So’nggi yangiliklar

00:49"Интер" Депайга таклиф юборди  0 00:22Дуглас Коста "Флуминенсе"ни тарк этди  2 23:45Куртуа — жирафа, Рюдигер — псих, Менди — генерал. "Реал Мадрид" футболчилари бир-бирларини қандай чақиришади?  4 23:28"Барселона" Фликни бош мураббий сифатида таништирди  6 23:01Ўзбекистонлик ўсмирлар Японияни тор-мор этди  7 22:44Париж-2024. Ўзбекистон ОТЖ легионери терма жамоа ихтиёрини вақтинчалик тарк этди  17 22:22Ўртоқлик ўйини. Бразилиялик футболчини кўрикдан ўтказаётган "Динамо" "Бунёдкор"ни мағлуб этди  6 22:05"Ювентус" ўз футболчисини "Борнмут"га 18 миллион еврога сотади  1 21:48"Реал" Кепа эвазига Лунинни "Челси"га қўйиб юборишга тайёр  2 21:31Гвардиола "Реал Мадрид" футболчилари "Олтин тўп"га фаворит эканлигини айтди  14 21:14Франциянинг 6 карра чемпиони профессионал клуб мақомидан маҳрум қилинди  5 20:57УEФА Евро-2024 ўйинларида мухлисларни ирқчилик ва камситувчи хатти-ҳаракатлари учун етти давлатни жаримага тортди  3 20:30Назорат учрашуви. Ўзбекистон U-21 терма жамоаси Суперлига клубига ютқазди  2 20:13Париж-2024. Рақиб футбол жамоаси машғулот майдонига дрон учирган мамлакат ходимлари турнирдан четлатилди  0 19:55Азмун БАА клубига ўтади  13

Ikki futbol dahosi to'qnashuvi. Mourino va Gvardiolaning qarama- qarshiliklari Yangiliklar

Ikki futbol dahosi to'qnashuvi. Mourino va Gvardiolaning qarama- qarshiliklari

Bugun Angliya Premer-ligasining 4-tur bahslarida Manchester derbisi bo'lib o'tadi.

Bu bahs nafaqat ikki buyuk jamoalarning jangi, balki dunyoning eng kuchli ikki nafar murabbiynining bahsi hamdir. Mour va Pep bugun 18-martaba to'qnash kelishadi.

Muqaddima

May, 1997 yil, salqin Rotterdam kechasi. Hozirgina bosh hakam Markus Merk xushtak chalib uchrashuvni yakunladi. "Barselona" o'yinchilari maydon bo'ylab hursand chopishmoqda, bir-birlarini quchoqlab PSJ ustidan qozonilgan g'alabani nishonlashmoqda. Bu bahsda kataloniyaliklar Kubok egalari kubogini qo'lga kiritdilar. "Barselona" yarim himoyachisi Pep Gvardiola jamoadoshi bo'lmish Ivan de la Peniya oldiga yugurib borib tabriklaydi va yana yugurishda davom etib murabbiylar shtabida turgan bir kishini quchoqlaydi va bu kishi barchaga tanish bo'lgan Joze Mourino bo'ladi. Bu vaqtlarda Barselona bosh murabbiyi Bobbi Robsoning tarjimoni hisoblanardi.


Birinchi epizod . Evropa bo'ylab “EYYAFYATLAYOKUDL” vulqoni

Ko'pchilik CHempionlar ligasining 2009-2010 mavsumining yarim final bahsida "Inter" – "Barselona" uchrashuvini eslasa kerak. "Nou Kamp"da bo'lib o'tgan javob bahsida qanotdan etkazilib berilgan to'pni Pike darvozaga aniq yo'llab "Barsa"ning g'alabasini taminlaydi, lekin bu g'alaba "Barselona" uchun etarli bo'lmaydi. Ammo bu bahs ham bu buyuk murabbiylarning dastlabki to'qnashuvi emasdi. CHunki bu jamoalar yarim final bahsidan avval guruh o'yinlarida ham to'qnash kelgan edilar. "San Siro"da bo'lgan birinchi  uchrashuvda tomonlar 0:0 hisobidagi durangga imzo chekadilar. Ikkinchi bahsda esa "Nou Kamp"da bo'lgan uchrashuvda "Barselona" 2:0 hisobida g'alaba qozonadi. Bu bahsdan so'ng Mour shunday degan edi: "Ha biz bugun "Barselona"ga yakka kurashlarda va mahorat bobida imkoniyatni boy berdik. Jamoaviy o'yin sifatida "Barselona" hozir bizdan ancha ustun  Lekin agar ertaga ular bilan yana to'qnash kelsak, biz unga tayyor bo'lamiz. Agar siz menga "Barselona" bilan yarim finalda uchrashasizlar desangiz, men buni mamnuniyat bilan qabul qilaman". Qarangki Jozening orzusi amalga oshdi va "Inter" yarim final bahsida yana eski tanish "Barsa" bilan to'qnash keldi. Yarim finalning dastlabki uchrashuvi Milanda bo'lishi kerak edi, lekin bu vaqtlarda butun Evropani Eyafiyatlayokudlideb nom olgan Islandiya vulqoni qamrab olgandi. Yuzlab resylar qoldirilgan, poezd qatnovi ishdan chiqqan. SHu sababli "Barselona" bu bahsga avtobusda kelishga majbur bo'ladi.


