So’nggi yangiliklar

01:45"Тен Хаг куляптими?" Охара МЮ устозининг соврин ҳақидаги сўзларига эътироз билдирди  1 01:20МЮ бошқа клуб билан келишиб қўйган Фофанага қизиқиш билдиряпти  0 00:45Хосе Венансио Лопес: "Бугун янгича услубда ҳимояландик. Бугунги экспериментимиз биз учун фойдали бўлди"  0 00:42Молиявий қийинчиликка учраётган "Барселона" 12 августгача Уильямс учун 58 млн. евро тўламоқчи  4 00:11Акбар Усмонов: "Гватемаладан аламимиз бор. Сўнгги дақиқаларда эътиборни йўқотдик"  3 00:09РПЛ. "Рубин" янги мавсумни меҳмондаги ғалаба билан бошлади  1 23:54Гюндоган "Пахтакор"га қарши ўйнаши мумкин  3 23:35Тен Хаг МЮ ҳақида: "Гвардиолани ҳисобга олмаганда, биз икки мавсум давомида Англияда қолганлардан кўпроқ соврин ютдик"  2 22:55Хосе Венансио Лопес: "Агар бу расмий ўйин бўлганида бундай таваккалга қўл урмаган бўлардик"  1 22:19Акбар Усмонов: "Сўнгги ЖЧдан бери Гватемала биз учун принципиал рақиб"  1 21:28Бензема "Олтин тўп" ҳақида: "Совринга Винисиус муносиб"  7 21:20Mirabror Usmanov Cup-2024. Драматик кечган баҳсда Ўзбекистон футзал терма жамоаси Гватемалани 5:4 ҳисобида мағлуб этди  7 21:00Эдерсон кетса "Манчестер Сити" дарвозасини ким қўриқлайди?  1 20:31Париж-2024. Ўзбекистон ОТЖ ўрин олган гуруҳ: ўйинлар, таркиблар, натижалар  8 20:17"Астон Вилла" 50 млн. фунтга Онанани сотиб олди  1

Ikkita gol inobatga olinmagan hamda bitta qizil kartochka ko'rsatilgan bahsda "Liverpul" "Atletiko"ni mag'lub etdi Yangiliklar

Ikkita gol inobatga olinmagan hamda bitta qizil kartochka ko'rsatilgan bahsda "Liverpul" "Atletiko"ni mag'lub etdi

Teglar :  LiverpulAtletiko
ECHL 4-turidan o'rin olgan "Liverpul" - "Atletiko Madrid" uchrashuvi yakunlandi.

"Liverpul" - "Atletiko Madrid" 2:0

Gollar: 1:0 – 13 Diogu Jota, 2:0 – 21 Mane.

Liverpul – Alisson, Aleksander-Arnold (Fillips, 90), Matip, van Deyk, Cimikas, Xenderson, Oksleyd-CHemberlen (Minamino, 78), Fabino (Tiago Alkantara, 60), Salax, Mane (Firmino, 46; Origi, 78), Diogu Jota.

Atletiko – Oblak, Tripper, Felipe, Ximenes, Ermoso, Karrasko (Vrsalko, 69), Koke (Mateus Kunya, 69), de Paul, Suares (Errera, 59), Korrea (Serrano, 75), Joau Feliks (Lodi, 59).

Ogohlantirishlar: Ermoso (8), Mane (15), Suares (38), Koke (38), Joau Feliks (52), Diogu Jota (85), Matip (90).

CHetlatish: Felipe (36).


YANGILASH

UCHRASHUV YAKUNLANDI. "Liverpul" g'alaba qozongan holda guruhda muddatidan ilgari birinchi o'rinni naqd qildi.

90+4. Mezbonlar tarkibida o'zgarish: Aleksandre-Arnold o'rniga Filips o'yinga qo'shildi. Qani uning oyog'iga to'p tegarmikan.

90+3. de Paulning zarbasi noaniq.

90+2. OGOHLANTIRISH: Matip raqibga nisbatan qo'pollik ishlatgani uchun jazolandi. Mehmonlarda standart vaziyat yuzaga keldi.

90+1. Ermoso Suares gol urgan uslubda zarba berdi, balki men ham gol urarman degan umidda, ammo to'p havolanib ketdi.

