So’nggi yangiliklar

02:41А Серия. "Рома" Рим дербисида "Лацио"ни мағлуб этди, Шомуродов 74-дақиқада ўйинга қўшилди  12 00:37Спорт директор Берта "Атлетико"дан кетди. Итальян 2013 йилдан бери клубда ишлаётганди  0 23:35Дембеленинг 90+2 дақиқада урган голи ПСЖга "Монако" устидан ғалабани таъминлаб, Франция Суперкубогини тақдим этди  0 23:26АПЛ. "Ливерпуль" ва "Манчестер Юнайтед" ўртасидаги ўйинда 4та гол урилди  92 22:58"Насаф" Анталиядаги йиғинда кимлар билан ўйнайди?  0 22:24Тони Кроос: "Флориан Вирц "Реал" учун ажойиб харид бўлиши мумкин"  1 21:55Де Брюйне "Сити" билан шартномани узайтириш ҳақидаги саволга: "Менга барибир. Шунчаки ўзимнинг даражамга қайтишга уриняпман"  1 21:08"Ланс" бош директори: "Ҳусанов клубдан кетади"  16 20:59Лига 1. "Ланс" Ҳусановсиз ўз уйида "Тулуза"га мағлуб бўлди  9 20:01Ўтган мавсумни "Бунёдкор"да ўтказган легионер "Локомотив"га ўтди  0 19:35"Милан" Ольмо билан ярим йилга шартнома имзолаши мумкин. Битимда июлда "Барса"га қайтиш борасида банд бўлади  3 19:03"Локомотив" "Металлург" собиқ ўйинчисини ўз сафига қўшиб олди  1 18:32Анчелотти қандай ҳолатда "Реал"дан кетади?  12 17:46Фабрицио Романо Абдуқодир Ҳусановнинг трансфери борасида янги маълумот эълон қилди  37 17:32"Ливерпуль" ва МЮ ўртасидаги ўйин кучли қорга қарамай ўтказилади  7

"Ikkinchi davra oldidan qaysidir jamoani kuchaydi, deb aytish qiyin" - Jafar Irismetov Yangiliklar

"Ikkinchi davra oldidan qaysidir jamoani kuchaydi, deb aytish qiyin" - Jafar Irismetov

Ayni paytda Superligadagi barcha jamoalar mavsumning ikkinchi qismiga taraddudni qizg'in ravishda davom ettirmoqda.

Ayni paytda Superligadagi barcha jamoalar mavsumning ikkinchi qismiga taraddudni qizg'in ravishda davom ettirmoqda. Transfer oynasi ochilganidan beri klublar o'z saflarini kuchaytirish, ketganlar o'rnini to'ldirishga kirishishgan. Hozirgacha ayrimlarida bu jarayon hamon davom etayotgan bo'lsa, bazilari chegaralangan limitdan foydalanib bo'ldi. Xo'sh, ularning qay biri kuchayishga erishdi? OCHLda ishtirok etadigan klublarimizda qanday harakat? Bu borada tajribali mutaxassis, sobiq futbolchi Jafar Irismetovning fikrlari quyidagicha bo'ldi. 

Real olib qaraganda biror klub kuchli futbolchi olib kelmadi

— Ikkinchi davra oldidan amalga oshirilayotgan transferlarga kelsak, qaysidir jamoani kuchaydi, deb aytish qiyin. "Buxoro" SHohruz Norxonov bilan shartnoma imzolaganini aytmaganda, kuchli futbolchilar jamoa almashtirayotgani yo'q. "Neftchi"dan Nurillo To'xtasinovni ketganini takidlash mumkin. OKMK yaxshi futbolchilarni jalb qildi. Islom To'xtaxo'jaev jamoani kuchaytirdi, boz ustiga bir nechta poziciyalarda to'p tepa oladi. Legionerlarga to'xtaladigan bo'lsam, hali bu borada nimadir deyishga erta. Kuni kecha "Paxtakor"ga polshalik futbolchi kelib qo'shildi. "Qizilqum" legionerlar bilan tarkibni to'ldirdi. "Turon"da Yorqin Nazarov boshchiligida yoshlarga tayangan holda o'ynashmoqchi. Ko'ramiz, bundan yakunda nima kelib chiqarkin. "Olimpik" yoshlarni taklif qildi. Real olib qaraganda biror klub kuchli futbolchi olib kelmadi. "Navbahor" Toma Tabatadzeni jalb qilmoqchi. Bu futbolchi Farg'onada o'zini yaxshi ko'rsatdi. "Navbahor"da limit doirasida yana 2ta futbolchi olish imkoni bor. Qiziq, kimlarni olib kelisharkin.

