So’nggi yangiliklar

08:22«Сўғдиёна» футболчиси «Қўқон-1912»га ўтишга яқин  0 07:49Роналду: «Винисиус «Олтин тўп»ни ютиши керак эди, унга нисбатан адолатсизлик қилишди»  10 03:07АПЛ. "Арсенал" "Эмирейтс"да минимал ҳисобда ғалаба қозонди  2 02:26"Ювентус" Рэшфорд билан шартнома имзоламайди. Туринликларга МЮ форварди қизиқ эмас  1 00:40Роналду: "Агар "Манчестер Юнайтед" хўжайини бўлсам, ҳаммасини тўғирлайман"  9 23:42Роналду Саудия Арабистони чемпионатини Францияникидан кучли деб атади: "Лига 1да фақат ПСЖ бор, қолганлар ҳеч нарса эмас"  19 23:00Беллингем Globe Soccer Awards томонидан йил хавбеки деб топилди  1 22:38Роналду барча даврларнинг энг яхши тўпурари сифатида Globe Soccer Awards мукофотини қўлга киритди  8 22:32Globe Soccer Awards. Винисиус йилнинг энг яхши футболчиси  3 22:27Ямал Globe Soccer Awards томонидан йилнинг энг яхши ёш ўйинчисига бериладиган мукофотни олди  0 22:17Араб Кўрфази кубоги. ЖЧ саралашидаги рақибларимиз бўлмиш Қатар ва БАА гуруҳ босқичида қолиб кетишди  2 21:48Эрон Про лигаси. "Персеполис" иродали тарзда ғалабага эришди, Ўруновдан ассист  1 21:36Роналду Яқин Шарқда йилнинг энг яхши ўйинчисига бериладиган Globe Soccer Awards мукофотини олди  19 21:05"Реал" "Ливерпуль"ни расман огоҳ этди  8 20:34Феликс Туркияга йўл олиши мумкин?  0

Ikki turda maksimal natija: Eron ustidan tarixiy g'alabaga erishamiz(mi)? Yangiliklar

Ikki turda maksimal natija: Eron ustidan tarixiy g'alabaga erishamiz(mi)?

O'zbekiston milliy terma jamoasi ertaga Eronga qarshi bahs olib boradi. Terma jamoamiz dastlabki ikki uchrashuvda yuz foizlik natija qayd etganidan xabaringiz bor, ammo bu safargi raqib Eron.

O'zbekiston milliy terma jamoasi ertaga "Bunyodkor" stadionida Eronga qarshi o'yin o'tkazadi. JCH-2026 uchinchi saralash bosqichidan o'rin olgan bu uchrashuv terma jamoamiz uchun uchinchi bahs bo'ladi. Dastlabki ikki uchrashuvda terma jamoamiz KXDR va Qirg'iz Respublikasini bir gol farqi evaziga mag'lub etgandi. Eronga qarshi o'yin oldidan so'nggi uchrashuvga biroz to'xtalsak. Qirg'iz Respublikasi poytaxti Bishkek shahrida Qirg'iz Respublikasiga qarshi JCH-2026 uchinchi saralash bosqich 2-tur uchrashuvini o'tkazgandi. Gollarga boy kechgan uchrashuvda terma jamoamiz 3:2 hisobidagi irodali g'alabaga erishdi. O'yin davomida ikki marotaba hisobda ortda borayotgan terma jamoamiz yakunda chiroyli g'alabaga erishdi. G'alaba goliga esa Oston Urunov mualliflik qildi. SHunday qilib, O'zbekiston milliy terma jamoasi JCH-2026 saralashi uchinchi bosqichining "A" guruhida dastlabki ikki tur uchrashuvlaridan so'ng yuz foizlik natija qayd etgan holda guruh etakchisi bo'lib turibdi.


Dolen Omurzakov nomidagi stadionda o'tkazilgan uchrashuvga biroz to'xtalsak. Qirg'iz Respublikasi birinchi turni safarda Eronda o'tkazgan va kichik hisobda mag'lub bo'lgan edi. Kichik hisobdagi mag'lubiyatga qaramay, Qirg'iz Respublikasi vakillari yaxshi o'yin namoyish etgan va raqib darvozasi oldidan ko'plab xavfli vaziyatlar yaratgandi. Dastlabki uchrashuvdagi mag'lubiyatdan so'ng ikkinchi bahsda ham ochko yo'qotish yoki mag'lub bo'lish, imkoniyatlarni keskin pasaytirib yuborishi aniq edi. SHu sababli Qirg'iz Respublikasi terma jamoasi ikkinchi tur bahsida imkon qadar mag'lub bo'lmasligi kerak edi. Ustiga-ustak yangi rekonstrukciya qilingan stadionning ochilishi va mamlakat prezidenti tashrifi. SHaxsan o'zim, Qirg'iz Respublikasi terma jamoasi bunchalik agressiv va ochiq futbol namoyish etishini kutgamandim. Ikki terma jamoa o'rtasidagi farq ancha sezilarli bo'lgani uchun, mezbonlar ko'proq himoyada etibor qaratishi va qarshi hujumda Joel Kojo mahoratiga tayanishlari haqiqatga yaqinroqdek tuyulgandi.