90. Uchrashuvga 4 daqiqa qo'shib berildi.

87. ZARBA! Xenderson himoyachilardan qaytgan to'pga zarba berdi. Oblak hushyorlikni yo'qotmadi.

85. Uxx!!! Jota akrobatik usulida Tripperning yuziga zarba berdi hamda sariq kartochka bilan jazolandi.

Hali hammasi yaxshi bo'ladi degan rasm

83. Salax uch futbolchini aldab o'tdi, to'rtinchisiga kelganda o'zi aldandi.

82. "Liverpul" futbolchisi chap qanotdan uzatma amalga oshirdi. Oblak chaqqonlik qilib, to'pni egallab oldi.

75. Ikkinchi bo'limda maydonga tushgan Firmino maydonni tark etdi. Menimcha, uni eski jarohati bezovta qilgan bo'lsa kerak. Uning o'rniga Origi bahsga qo'shildi. SHuningdek, eski jarohatdan jabrlangan CHemberlen o'rniga Minamino maydonga tushdi.

74. ZARBA! Tiagoning markazdagi qo'pol xatosidan so'ng mehmonlar tezkor qarshi hujum uyushtirdi. Erreraning zarbasi biroz noaniq ketdi.

Mezbonlar ham unchalik jon kuydirmayapti. Birinchi bo'limdagi shiddat yo'qoldi.

Simeone allaqachon kelasi o'yin haqida o'ylashni boshladi. Baribir bu o'yindan naf chiqishiga ko'zi etmayapti.

69. "Atletiko"da ikki o'zgarish:  Vrsalko Karrasko o'rniga, Kunya esa Koke o'rniga maydonga tushdi.

67. Jota raqib jarima maydonida yiqitildi, hakam burchakni ko'rsatdi.

63. ZARBA! Van Deyk uzoq masofadan Odil Ahmedovga o'xshab gol urmoqchi bo'ldi, to'p biroz yuqorilab ketdi.

60. "Liverpul"da o'zgarish: Alkantara Fabino o'rniga maydonga tushdi.

59. "Atletiko"da o'zgarish: Yaqinda goli inobatga olinmagan Suares o'rniga Errera o'yinga qo'shildi. SHuningdek, Joau Feliks o'rniga Lodi maydonga tushdi.

57. GOOOOOOLLLLLLLLL!!! SUARES hisobni qisqartirmoqda. Hakam golni ofsayd tufayli inobatga olmadi.

54. ZARBA! Yaqin masofadan Jota bosh bilan zarba beraman deb elka bilan zarba yo'lladi, natijada zarba ko'ngildagidek chiqmadi.

53. OGOHLANTIRISH: Feliks ham hakamning tuhfasidan bebahra qolmadi.

52. XAVFLI VAZIYAT! Salax himoyachilardan qochib ketdi hamda zarba yo'lladi, darvozabon to'pni qaytardi, qaytgan to'pni himoyachilar zo'rg'a qaytardi.

48. GOOOOOOOOLLLLLLLLL!!!  Jota hisobni yirik ko'rinishga olib keldi. Fabino markazdan ajoyib uzatma amalga oshirdi hamda Jota bu vaziyatni ko'kka sovurmadi. Ammo hakam golni inobatga olmadi.

47. Salaxning zarbasi himoyachilarga tegib, maydon tashqarisiga chiqib ketdi.

Ikkinchi bo'lim boshlandi.

Ikkinchi bo'lim boshida "Liverpul"da o'zgarish: Firmino Mane o'rniga maydonga tushdi. Sadio o'yinni davom ettirganda sog' qolmasdi, ehtimol.

BIRINCHI BO'LIM YAKUNLANDI.

45+2. Xenderson o'ng qanotdan noaniq uzatma amalga oshirdi.

Birinchi bo'limga 2 daqiqa qo'shib berildi.

45. ZARBA! CHemberlen uzoq masofadan o'z omadini sinab ko'rdi, to'p darvoza yonidan o'tib ketdi.

43. OBLAAAAK! Yaqin masofadan Jotaning bosh bilan yo'llagan zarbasini qaytardi, bugun Yan rosa ter to'kishiga to'g'ri keladi, ayniqsa buyog'iga.

42. Salax o'z uslubida zarba yo'lladi, Oblakdan seyv!

"Hakambobo" bugun cho'ntagini sovg'alarga to'ldirib kelgan ko'rinadi, hech kimdan nasibasini ayamayapti.

38. OGOHLANTIRISH: Navbat Kokega keldi.

37. OGOHLANTIRISH: Etiroz bildirgani uchun Suares ogohlantirildi.

36. CHETLATISH: Filippe Maneni yiqitgani uchun qizil kartochka bilan "siylandi". Bugun eng jabrdiyda futbolchi bo'lyapti senegallik hujumchi.

