:02"L’Equipe" йил рамзий термасини эълон қилди  1 20:46"Пахтакор"нинг Туркиядаги илк йиғинидаги рақиблари маълум қилинди  0 20:23"Астон Вилла" "Манчестер Сити" футболчисини сотиб олмоқчи  0

Ikrom Aliboev: "Janubiy Koreya ligasida o'ynashdan baxtliman" Yangiliklar

Ikrom Aliboev: "Janubiy Koreya ligasida o'ynashdan baxtliman"

"Seul" klubi bilan 3 yillik shartnoma tuzgan o'zbekistonlik yarim himoyachi Ikrom Aliboev intervyu berdi.

"Jamoaga qo'shilganimdan juda ham xursandman. "Seul" o'z tarixiga ega bo'lgan jamoa. Stadionni ko'rdim, menga juda ham yoqdi. "Seul" jamoasi haqida ko'p malumotlarni bilardim. O'z vaqtida bu klub tarkibida Osiyoning ikki karra eng yaxshi futbolchisi bo'lgan Server Jeparov o'ynagan.

"Seul" Janubiy Koreyada olti marta chempion bo'lgani va ikki bor Osiyo chempionlar ligasida g'olib bo'lganidan xabardorman. Bu jamoa haqidagi taassurotlarim juda ham iliq edi.



Avgustda Jakartada o'tgan Osiyo o'yinlarida Janubiy Koreyaga qarshi o'ynagandik. O'sha o'yinda biz 3:4 hisobida yutqazgandik. Raqib juda ham shakllangani ko'rinib turgandi, jismoniy, texnik va taktik tomonlama yaxshi o'ynashdi. Biz ham ularga munosib qarshilik ko'rsatgandik. Omad ular tomonida bo'lib g'alaba qozonib ketishgandi.

Umuman olganda Koreya futboli Osiyoda o'z o'rniga ega. K-liga Osiyoning eng kuchli ligalaridan biri hisoblanadi. Mana shu ligada o'ynashimdan baxtliman.

Menga maydon markazida o'ynash yoqadi. Hujumchilar ortidami yoki tayanch yarim himoyasidami farqi yo'q. Markazda o'ynasam bo'lgani.

O'yinimga keladigan bo'lsam, qisqa pas, ko'proq tiki-taka uslubida o'ynash yoqadi.



2019 yilgi mavsumda Janubiy Koreya chempionatida eng ko'p golli pas bergan futbolchilar orasida bo'lishga harakat qilaman va nasib qilsa bunga erishaman.

"Seul" klubi muxlislariga keyingi mavsum birgalikda chempionlikni nishonlashni va undan keyingi yil Osiyo chempionlar ligasida g'alaba qozonishni tilayman. Barcha muxlislarni "Seoul World Cup" stadionida kutib qolaman va ular bilan ko'rishishni orziqib kutayapman", - deydi Aliboev "Seul" klubi matbuot xizmatiga.

Reyting: +40   

Fikrlar

championat.asia
< so’nggi yangiliklarni ko’rish
Яндекс.Метрика