Ikki JCH finalini boshqargan referi 2023 yilning eng yaxshi hakami deb topildi
05 jan 2024 18:29
Yangiliklar
Ikki JCH finalini boshqargan referi 2023 yilning eng yaxshi hakami deb topildi
IFFHS talqiniga ko'ra, 2023 yilning eng yaxshi futbol hakami elon qilindi.
Futbol tarixi va statistikasi xalqaro federaciyasi (IFFHS) 2023 yilning "Eng yaxshi hakami" nomini elon qildi. Bu nomga polshalik SHimon Marchinyak loyiq topildi.
Marchinyak o'tgan yil Qatarda o'tkazilgan JCH finalini boshqargandi. Bundan tashqari Marchinyak klublar o'rtasidagi JCH finalidagi "Manchester Siti" va "Fluminense" bellashuvini ham boshqarib borgandi.
Etiborlisi, 2022 yil yakunlariga ko'ra ham aynan SHimon eng yaxshi hakam deb tan olingandi.
Reytingda ikkinchi pog'ona italiyalik Daniele Orsatoga, uchinchi — francuz Kleman Tyurpenga nasib etdi.

O’xshash yangiliklar
championat.asia
U-17 ЖЧ. Ўзбекистон Панама дарвозасига 6 та тўп йўллади
Эшитдик-да! Кападзе Ўзбекистон терма жамоасидан кетди
Ла Лига. "Реал" меҳмонда "Райо Вальекано"ни мағлуб эта олмади
АПЛ. "Манчестер Сити" "Ливерпул"ни йирик ҳисобда таслим этди, Ҳусанов эса...
Fikrlar