34. "Atletiko"ning qo'pol xatosi tufayli Salax oldinga yurish qildi, ammo to'pni biroz o'zidan qochirib yuborishi natijasida oldirib qo'ydi.

33. Feliks maydon markazida Van Deykni o'yin qoidasini buzgan holda to'xtatdi.

30. Salax o'ng qanotdan katta tezlikda oldinga bordi hamda bir futbolchini aldab, markazga to'pni etkazgandi, to'p rekashet orqali darvozabonning qo'llariga borib tushdi.

28. Koke Manega nisbatan qo'pollik ishlatdi. Bugungi bahs ham asabiylik bo'yicha aavalgisidan qolishmayapti.

26. "Atletiko" burchak zarbasini amalga oshirdi, Alisson to'pni qaytardi.

21. GOOOOOOOOOOLLLLLLL!!!! MANE!!!!! Jotaning scenariysiga o'xshash gol. Sadio boshlagan hujumni Xenderson rivojlantirdi, Aleksandre-Arnold esa qanday uzatma amalga oshirishni ko'rsatib qo'ydi, "uxlayotgan" "Atletiko" himoyachilaridan qochib ketgan Mane esa oradagi farqni oshirdi.

18. Mane chap qanotdan jarima maydoniga to'p oshirdi, dastlab himoyachi to'pni qaytardi, keyin Oblak to'pni egallab oldi.

To'pni egallab turish bo'yicha ko'rsatkich: 60-40

15. OGOHLANTIRISH: Mane unga nisbatan qo'pollik qilgani uchun asablarini jilovlay olmadi va sariq kartochka bilan jazolandi.

13. GOOOOOOOOLLLLLLLLL!!! JOTA!!! Aleksandre-Arnoldning o'ng qanotdan oshirgan to'pini Diego boshi bilan darvozaga joylab qo'ydi.

12. Korrea raqib jarima maydoniga kirib bordi, biroq uning uzatmasi noaniq chiqdi.

11. De Paulning jarima maydoniga oshirgan to'pini Cimikas bartaraf etdi.

8. OGOHLANTIRISH: Ermoso qanotdan oldinga qochayotgan Salaxni qo'pollik bilan to'xtatgani uchun jazolandi.

7. Cimikas hujum vaqtida qoidani buzdi.

6. "Liverpul" jarima maydonida Suares yiqildi. Hakam uni o'rnidan turishga chaqirdi.

3. Alisson jarima maydonini tark etib, Salaxni oldinga boshlagandi, himoyachilarni xavfni bartaraf etishdi.

"Liverpul" qizil, "Atletiko" moviy rangdagi libosda maydonga tushgan.

1. Uchrashuvni "Atletiko" futbolchilari boshlab berdi.

Ayni vaqtda guruhdagi vaziyat quyidagicha:

Bugungi uchrashuvni Danni Makkeli boshqarib boradi. Unga qanotlarda Xessel Stegstra hamda Yan de Vris yaqindan yordam berib borishadi. Zaxira hakami sifatida Dennis Xigler ishlaydi. 

Bizning muxlislar ham o'z jamoalarini shu tarzda qo'llab-quvvatlasharmikan?


"Liverpul"ning so'nggi bahslarda ishtahasi ochilayotgan bo'lsa-da, ushbu uchrashuvga durang natija bilan etib keldi. "Matraschilar" esa o'z maydonida "Betis"ni yirik hisobda mag'lub etgan holga dimog'larini chog' qilib, tashrif buyurishgan. "Atletiko" so'nggi bahsdagi alamni olarmikan yoki "qizillar" yana Simeonining "dumi"ni qayirib qo'yisharmikan?

20 oktyabr kuni bo'lib o'tgan jamoalar o'rtasidagi o'zaro so'nggi bahsni hech kim yodidan chiqarmagan bo'lsa kerak, o'shanda mersisaydliklar Madriddan 3:2 hisobidagi g'alaba bilan qaytishgandi. Ko'ramiz, dastlabki bahsda qo'l berishni istamagan Simeone Kloppning bu safargi salomiga qanday alik olarkan?..

Assalomu alaykum, chiroyli futbol guvohi bo'lish ilinjida shirin uyqusidan voz kechgan ishqibozlar! Yaqin ikki soat davomida bizlarni dramatik bahs kutib turibdi.

Reyting: +7   

Fikrlar

championat.asia
< so’nggi yangiliklarni ko’rish
Яндекс.Метрика