Ikkinchi liga. Surxondaryoda "komediya"
26 sen 2018 18:05
Yangiliklar
Ikkinchi liga. Surxondaryoda "komediya"
Kecha Surxondaryo viloyati ikkinchi ligasi 19-turidan o'rin olgan "Surxon-2" - "SHerobod" uchrashuvi bo'lib o'tdi.
Aniqrog'i bu o'yin oxiriga etmasdan tugadi. Qizig'i uchrashuvni boshqarish uchun bosh hakam va bir nafar qanot hakami keldi xolos. Qanot hakamining xatto bayroqchasi ham yo'q edi. SHu bois qo'liga oddiy futbolkani olib ishladi.
Birinchi taym 0:0 hisobi bilan o'z yakuniga etdi. Tanaffus vaqtida mehmonlar stadionda miliciya va shifokor yo'qligini sezib qolishdi. Natijada "SHerobod" uchrashuvni davom ettirishni istamadi. Bunday holatda mezbon jamoaga texnik mag'lubiyat yoziladi. Yakunda aynan shunday ham bo'ldi.
Fikrlar