Keling, Qirg'iz Respublikasi terma jamoasini biroz tahlil qilaylik. FIFA reytingida qo'shnilarimiz 102-o'rinda, O'zbekiston terma jamoasi esa ushbu reytingda 61-o'rinda, yani qirg'izlar reytingda bizdan 41 pog'ona pastroq. Qirg'iz Respublikasi terma jamoasining umumiy transfer qiymati esa 6 million 400 ming evro. Tarkibdagi eng qimmafutbolchisiis esa, Belarusning "Neman" klubi azosi Guljigit Aliqulov va uning transfer qiymati 700 ming evro deya baholangan. O'zbekiston terma jamoasining umumiy transfer qiymati 35 million evrodan sal ko'proq. Tarkibimizdagi eng qimmat futbolchi Abbosbek Fayzullaevning narxi esa 6 million evro, bu esa Qirg'iz Respublikasi terma jamoasining to'liq tarkib qiymati bilan deyarli teng. Statistika va raqamlar bo'yicha terma jamoamiz yaqqol ustun.

Statistikaga nazar tashlaydigan bo'lsak, Qirg'iz Respublikasi darvozamiz tomon bor-yo'g'i uchta aniq zarba bergan va ikkita gol urgan. Rustam Ashurmatov ham o'yindan keyin bu haqda aytib o'tgandi.

"Bugun raqiblar bor-yo'g'i ikkita vaziyatga ega bo'lishdi, ammo shu vaziyatlardan gol ura olishdi", - deya aytib o'tgandi Rustam Ashurmatov.


O'yindagi epizodlar

Uchrashuvning 8-daqiqasida Otabek SHukurov raqib darvozasiga yaxshi zarba yo'lladi, ammo raqib darvozaboni zarbani bartaraf eta oldi. 14-daqiqada esa, raqiblar hisobni ochishdi. Qanot himoyachisi Aleksandr Mishenko o'z qanoti bo'ylab uzun pas amalga oshirdi, Qayrat Jilgarbek-Uluu esa to'pga ega chiqdi va to'pni darvoza maydonchasiga yo'naltirdi. Alimardon SHukurov esa to'pni to'xtatmadi va dar xol Joel Kojoga pas berdi. "Dinamo" futbolchisi esa zarba berishda adashmadi va hisob 1:0. Mishenko pas bergan vaziyatda himoyachilarimiz kichik xatoga yo'l qo'yishdi va yakunda aynan shu xato sababli gol o'tkazib yubordik.

https://youtu.be/2usP7WuTvJU?si=pDgwK3rK7oYMIZy2&t=78

Rustam Ashurmatov va Umar Eshmurodovlar bir poziciyaga kelib qolishdi, natijada esa Kojo uchun ochiq zona paydo bo'ldi. Husniddin Aliqulov esa ikki nafar raqib futbolchisiga qarshi qolib ketdi va raqib futbolchilariga hech qanday qarshilik ko'rsata olmadi.


Jaloliddin Masharipov birinchi bo'limda o'z poziciyasini ikki marotaba o'zgartirdi. Masharipov avvaliga Oston Urunov qanotida bir muddat harakat qildi. Qisqa vaqt davomida Oston Urunov, Jaloliddin Masharipov va Hojiakbar Alijonov bir qanotda o'ynashdi. Keyin esa, Masharipov maydon markaziga o'tib oldi va asosan to'pni SHomurodov va Urunovga etkazib berish bilan shug'ullandi. Oddiy qilib aytganda, Masharipov yarim himoya va hujum o'rtasidagi "bog'lamchi" futbolchiga aynalib qoldi. O'ng qanot esa to'lig'i bilan SHerzod Nasrullaevga o'tdi va aynan o'ng qanotdan biz ikkinchi golni urdik. Futbolchilar o'z poziciyasini almashtirgani bo'yicha savolga Jaloliddin Masharipov shunday javob berdi:

"10-15 daqiqa vaqt ichida oldinda kamchilik bo'lib qolgan edik. Maydon markazi esa biroz bo'shab qolgandi, Nasrullaev esa qanotni to'liq egallay olishini bilardim. SHu sababli maydon markaziga o'tib, Eldor bilan Ostonga vaziyatlar yaratib berishga harakat qildim. SHundan so'ng vaziyatlarimiz soni ko'paydi. Endi yosh futbolchi emasmiz, ayrim bir vaziyatlarda masuliyatni o'z bo'ynimizga olib, vaziyatni o'zgartirishimiz kerak", - degandi Masharipov.