Bu bahs Jozening murabbiylik faoliyatidagi eng omadli uchrashuv bo'ldi desak adashmaymiz. Mourino aytganidek bu uchrashuvlarga "Inter" tayyor edi. SHuningdek, Diego Milito tomonidan kiritilgan gol shubhali ko'ringdi, Alveshga jarima maydonida ishlatilgan qo'polikka hakam tomonidan etibor berilmagani ham "Inter" foydasiga ishladi. Bularning bariga "Barsa" futbolchilari hakamga etizor bildirishgan edi. Lekin uchrashuv yakunidan so'ng matbuot-anjumanida bir yil muqaddam bunday hodisa Barselonada bo'lgan, lekin teskarisi edi. "Barselona" futbolchilari xursand holda yugurishgan bo'lsa, mening sobiq jamoam "CHelsi" futbolchilari esa yig'lagan holda norvegiyalik hakam ortidan yugurgandilar. ”- degan edi Joze Mourino. Bir hafta o'tib javob uchrashuvida, boshida eslab o'tganimizdek "Barsa" "Inter" ustidan 1:0 hisobida g'alaba qozonadi, lekin ikki bahs natijasiga ko'ra 3:2 hisobida "Inter" g'alaba qozonib final yo'llanmasini qo'lga kiritadi.


Ikkinchi epizod. "U Ispaniya futbolini o'ldiradi"

2010 yil Pep va Joze qarama-qarshiligi davom etdi. 2010 yilda Mourino o'zining murabbiylik faoliyatidagi eng dahshatli mag'lubiyatni qabul qilib oldi desak bo'ladi. 2010 yil 29 noyabr,"Nou Kamp", "Barselona" – "Real" 5:0. Bu fakt, ushbu uchrashuvni hech kim esdan chiqarib yuborolmaydi. Bunday mag'lubiyatdan so'ng ham "Real" ustozi o'z prinsplaridan voz kechmagan holda - beshta uchrashuvda 1:0 hisobida mag'lub bo'lgandan ko'ra, bir uchrashuvda 5:0 hisobida engilgan maqul - deydi. 2011 yil aprel oyining o'rtalaridan  mayning boshiga qadar muxlislar 17 kun ichida to'rtta "El- klassiko" ko'rish imkoniga ega bo'ldilar. 17 kun davomida "Barsa" va "Real" chempionat doirasida bir uchrashuv, Ispaniya kubogi finali hamda CHempionlar ligasining yarim finalidagi uchrashuvlarni o'tkazishlari kerak edi. Bu bahslar endilikda nafaqat jamoalar o'rtasidagi "El-klassiko", balki murabbiylarning o'zaro "El- klassiko"ga aylanib ketdi. Kubok finalidan so'ng jamoalar o'rtasidagi adovat avjiga chiqa boshladi. Final uchrashuvida Ronalduning qo'shimcha vaqtlarda urgan goli tufayli "Real" kubokni qo'lga kiritdi. Lekin uchrashuvdan so'ng Gvardiola hakamlarga etiroz bildirgan. Bu voqeaga ham jim turolmagan madridliklar ustozi fikr bildiradi: "Oldinlari murabbiylarning ikki guruhi mavjud bo'lardi. Biri hakamning qarorlarini gapirsa, ikkinchi guruh esa gapirmasdi. Lekin hozir uchinchi guruh ham vujudga kelmoqda, yani hakam to'g'ri qaror chiqarsa ham nohaq ayblaydigan, ammo bu guruhga hozircha bor yog'i bitta murabbiy - Pep kiradi".

