Ikrem Repatov: "Qo'qon-1912"ga qarshi o'yinda "Mashal"dan g'alaba kutayapman"
21 iyu 2016 11:38
Yangiliklar
Ikrem Repatov: "Qo'qon-1912"ga qarshi o'yinda "Mashal"dan g'alaba kutayapman"
"Mashal" - "Qo'qon-1912" uchrashuvidan oldin "Mashal" akademiyasi murabbiyi Ikrem Repatovning fikrlari bilan qiziqdik.
"Qiziqarli o'yin bo'lishini kutayapman. "Qo'qon-1912" anchadan buyon g'alaba qozona olmayapti. Bundan tashqari yaqinda ularga yangi murabbiy keldi. SHu bois qo'qonliklar faqat g'alabani ko'zlab Muborakka kelishgani shubhasiz. Biroq uchrashuvda "Mashal"ning imkoniyatlarini biroz yuqori baholayman: 55:45. Nasib qilsa jamoamiz muxlislarni xursand qiladi", - deydi Repatov.
"Mashal" matbuot xizmati
Fikrlar