O'tkazib yuborilgan ikkinchi golda ham xatolik kuzatildi. Valeriy Kichin jarima zarbasidan to'pni darvoza tomon uzatdi, to'pga esa birinchi bo'lib Husniddin Aliqulov ega chiqdi va to'pni darvozamizdan uzoqlashtirish uchun boshi bilan zarba berdi. Himoyadagi tartibsizlikdan Odiljon Abdurahmonov foydalanib ketdi. Himoyachilarimiz uxlab qolishdi.

https://youtube.com/watch?v=2usP7WuTvJU&t=117&si=3rOSMYUaUDjjaDzj

Uch nafar futbolchimiz ham to'pga birinchi bo'lib egali qilolmadi. "Podbor"da xatoga yo'l qo'yildi va gol.

Terma jamoamiz namoyish etayotgan o'yinda kamchiliklar kuzatilishi tabiiy hol, ammo ushbu xatolar ustida ishlamasak, ochkolar yo'qotishimiz aniq. Joel Kojo yo'l qo'yilgan xatolardan foydalanib ketgan bo'lsa, Mehdi Taremi yoki Kayo bunday vaziyatlarni ko'rdim demaydi. Hozir natija bor, ammo o'yin sifati yaxshi emas. Buni qanday to'g'rilash esa bosh murabbiyning ishi. Ertaga Eronga qarshi uchrashuv. Eron hali o'z darvozasidan birorta to'p olib chiqmadi. O'zbekiston terma jamoasi Eron darvozasiga gol ura oladimi?


Mening fikrimcha, terma jamoamizning Qirg'iz Respublikasiga qarshi uchrashuvdagi g'alabasi futbolchilarning individual mahorati evaziga qo'lga kiritildi. SHomurodovning realizaciyasi-yu, Urunovning driblingi va Aliqulovning bosh bilan yaxshi o'ynashiga jamoaviy o'yin va taktikaning hech qanday aloqasi yo'q.


Eron haqida

O'zbekiston milliy terma jamoasi Eronga qarshi uchrashuvni bosh murabbiy Srechko Katanecsiz o'tkazishi aniq bo'ldi. Srechko Katanec sog'lig'idagi muammolar tufayli uchinchi bor terma jamoa o'yinlarini o'tkazib yubormoqda. To'g'ri, bosh murabbiyimiz ertangi uchrashuvda taktika, tarkib va o'yin rejasini tuzib beradi, ammo milliy terma jamoa "boshsiz chavandoz" bo'lib yuraverishi ham yaxshi emas.

Eron terma jamoasi ham ikki uchrashuvda 6 ochkoni qo'lga kiritdi. Forslarning etakchi futbolchisi Alirizo Jahonbahsh ayni damda erkin agent va o'yin amaliyotisiz qolib ketgan. Bu biz uchun yaxshi, albatta. SHuningdek, G'alenoi jamoasida himoya chizig'i barqaror emas. Osiyo Kubogidan so'ng tajribali Romin Rizoyan terma jamoaga chaqirilmayapti, Hoseyin Kononi ham jarohat sabab oktyabr oyidagi uchrashuvlarni o'tkazib yuboradi. 35 yoshlik SHoja Holilzoda esa Osiyo Kubogi yarim finalidagi qizil kartochkasidan so'ng ko'pchilik tomonidan tanqid qilinmoqda. Holilzodani tezligi past ekanligi uchun ko'p tanqid qilishmoqda. Ikki nafar yosh himoyachi Hazbavi va Yusufilarga tajriba etishmayotgandek. Rizoyan terma jamoani tark etganidan so'ng uning o'rnini "Sepaxon" futbolchisi Saleh Hardani egalladi, ammo Hardani hali Rizoyan darajasidagi himoyachi emasligi yaqqol sezilmoqda.