Mourino shu zahotiyot o'z gaplari uchun javob oldi: "Mourino janoblari meni Pep deb chaqiryotkan ekan, nega men uni Mour demayman? Biz sen bilan ertaga yana maydonda uchrashamiz. Bu g'alabani senga sovg'a qilaman (Ispaniya kubogi) va shu g'alaba bilan o'zingni xursand qilib yur. Sen matbuot-anjumanidagi jurnalistlar uchun bir masxarabozsan va buni hamma biladi". CHempionlar ligasining birinchi uchrashuvidan so'ng ikki jamoa ustozlari chetlatilgandi. SHu voqeadan so'ng Mourino o'zining faoliyatidagi eng mashhur fikrlaridan birini aytadi. ”Agar men hozir UEFA haqida nimalarni o'ylayotganimni aytsam meni murabbiylik faoliyatimga chek qo'yiladi, lekin men ularni o'rniga boshqa savol beraman va qachondir bu savollarning javobini olaman deb umid qilaman. Nega? Nega Evrebe? Nega Buzakka? Nega SHtark? (hakamlar). Nega doim yarim finalda bir xil holat bo'ladi? Biz dunyoning eng ajoyib jamoasi haqida gapirmoqdamiz, lekin nega ular bunday qiladilar. Balki ularning hamkori YUNISEF bo'lgani uchundir? Balki "Barsa" o'yinchilari ajoyib yigitligigami? Men bunga tushunmayman. Ularda hokimyat mavjud, shu sababli ham bizda imkoniyat yo'q. Men bularning bariga faqat nega degan savol berishim mumkin. Umid qilamanki, Pep bir kun haqqoniy tarzda CHLni qo'lga kiritadi". Gap so'zlar ikki murabbiyning bir – biriga tosh otishi tugamadi va bunday "shirin" so'zlarning avjiga chiqarib yuborgan o'yin 2011 – yilning avgust oyida Ispaniya Superkubogining javob uchrashuviga to'g'ri keldi. Bahs 3:2 hisobida "Barsa" foydasiga hal bo'ldi. Uchrashuv janjalga aylanib ketadi, bunga sabab Marseloning Fabregasga ishlatgan juda qo'pol harakati bo'ladi, janjal vaqtida Mour Gvardiola yordamchisi Tito Vilonovaning ko'ziga qo'lini tiqib oladi.


Matbuot-anjumanida esa Mourino yana o'zining noodatiy fikrlarini bildiradi. "Tito kimligini bilmayman".  "U Tito kimligini bilmasligi mumkin, lekin men Karanka kimligini bilaman " deb javob qaytargandi Gvardiola. SHunga o'xshash tosh otishlar yana bir necha kun davom etdi. Fikrlar orasida ajralib turadigan fikrni Barselona himoyachisi Pike aytadi: "Uni kimdir to'xtatishi kerak, bo'lmasa Mourino Ispaniya futbolini o'ldiradi". Ispaniyadagi ikki murabbiynnig oxirgi baxsi 2012 yilda bo'lib o'tadi va bu uchrashuvda "Real" mehmonda 2:0 hisoida g'alaba qozonadi. SHu tariqa ikki dahoning Ispaniyadagi qarama–qarshiligiga yakun yasaladi.

Uchinchi epizod . Pragadagi uchrashuv

Maur hamda Pep to'qnashuvi 2013 yilda ham davom etdi lekin endi ikkala murabbiy ham boshqa – boshqa jamoalarni boshqaryotgan edi. Portugaliyalik mutaxassis Angliyaga, "CHelsi"ga qaytgan bo'lsa, ispaniyalik mutaxassis esa Germaniyaga, "Bavariya"ga ishlashga ketdi. Bu bahs UEFA Superkubogiga to'g'ri keldi. Hisobda ko'klar oldinda borayotgan edi. Uchrashuv yakunlanishiga sanoqli daqiqalar qolganida nemislar yarim himoyachisi Xavi Martines javob golini kiritadi, bu vaqtga kelib  "CHelsi" bir kishi kam bo'lib o'ynayotgandi. SHu tariqa jamoalar penaltilar seriyasiga qadar etib kelishadi va futbol lotereyasida "Bavariya"ning omadi keladi va boshlari uzra UEFA Superkubogini ko'tarishadi. "Uchrashuvda kuchli o'yin ko'rsatgan jamoa mag'lubiyatga uchradi. Raqib esa bita ko'p penalti urib g'alaba qozondi" deydi Joze Mourino.


Mourino va Gvardiolaning Angliya jamoalarini boshqargan holda dastlabki uchrashuvi ancha oldinroq yani 26- iyulda Xitoyda o'rtoqlik uchrashuvida bo'lib o'tishi kerak edi, lekin bu uchrashuv ob-havo yomonligi sababli bo'lmagandi. Endi bu uchrashuv "Orzular teatrida" bo'lib o'tadi. Bu bahs ham oldingi o'yinlarlar singari shiddatli bo'ladi degan umidamiz. Demak kutamiz…

Nozimov Nig'monxo'ja tayyorladi

Reyting: +30   

Fikrlar

championat.asia
< so’nggi yangiliklarni ko’rish
Яндекс.Метрика