— Legionerlarning nimalarga qodirligini ikkinchi davrada bilamiz. Baribir CHeran eng kuchli legioner bo'lib turibdi. Yangi kelganlardan Xebay va Nimeli o'zlarini ko'rsata olishdi. Lekin hali bir mavsum to'liq o'tkazishgani yo'q. Bitta narsani tan olish kerak, bizga top futbolchilarni olib kelish qiyin. Xorijdan kelayotgan o'yinchilar o'rtamiyona bo'ladi. O'zbekiston chempionatiga yaxshi bo'lishi mumkin, ammo top deb bo'lmaydi.  Top transfer deganda nimani misol keltirsam bo'lar ekan, deylik Odil Hamrobekov "Navbahor"ga o'tsa, Husniddin Aliqulov "Paxtakor"ga kelsa va hokazo. Bunday yurishlar O'zbekiston ichida haqiqiy top hisoblanadi.

Klublar o'sishni istasa, skautlik bo'lishi kerak. Bizda skautlik yo'q

— Bitta narsani darhol aytib o'tishim shart, skautlik yo'q. Legioner kerakmi, video jo'natishadi. O'zimiz har xil saytlardan ko'ramiz. Birinchidan skautlik, ikkinchidan selekcionerlar yo'q. 14ta klub bo'lsa, sport direktorlarini deyarli hech kim tanimaydi. Ular nima ish olib boryapti? Klublar ularga sharoit yaratib qo'ymagan. Masalan, hujumchi kerak deydi, 1oy vaqt beradi. Qaerdan topasiz? Deylik sport direktori borib Franciya birinchi divizioni, Italiya quyi ligalaridan topish mumkin. Lekin bunday sharoitni hech kim yaratib bermaydi. Men sport direktori bo'lib ishlasam, qo'l ostimda 2ta selekcionerga shtat ochish muammosi bor. Sport direktori asosiy jamoaga qarashi kerakmi, U-19, U-21 jamoalariga qarashi kerakmi, skautlik bilan shug'ullanishi kerakmi? Oddiy misol 2ta skaut ham topilmaydi. Bosh murabbiylarni o'zi selekciya qilishni boshlaydi. Sport direktorlari qaysidir manoda ishlamaydi, desam ham bo'ladi. Qog'oz olib kel, qog'ozni olib ket. "Paxtakor"da ishlagan vaqtimda 2ta selekcionerga ruxsat berishgan edi. Klublar o'sishni istasa, skautlik bo'lishi kerak. Yuborgan videosi bo'yicha legioner olib kelamiz. Murabbiylarni, sport direktorlarini ishini to'g'ri tushunaman. Bizga legionerlar ko'rik uchun kelmaydi. Bir futbolchini o'zini jonli ko'rib kelmaymiz. Pulni tejab legioner olib kelamiz-da, 3 oydan so'ng "Pulingni beramiz, ketasanmi?",  deb yuramiz. Bunday holat bo'lmasligi uchun selekciyaga masul shaxslarni jo'natishimiz lozim, ko'rib kelsa aniq xulosa hosil bo'ladi. Etibor bering kelayotgan legionerdan 3ta legionerdan 1tasi o'ynab keta olyaptimi yoki yo'q, qolganlarini kelishuv bilan ketkazib yuborishyapti. Bu yil biroz vaziyat yaxshi, Xebay va Nimeli, Tabatadze ko'zga tashlanib turibdi. Ular ikkinchi davrada qanday o'ynashini kuzatamiz. CHempionatimizga Rivaldolar paytidan keyin CHerandan yaxshi legioner kelmadi. "Paxtakor"da Miladinovich, "Bunyodkor"da braziliyaliklar to'p tepardi. Bugun legionerlarni ismini ham bilmaysiz. Bu vaziyatni to'g'irlash mumkin. Yo'liga ish qilinsa, shunday yuraveriladi