Forslarning hujumdagi asosiy futbolchilari Mehdi Taremi va Sardor Azmunlarni ortiqcha etirof etishning hojati yo'q. O'zbekiston terma jamoasi uchun yana bir bosh og'riq bo'lishi mumkin bo'lgan futbolchi - Mehdi Gayedi. Mehdi asosan ikkinchi bo'limda zaxiraga olinmoqda, yani to'liq 90 daqiqa o'yin amaliyotiga ega bo'layotgani yo'q. BAA chempionatida to'p tepadigan futbolchisi joriy mavsum milliy chempionatda 4ta uchrashuvda ishtirok etib, 3ta gol va 1ta assistga mualliflik qildi. Gayedi o'z jamoasining 57% golida ishtirok etgan. Asosan chap qanot vingeri poziciyasida o'ynaydigan futbolchi ertangi bahsda terma jamoamiz himoyachilari uchun etarlicha muammo keltirib chiqishi aniq.

BAAga qarshi kechgan 2-tur bahsida Eron kichik 1:0 hisobida g'alaba qozonganiga qaramay, forslar o'yin davomida bir nechta yaqqol xavfli vaziyatlarga ega bo'lishdi. Realizaciya pand bermaganida uchrashuv yirikroq hisobda yakunlashini mumkin edi.

https://youtu.be/gfsOaS6eFRQ?si=zaVFRMIfPsiwCyoS


P.S Yaqindagina Gayedi terma jamoadagi 10-raqamga loyiq ko'rildi. Bunga qadar, Ali Dai, Ali Karimi, Ali Parvin, Mehdi Mahdavakiya va Sardor Azmun kabi afsonaviy futbolchilar ushbu raqam ostida harakat qilishgandi.

Reyting: +1   

Fikrlar

+3   
09 okt 17:06:17
Shahboz4
Эронга қарши бунақа ҳолатдаги таркибимиз хеч қачон бўлмаган яхши натижа кутиб қоламиз.
+2   
09 okt 17:08:50
Uzb Andijon pfc
O'zbekistonga omad va gʻalaba tilayman. Markaziy yarim himoyani kuchli ushlagan holda markazdan yorib kirib uzoqdan zarbalar beraverish kerak. Eron himoyachilari jismonan baquvvat va boydir qanotdan uzatilgan toʻplar foyda bermasligi mumkin. eronliklarni texnika evaziga jahlini chiqarib hato qilishga majburlash kerak.
+1   
09 okt 17:20:02
Шахрух Палванов Палванов
Иран гол утгазмагани билан мактанаптими биз эса иран уз уйида киргизларга 1 гол урди биз мехмонда 3 та урдик шуни хам ёзиб утмабсиз
   
10 okt 08:23:33
rustam
Главное не проиграть!
   
10 okt 06:28:31
Abubakr Komilov
Ўткир Юсуповни қўймаслик керак дарвозага.... Бекорга форслар катта кетмаяпти.... Эрон чемпионати да ўйнайдиган дарвозабондан хар нарса кутиш мумкин...
   
09 okt 18:41:22
RADIKALIST
Eronga qarshi shijoat bn, qo'rqmasdan o'ynash kerak. Yakkakurashlarga kirishish kerak. To'p bermaslikka, driblingga zo'r berish kerak. Shunda ular asabiylasha boshlaydi. Agar ularga 2 ta gol ursang keyin ular qizil olsayam ajablanmang. Chunki forslar bu kabi holatlarga o'rganman. Nima bo'sa ham yutish kerak, tamom
   
09 okt 18:29:41
Javoxir Aripov
Eron termasida avvalari himoya zor EDI hozir u qadar zormasga oxshadi maqolani oqib nasb yutishimiz kerak Sardor Azmunga ham zor formada Emas umuman hammasi bizni foydamizga yaxshi tomoni termamizda yoqotishlar yoq
   
09 okt 17:32:55
Азим Исмаилов
Ман учун Футболчиларимизни бахоси миллион миллионми еки бир тийинга кимматми Бу масалаларни хамма сини улар урган голллари билан майдонда исботлашлари шарт курук статистика билан эмас олга йигитлар Ким кандай кучга эгалигини исботлайдиган вакт келди
-1   
09 okt 17:26:53
black wolfe
qanaqa tarixiy?Eronni yutish tarix bo'larkanmi?Amerikaga borib o'rtoqlik bo'lsa xam Meksika termasi bilan 3-3 o'ynagan termamizni bolalarini unaqa gaplar bilani ruxiyatini tushirmeylar.Eron aslida unaqa kuchli terma emas faqat asabga o'ynab artistlik qilib osiyoda amallab so'zini o'tqazadi.Yevropa va Jaxonda doim chichib kelgan oddiy terma.
championat.asia
< so’nggi yangiliklarni ko’rish
Яндекс.Метрика