So’nggi yangiliklar

13:49"Қўқон-1912"нинг 9 ўйинлик мағлубиятли серияси якунланган баҳсдан ГАЛЕРЕЯ  0 13:45"Сурхон" май ойидан буён Термизда гол ура олмаяпти  0 13:24Луис Энрике: "Тоттенхэм" бир ойдан буён тайёрланмоқда, биз эса бир ҳафта шуғулландик холос"  0 12:27"Нефтчи" ва "Насаф" ўртасидаги ўйиндан ГАЛЕРЕЯ  0 12:01Эшитдик-да! "Динамо" - "Пахтакор" учрашуви бош ҳакамига "қизил карточка" кўрсатилди  31 11:51Суперлига 19-турида ишловчи расмийлар маълум  2 11:31Кузатаётган Абрамов, сакраётган Илёсов, ётган Кенжабоев, сиқилаётган Қосимов ёхуд ОКМК - "Қизилқум" ўртасидаги ўйиндан ГАЛЕРЕЯ  0 10:47Жанлуижи Доннарумма АПЛ жамоаси билан келишувга эришди  9 10:15"Ньюкасл" "Милан" ҳимоячисини сотиб олди  1 09:41"Ливерпуль" Англия терма жамоаси футболчиси билан шахсий шартнома бўйича келишувга эришди  5 09:09Жанлуижи Доннаруммага Европанинг яна бир ТОП клуби қизиқиш билдирмоқда  2 08:38Пролига. Бугун 11-тур якунланади  0 08:07Расман. "Бухоро"ни вақтинчалик мураббийи маълум қилинди  3 07:35Суперлига. Бугун 18-тур якунланади  1 07:10Суперлига. "Навбаҳор" дербида ғалаба қозонди, "Шўртан" “Қўқон-1912”га ютқазди, ОКМК - "Қизилқум" баҳсида эса нурсиз дуранг  3

Ikki qayiqning boshini tutgan cho'kib ketadi Yangiliklar

Ikki qayiqning boshini tutgan cho'kib ketadi

Terma jamoamiz ishtirokidagi o'rtoqlik o'yinlarini kuzatdingiz. Natija qoniqarsiz, savollar etarlicha.

Muxlislar va mutaxassislar orasida Islom Qobilov, Lutfullo To'raev va Sanjar Qodirqulov muntazam ravishda maydonga tushirilayotgani borasida etirozlar ko'payib ketdi. Mamlakatimiz bosh jamoasi uchun o'ynayotgan, maydonda kurashayotgan mazkur futbolchilarga rahmat aytamiz. Savollar esa Abramovning manziliga yo'nalgan.

Odatda murabbiylar o'rtoqlik o'yinlaridan 2 xil maqsadda foydalanishadi:

1. Mavjud rezervning salohiyatini ko'rib olish, sinovdan o'tkazish;

2. Agar jamoaning qolipi yaratilgan bo'lsa, o'yin uslubi va chiziqlar o'rtasidagi bog'lamlarni shakllantirish.

Milliy jamoaning etakchi vakillari (Odil Ahmedov, Eldor SHomurodov, Otabek SHukurov, Ikrom Aliboev, Oston O'runov, Eldor Suyunov va boshqalar) bu yig'inda ishtirok etmaganini hisobga olsak, 2-variant o'z-o'zidan chiqitga chiqadi.

Demak, Vadim Abramov terma jamoaga nomzod o'yinchilarni, ularning imkoniyat darajasini (moliyaviy ahvoli emas, maydondagi salohiyati nazarda tutilmoqda) tekshirib olishga harakat qilgan. SHunday bo'lsa, savol tug'iladi: nahot Abramov mavsum davomida qo'l ostida o'ynab kelgan Islom Qobilov, Lutfullo To'raev va Sanjar Qodirqulovning potencialini hamon bilmaydi? Aks holda, yig'inga butunlay boshqa o'yinchilarni jalb qilgan bo'lar (masalan, Malayziya chempionatida ajoyib mavsum o'tkazgan Sanjar SHoahmedov), yoki Husniddin Aliqulovga ham o'ynash imkoniyatini berar edi...

Muxlislar orasida etirozlar ko'paygani haqida aytgandik. Emishki, Abramov "Bunyodkor" futbolchilarini terma jamoa safida o'ynatish orqali ularni xorij klublari uchun reklama qilayotgan bo'lishi mumkin ekan. Bu borada haqiqatni bilmaymiz, lekin haqli savol tug'iladi: nega terma jamoa rolida manfaatlarning ehtimoliy to'qnashuvi yuzaga kelishiga o'rin qoldirilgan? Balki, Abramov milliy jamoa yoki klubdan birini tanlaydigan vaqt kelgandir. Naql bor-ku: "Ikki qayiqning boshini tutgan oxirida cho'kadi". Bu haqda O'FA mutasaddilari bosh qotirgani maqul. Terma jamoani oldinda juda ham muhim uchrashuvlar kutib turibdi.

So'zimiz oxirida bir jihatga etiborimizni qaratmoqchimiz. Sanjar Qodirqulov hamda Islomjon Qobilov "SOCCER CAREER AGENCY" xizmatidan foydalanadi (bu agentlikning tasischilari haqida hech qanday malumot topolmadik). Har 2 futbolchining "Bunyodkor" bilan amaldagi shartnomasi joriy yilning 31 dekabrida yakuniga etadi va ularning legionerga aylanish ehtimoli yo'q emas. Bu bilan hech narsaga shama qilmoqchi emasmiz, shunchaki, fakt o'rnida qabul qilasiz. Omon bo'ling!

Faxriddin Ro'ziev, O'zJOKU talabasi

Muallif :
Reyting: +62   

Fikrlar

championat.asia
< so’nggi yangiliklarni ko’rish
Яндекс.Метрика