Yuqori saviyadagi xorijlik futbolchi O'zbekistonga kelmaydi

OCHLda o'ynaydigan jamoalarimizga kuchaytiradigan darajada o'yinchilar kelmadi, deb o'ylayman. "Paxtakor" o'zining eski futbolchilari hisobiga xalqaro maydonda yaxshi ishtirok etishi mumkin. Biroq "Paxtakor"ning ichki chempionatda o'yini bilan xursand qila olmayapti. "Navbahor" ham tarkib jihatidan yaxshi, jamoani kuchaytirishga harakat qilishmoqda. Ammo o'yin tomonlama unday deb bo'lmaydi. Hozirgi kunga kelib "Neftchi" va "Nasaf"ning o'yinida mazmun bor. Orada "Surxon" ham yaxshi o'yin ko'rsatmoqda. "Olimpik" yoshlar sabab barqarorlik yo'q. CHempionlar ligasi darajasida kuchaygan klubni ko'rmadim. CHunki o'zim ham ishlaganimda guvohi bo'ldimki, top futbolchilar o'yinni hal qilib ketmoqda. tengma-teng o'ynab turgan vaqtimizda shunday ijrochilar katta sahnaga chiqadi. Bu erda hech kimni tanqid qilish niyatida emasman. CHunki klublar moliyaviy imkoniyatidan kelib chiqib futbolchi taklif qiladi. Ikkinchidan yuqori saviyadagi legionerlar bizning chempionatga kelishi ham qiyin. Aytganimdek, ular arab mamlakatlarini tanlaydi. Bizda o'sha vaqtda ham ko'p tanqid qilingan, yani mayli 1-2 million dollar berasiz, shunda ham bizga kelmaydi, boshqa mamlakatni tanlaydi. Birinchi bosqichdan o'tsak ham keyingisida qiynalamiz. Hozircha "Paxtakor"dagi tarkibini o'zagini tashkil qilayotgan o'sha yigitlar bilan, "Navbahor"da tarkib shakllangan, OKMKda futbolchilar bir necha yildan beri birga o'ynab kelmoqda. Jamoalarimiz qanchalik uzoqqa bora olsa, O'zbekistonga shuncha ko'p ochko qo'shiladi.

"Navbahor"ni chempion bo'lishini hamma kutyapti

— Superligada eng kuchli jamoa "Paxtakor" va "Navbahor" bo'lib turibdi. "Navbahor" 3ta frontga qanchalik tayyor? O'tgan yili "So'g'diyona"ni ko'rdik, biroz qiynalib qoldi. OCHLda uzoqqa bora oladimi, kuchi etadimi? Ishlagan vaqtimizda "Paxtakor"ni bu borada ko'p tanqid qilishardi. Lekin 3ta frontda o'ynash juda qiyin. Rotaciyalar kerak. "Navbahor"da rotaciya juda kam amalga oshirilishi malum. Jamshid Iskanderov, Oston O'runov barcha o'yinlarda o'ynaydi. Yana bir jihat bu chempionlik ruhi. "Paxtakor"da futbolchilar chempionlikka o'ynab o'rgangan. "Navbahor"ni chempion bo'lishini hamma kutyapti, desak mubolag'a bo'lmaydi. Murabbiyning mahoratiga ko'p narsa bog'liq. O'tgan yili "Paxtakor" tajriba hisobiga yutib ketdi. Bu yil "Navbahor"da juda katta imkoniyat bor. Bir yil chempion bo'lib, keyingi yil qanday o'ynashi qiziq. Namanganliklar 1996 yil chempionlikni qo'lga kiritganidan beri hali bosh sovringa ega chiqa olmayapti. Joriy mavsum qiziq o'tadi. "Paxtakor" baribir "Paxtakor". O'yin jihatdan muammolar ko'rinyapti-ku, asosiy davogar bo'lib qoladi. "Nasaf"ga oxirida doim etmay qoladi. Kerakmas o'yinlarda ochko yo'qotadi. Hujumkor bo'lmasa ham o'yin tartibli. "Nasaf" va "Neftchi"da o'yinida mazmun ko'rdim. 

"Bunyodkor"ga kelishim haqidagi xabarlar yolg'on emas

— "Paxtakor"dan ketganimdan so'ng biroz emas bir yil tanaffus bo'ldi. "Bunyodkor"ga kelishim to'g'risidagi xabarlar yolg'on emas. Gap moliyaviy tomonida emas, ishlashga borgandan keyin darajani ko'tarish uchun boriladi. O'ziga yarasha talablari bo'ladi. SHunchaki "galochka" uchun borishni istamadim. "Bunyodkor"da Murod aka natijalarni yaxshilash uchun maksimal harakat qilishi aniq. 

Reyting: +4   

Fikrlar

championat.asia
< so’nggi yangiliklarni ko’rish
Яндекс.Метрика