So’nggi yangiliklar

18:10Анчелотти атайин "Реал"ни мағлубият томон етакладими?  0 17:49Кристофер Нкунку муҳим ўйинларда етарлича ўйин амалиётига эга бўлмагани туфайли "Челси"дан кетмоқчи  1 17:25Харри Кейн "Тоттенхэм"га қарши курашади  0 17:00"Ливерпуль" "Бавария" шартнома имзоламоқчи бўлган немисни илиб кетишга яқин  2 16:39Месси Аргентинанинг июнь ойидаги ўйинлари учун таркибга киритилди  2 16:06"Милан" ҳимоячиси "Реал"га ўз хизматларини таклиф қилди  1 15:40"Барселона" келаси мавсумда "Камп Ноу"га қайтишни режалаштирмоқда  6 15:13"Милан" Итальянони бош мураббийлик учун номзод сифатида кўрмоқда  1 14:46Палмер наздида дунёнинг энг яхши футболчиси ким?  13 14:22"Футбол олами". Хайр, "Насаф". Қойил, "Лочин". Ўзбекистон кубогида 4 та гуруҳ ўйинлари тугади  0 14:05Родри Мадрид фахрий медали билан тақдирланди  3 13:38"Челси" Англия терма жамоаси аъзосини кузатмоқда  0 13:11"Барселона" Шенснига ўринбосар қидирмоқда  6 12:43"Бавария" етакчиларидан бири билан шартномани узайтиришга тайёр  1 12:17Рубен Аморим: "Финалга тайёрланишнинг энг яхши усули – "Челси"га қарши ўйнаш"  4

Ikkinchi bor Urugvayga qarshi o'ynaymiz Yangiliklar

Ikkinchi bor Urugvayga qarshi o'ynaymiz

22 mart kuni O'zbekiston terma jamoasi “China Cup” musobaqasi yarim finalida Urugvay bilan o'ynaydi.

1930 va 1950 yillarda dunyoda tengsiz bo'lgan Urugvay ikkinchi bor bizning terma jamoaga qarshi uchrashuv o'tkazadi. Biz o'quvchilarimizga Urugvay terma jamoasi haqida malumotlar berishga qaror qildik.

URUGVAY MILLIY TERMA JAMOASI
Laqabi:
La selesta
Konfederaciya: KONMEBOL
Federaciya: Urugvay futbol Associaciya
Bosh murabbiy: Oskar Tabares
Sardor: Diego Godin
Eng o'yin o'tkazgan: Diego Godin (125) va Maksi Pereyra (125)
Eng ko'p gol urgan: Luis Suares (55)
Uy stadioni: "Sentenario"
FIFA reytingidagi o'rni: 7 (2019 yil, fevral)
Eng yuqori o'rni: 2 (2011 yil, iyul)
Eng pastki o'rni: 76 (1998 yil, dekabr)
FIFA kodi: URU

Birinchi o'yini
1901 yil 16 may

Montevideo, Urugvay
Urugvay - Argentina 2:3

Eng yirik g'alaba
1927 yil 6 noyabr

Lima, Peru
Urugvay - Boliviya 9:0

Eng yirik mag'lubiyat
1902 yil 20 iyul

Montevideo, Urugvay
Urugvay - Argentina 0:6

Jahon chempionati
Ishtiroklar soni
: 13 marta (birinchi marta 1930 yil)
Eng yuqori natijasi: CHempion (1930 va 1950 yil)

Amerika Kubogi
Ishtiroklar soni:
39 marta (birinchi marta 1916 yil)
Eng yuqori natijasi: CHempion (1916, 1917, 1920, 1923, 1924, 1926, 1935, 1942, 1956, 1959, 1967, 1983, 1987, 1995 va 2011 yil)



Urugvay futbol Associaciyasi 1923 yilda FIFA azosiga aylangan. 1916 yildan buyon KONMEBOL azosi. Urugvay dunyodagi eng ko'p sovrin yutgan terma jamoalardan biri. Jamoa 1930 va 1950 yillarda Jahon chempioni bo'lgan. 1924 va 1928 yillarda Olimpiada chempionlikka erishgan. 15 marta Amerika kubogi sohibi bo'lgan. Boshqa hech bir jamoa bunchalik ko'p chempionlikka erishmagan. "La selesta" dunyoda eng nufuzli uchta musobaqada (Jahon chempionati, Olimpiada va qita kubogi) g'olib bo'lgan birinchi terma jamoa hisoblanadi.

Terma jamoani 2006 yildan buyon Oskar Tabares boshqarib kelmoqda. 71 yoshli murabbiy terma jamoa rulida 173ta o'yin o'tkazib dunyoda bu ko'rsatkich bo'yicha to'rtinchi o'rinda bormoqda. Undan oldindagi murabbiylar Bora Milutinovich (273), Berti Fogts (230) va Lars Lagerbak (190). Tabares 2011 yil Kopa Amerikada Urugvayni chempion qildi. U 2010 va 2011 yillarda Janubiy Amerikaning eng yaxshi murabbiyi bo'lgandi.

