"Ikkita buqa bo'lishgan". Arshavin faoliyatidagi eng qiyin raqiblar kimligini aytdi
02 apr 2020 10:02
Yangiliklar


"Ikkita buqa bo'lishgan". Arshavin faoliyatidagi eng qiyin raqiblar kimligini aytdi
"Arsenal" va Rossiya terma jamoasi sobiq o'yinchisi Andrey Arshavin faoliyati davomida qarshi o'ynash eng qiyin bo'lgan ikki futbolchi nomini aytib o'tdi.
"Mening vaqtimda ajoyib o'yinchilar juda ko'p edi. "Manchester Yunayted", "Liverpul" va "CHelsi"da. Lekin, hammadan ham ko'ra ko'proq Rio Ferdinand va Nemanya Vidichga qarshi o'ynash qiyin edi. Ular maydonda birga to'p tepishganda xuddi ikkita buqa bo'lishgan. Ulardan o'tib bo'lmasdi", - dedi Arshavin.
Arshavin 2009 yildan 2013 yilgacha Londonning "Arsenal" klubi safida harakat qilgan. Rossiyalik "kanonirlar" uchun 105 o'yinda 23ta gol urgan.
O’xshash yangiliklar

Fikrlar