So’nggi yangiliklar

17:10"Бавария" "Челси" ҳужумчисини ижарага олди  1 17:05CAFA Nations Cup. Ўмон Қирғизистон билан беллашмоқда (онлайн ҳисоб)   6 16:41"Комо" Деле Алли билан шартномани бекор қилди  0 16:14"Челси" Буонанотте трансферини расмийлаштирди  2 15:23"Ал Насср" Ал Нассирни сотиб олди  3 14:56"Ноттингем Форест" "Арсенал" футболчисини ижарага олди  0 14:30Ла Лига етакчиларидан бири "Олтин бутса" соҳиби билан шартнома имзолади  0 14:10Расман: Доннарумма – "Манчестер Сити" янги дарвозабони!  5 13:44Хави Бундеслигада иш бошлаши мумкин  0 13:15"Астон Вилла" Виктор Линделёфни сафига қўшиб олди  0 12:48Арне Слот: "Агар "Ливерпуль" – "Арсенал" ўйини шу йўсинда 10 марта ўйналганида, 8 таси дуранг билан якунланган бўларди"  5 12:27Расман: Эдерсон Туркия клубига ўтди  1 12:09Ўзбекистон U-23 терма жамоаси Шри-Ланкага қарши қандай либосда ҳаракат қилиши маълум  5 11:51ОФК "Насаф" ҳамда "Андижон" учрашувларида ишлайдиган ҳакамлар номини эълон қилди  13 11:38"Челси" ёзда футболчилар сотувидан ҳаммадан кўп пул ишлаб топди  7

Ikki tanish yo'l. Ulug'bek Bakaev qaysi jamoani tanlaydi? Yangiliklar

Ikki tanish yo'l. Ulug'bek Bakaev qaysi jamoani tanlaydi?

So'nggi yillarda "So'g'diyona"ni sovrindorlar qatoriga qo'shgan, xalqaro maydonga olib chiqqan Ulug'bek Bakaev o'tgan mavsum yakunida istefoga yo'l olgandi.

Endilikda mutaxassis oldida qaytish uchun ikkita htimoliy variant bor. 


"So'g'diyona"

Aynan bugun "Navbahor" bilan uchrashuvdagi natija Bakaevning "So'g'diyona"ga kelishini yanada tezlashtirishi yoki aksincha bo'lishi mumkin. Klub rahbariyati Namangandan mag'lubiyat bilan qaytilgan taqdirda Yorqin Nazarovning o'rniga nomzod sifatida Ulug'bek Bakaevni ko'rmoqda. Bu deyarli aniq bo'lib ulgurgan tanlov. Sir emas, murabbiy uchun "So'g'diyona" begona emas. U muxlislarni g'alabalarga, sovrinli o'rinlarga kurashishga o'rgatib ketgan. Bu safar qaytish Bakaev uchun bir muncha engil bo'ladi. Tarkibda o'zi tanigan yigitlar qolgan. O'zagi saqlanib qolgan. Ko'p narsa o'zgargani yo'q. Qizig'i shuki, 2019 yil ham mutaxassis "So'g'diyona"ni 4-turdan so'ng Sergey Lushchandan qabul qilib olgandi. Bakaev Jizzaxda mentalitetni o'zgartira oldi. G'oliblik ruhini olib kirdi. Agarda klub Yorqin Nazarovga imkoniyat berishda davom etsa, u holda janob "coach" uchun ikkinchi tanlov yuzaga keladi. 

Jizzaxdagi natijalari: 2019 4-o'rin, 2020 6-o'rin, 2021 2-o'rin, 2022 7-o'rin



"Buxoro"

"Ko'hna" shahar jamoasi ikki yillik tanaffusdan so'ng Superligaga qaytdi. Hakim Fuzaylov Pro ligada ketma-ket ikki yil ikki xil jamoani elitaga olib chiqishning "hadisini" olganini ko'rdik. Bu borada tan bermasdan nima ham qilamiz.  Ammo tojikistonlik murabbiyning "Buxoro" bilan Superligadagi ishlari hozircha yaxshi, deb bo'lmaydi. Ilk turdagi g'alabadan so'ng ketma-ket uchta o'yindan beri yutuqlar borasida "chilla" saqlashmoqda.  Mendagi malumotlarga qaraganda, "Buxoro" rahbariyati ehtimoliy variantni topib qo'ygan. Bu - Ulug'bek Bakaev. 2017 yil qishida ilk bor jamoa bosh murabbiyi etib tayinlanganida hali tajribasi kam, murabbiylikdagi ilk qadamlarini tashlagan paytlar edi. SHunga qaramay 2 mavsum davomida jamoani turnir jadvali o'rta pog'onalarida olib yurdi. Bugungi kunga kelib Bakaev ancha tajribasi oshgan, ko'nikmalarga ega bo'lgan holatda. Ammo mavsum o'rtasida unga oson bo'lmaydi. Tarkibdagi futbolchilar, o'yin falsafasi butunlay boshqacha. Bakaevga esa bu borada biroz vaqt kerak. Boz ustiga oldinda "Buxoro"ni "Bunyodkor", "Olimpik", "Neftchi" va "Navbahor" kabi jiddiy raqiblar bilan to'qnashuvlar kutib turibdi. Hakim Fuzaylovning tajribasi, malakasiga shubhamiz yo'q. Balki klub rahbariyati oxirigacha ishonar. Biroq ketma-ket 3ta mag'lubiyat bu ogohlik qo'ng'irog'i ekanligini payqash qiyin emas. 

"Buxoro"dagi natijalari: 2017 6-o'rin, 2018 yil 6-o'rin

Reyting: +7   

Fikrlar

championat.asia
< so’nggi yangiliklarni ko’rish
Яндекс.Метрика