Ikki oy komada yotgan PSJ sobiq darvozaboni futbolga qaytdi va Qatar klubiga o'tdi
30 sen 14:53
Yangiliklar
Ikki oy komada yotgan PSJ sobiq darvozaboni futbolga qaytdi va Qatar klubiga o'tdi
Boshidan jiddiy jarohat olib, omon qolgan PSJ sobiq posboni Serxio Riko Qatarning "Al Garafa" jamoasi futbolchisiga aylandi.
Bu haqda "Al Garafa" matbuot xizmati xabar berdi.
Kelishuv tafsilotlari oshkor etilmagan. Klub Rikoni diqqatga sazovor video bilan tanishtirdi.
Riko 2023 yilning may oyida otdan yiqilib, og'ir miya jarohati oldi. Darvozabonga miyaga qon quyilishi tashxisi qo'yilgan va ikki oyni komada o'tkazgandi.
Ispaniyalik darvozabon o'tgan mavsumdan so'ng erkin agentga aylandi va uzoq vaqtdan buyon futboldan tashqarida edi.
Riko PSJdan tashqari "Sevilya", "Malorka" va "Fulxem" klublarida harakat qilgan.
Fikrlar