Urugvay o'tgan yil Rossiyada bo'lib o'tgan Jahon chempionati guruh bosqichida Misr (1:0), Saudiya Arabistoni (1:0) va Rossiya (3:0)ni mag'lub etib nimchorak finalga chiqqandi. Bu bosqichda Tabares shogirdlari Ronaldu boshchiligidagi Portugaliyani 2:1 hisobida talsim qilishdi. CHorak finalda esa bo'lajak jahon chempionlari Franciya termasiga 0:2 hisobida yutqazib qo'yishdi.

Mundialdan keyin Urugvay jami beshta o'rtoqlik uchrashuvi o'tkazdi va faqat bir marta g'alaba qozondi xolos. Meksika 4:1 hisobida taslim qilindi. Janubiy Koreya (1:2), Yaponiya (3:4), Braziliya (0:1) va Franciya (0:1) bilan uchrashuvlarda imkoniyat boy berildi.

Urugvay 2019 yil iyun oyida Braziliya davlati mezbonlik qiladigan Kopa Amerika musobaqasida ishtirok etadi. "China Cup" orqali ushbu turnirga tayyorgarlik ko'riladi.




O'ZARO O'YINLAR

O'zbekiston milliy terma jamoaga o'z tarixida ikkinchi bor Urugvayga qarshi o'yin o'tkazadi. O'tgan yil yozida o'tkazilgan o'rtoqlik uchrashuvida Luis Suares boshchiligidagi jamoa 3:0 hisobida g'alaba qozongan edi. Turli yoshdagi terma jamoalarimiz shu kunga qadar besh bor Urugvay bilan to'qnash kelgan.

2009 yil Misrda o'tgan U-20 Jahon chempionati guruh bosqichida Ahmad Ubaydullaev boshchiligidagi O'zbekiston yoshlar terma jamoasi 0:3 hisobida yutqazib qo'ygandi.

2011 yil Meksikada o'tgan U-17 Jahon chempionati chorak finalida Aleksey Evstafeev boshchiligidagi O'zbekiston o'smirlar terma jamoasi 0:2 hisobida yutqazgan.

2013 yil Ozarbayjonda tashkil etilgan Kaspiy kubogi musobaqada U-15 o'smirlar terma jamoalari o'rtasidagi bahs taqdirini penaltilar seriyasi hal qilgan. Omad Urugvay tomonida bo'lgandi.

O'sha yil Turkiyada bo'lib o'tgan U-20 Jahon chempionatida Urugvay Ahmadjon Musaev boshchiligidagi O'zbekistonni 4:0 hisobida zafar quchgan.

2015 yil Ravshan Haydarov boshchiligidagi O'zbekiston yoshlar terma jamoasi Portugaliyada Urugvay bilan o'rtoqlik uchrashuvi o'tkazib 1:0 hisobida g'alaba qozongan edi.


Urugvay va O'zbekiston o'rtasidagi o'rtoqlik uchrashuvlari:
29/09/2009 Urugvay - O'zbekiston 3-0 | U-20 Jahon chempionati (Misr)
03/07/2011 Urugvay - O'zbekiston 2-0 | U-17 Jahon chempionati (Meksika)
02/06/2013 O'zbekiston - Urugvay 1-1, penaltilar seriyasi 1-3 | U-15 Kaspiy kubogi (Ozarbayjon)
29/06/2013 O'zbekiston - Urugvay 0-4 | U-20 Jahon chempionati (Turkiya)
29/03/2015 O'zbekiston - Urugvay 1-0 | U-20 O'rtoqlik uchrashuvi (Portugaliya)
07/06/2018 Urugvay - O'zbekiston 3-0 | MTJ o'rtoqlik uchrashuvi (Urugvay)



Urugvayning “China Cup” musobaqasi uchun tarkibi:

Darvozabonlar
Fernando Muslera ("Galatasaroy")
Martin Silva ("Libertad")
Martin Kampanya ("Independente")

Himoyachilar
Diego Godin ("Atletiko")
Sebastian Koates ("Sporting")
Xose Mariya Ximenes ("Atletiko")
Jovanni Gonsales ("Penyarol")
Martin Kaseres ("Yuventus")
Matyas Suares ("Monpele")
Diego Laksalt ("Milan")
Marselo Sarachchi ("Leypcig")

Yarim himoyachilar
Naytan Nandes ("Boka Xuniors")
Lukas Torreyra ("Arsenal")
Matias Vesino ("Inter")
Rodrigo Bentankur ("Yuventus")
Nikolas Lodeyro ("Sietl Saunders")
Federiko Valverde ("Real")
Jorjian de Arraskaeta ("Flamengo")
Gaston Pereyro (PSV)

Hujumchilar
Maksimiliano Gomes ("Selta")
Kristian Stuani ("Jirona")
Xonatan Rodriges ("Krus Asul")


Narzulla Saydullaev

Reyting: +26   

Fikrlar

championat.asia
< so’nggi yangiliklarni ko’rish
Яндекс.Метрика