Ikrom Aliboev: "Gol urganimdan xursandman"
28 apr 2015 11:09
Yangiliklar

Ikrom Aliboev: "Gol urganimdan xursandman"
“Lokomotiv” oliy liganing 6-tur doirasidan o'rin olgan uchrashuvda “Paxtakor”ga qarshi bahs yuritdi. Qiziqarli kechgan o'yinda jamoamiz 2:1 hisobida g'alaba qozondi.
O'yinda “Lokomotiv”ning ikkinchi to'pini kiritgan Ikrom Aliboev o'z taassurotlari bilan o'rtoqlashdi.
- “Paxtakor”ga qarshi bahs juda qiyin o'tdi. Biz oldindan raqibning tez taslim bo'lmasligini bilardik. SHunga monand tarzda tayyorgarlik ko'rgandik. Murabbiylarimiz tomonidan berilgan ko'rsatmalarni yaxshi bajardik va shu bois g'alaba qozondik, deb o'ylayman. O'zim ham gol kiritganimdan juda mamnuman. Kiritilgan golda jamoadoshlarimning ham hissasi beqiyos bo'ldi. Buning uchun ulardan minnatdorman. Vadim Abramov bildirayotgan ishonchni oqlashga intilyapman. Umid qilamanki, buning ustidan chiqaman va “Lokomotiv”ning asosiy tarkibidan muqim joy egallayman, - deydi yosh futbolchi.

Fikrlar