Ikrom Aliboev: "Hozircha omadimiz kelmayapti"
30 apr 2018 14:19
Yangiliklar
Ikrom Aliboev: "Hozircha omadimiz kelmayapti"
Ushbu turda Toshkentning ikki klubi "Lokomotiv" va "Paxtakor" jamoalari o'zaro bahs olib borishdi. Uchrashuvdan so'ng, "temiryo'lchilar" futbolchisi Ikrom Aliboev o'z fikrlarini bildirib o'tdi.
"Paxtakor"ga qarshi bahs biz uchun juda ham qiyin kechdi. Buning sababi, biz raqiblarimizga qaraganda bir kun kam dam oldik. Bu ko'p narsadan dalolat beradi. SHuning uchun, ko'proq himoyadan o'yin tashkil etishga harakat qildik. Qarshi hujum taktikasini qo'llamoqchi bo'ldik. Ko'p vaziyatlar yaratdik, afsuski ulardan foydalana ololmadik. Mavsum boshidan beri har o'yinda ko'plab golli vaziyatlar yaratyapmiz, afsuski ularni golga aylantira olmayapmiz. Buning barchasi omad bilan bog'liq. Mashg'ulotlarda tinmay ishlaymiz. Omad futbolda juda ham katta rol o'ynaydi. Hozircha bizning omadimiz kelmayapti", - deydi Ikrom Aliboev

Jahongir Sotvoldiev yozib oldi
O’xshash yangiliklar
championat.asia
Осиё чемпионига айланган U-17 терма жамоасининг 5 нафар футболчиси "Андижон"да!
Сергеев келажаги бўйича бир қарорга келди
Черан "Андижон" таклифини рад этди ва бошқа бир жамоага ўтмоқда
Роналду нима учун овоз бермади? Португалия сардори FIFA The Best маросимини ўтказиб юборди
Fikrlar