So’nggi yangiliklar

20:10АПЛ. "Манчестер Юнайтед" "Лидс"ни мағлуб эта олмади  17 19:01А Серия. "Наполи" Римда "Лацио"ни қийинчиликсиз мағлуб этди  1 18:58"Реал Мадрид" — "Реал Бетис". Таркиблар маълум  15 18:37Ван Дейк Испания супер клубига ўтишни истаган эди  0 18:16"Челси" "Ньюкасл"дан Италия терма жамоаси футболчисини ўз сафига қўшиб олмоқчи  0 17:50"Реал" икки юлдузидан қутулишни режалаштирмоқда  3 17:21Тунис терма жамоаси футболчиси: “Биз футболда 10 йил орқадамиз”  1 16:48Мармуш "Астон Вилла"га ўтиши мумкин  9 15:02Рамос фаолиятини Францияда давом эттириши мумкин  1 14:37"Реал" Винисиус бўйича қарор қабул қилди  8 14:14"Реал" "Тоттенхэм” ҳимоячисига даъвогарлик қилмоқда  0 13:50Алонсо "Реал"дан "Ливерпуль” юлдузини сотиб олишни сўради. "Қаймоқранглилар" 100 млн евродан ортиқ маблағ тайёрлаб қўйди  3 13:23"Кристал Пэлас" ўз форвардини "Манчестер Юнайтед"га сотишдан бош тортмоқда  0 12:58"Ливерпуль” "Реал" юлдузини нишонга олди. "Қизиллар" биринчи таклифни беришди  2 12:33"Милан" Влаховични ўз сафига қўшиб олмоқчи. "Ювентус" форварди "Барселона"га кетадиган бўлса, "россонерилар" Левандовскига ҳаракат қилиб кўради  0

Ikki avlod uchrashuvida do'stona durang qayd etildi Yangiliklar

Ikki avlod uchrashuvida do'stona durang qayd etildi

Teglar :  Navbahor
Xabar berganimizdek, bugun Namangandagi “Navbahor” stadionida uzoq kutilgan shou uchrashuv bo'lib o'tdi.

Unda 1996 yil O'zbekiston chempionligiga erishgan “Navbahor”ning oltin avlod vakillari hozirgi asosiy tarkib jamoasiga qarshi maydonga tushishdi.

O'n besh mingga yaqin muxlislar ko'z o'ngida o'tgan uchrashuvda ikki asr futbolchilari stadionga jam bo'lganlarga ajoyib o'yinni namoyish etib berishdi. Garchi “Navbahor-1996” jamoasi futbolchilari avvalgidek tezkor va chaqqon bo'lishmasada, lekin tajriba hamda yillar davomida orttirilgan tajriba shundoqqina ko'zga tashlandi. 


Ana shu tajriba evaziga chempion tarkibning mohir hujumchisi Zafar Musaboev Anvar Solievning ajoyib to'p uzatishidan so'ng hisobni ochdi. Bu golga “Navbahor”ning koreyalik legioneri CHoy Xyun Yeon o'zining aniq zarbasi bilan javob qaytardi.


SHundan so'ng to'p kiritish navbati Solievning o'ziga etib keldi. Jamoalar shu hisob bilan tanaffusga chiqib ketishdi. Ikkinchi 15 daqiqalikda darvozalarga yana 5ta to' kiritildi. Anvar Soliev xet-trikka erishgan bo'lsa, “Navbahor-2016” jamoasi safida Mo'ydin Mamazulumov dubl qayd etdi. Yana bir gol Anvar Rajabov hisobiga yozildi. 


SHu tariqa, ikki avlod jamoalari o'rtasidagi uchrashuv 4:4 hisobidagi jangovor durang bilan yakunlandi. O'yin so'nggida Baxtiyor Boboev, Rashid G'ofurov, Viktor Jalilov, Dmitriy Batinkov, Eduard Mamotov kabi shou ishtirokchilari so'zga chiqib, o'z taassurotlarini muxlislar bilan baham ko'rishdi. Bir so'z bilan aytganda, “Navbahor” chempionligining 20 yilligiga bag'ishlab o'tkazilgan tadbir yuqori saviyada tashkil etildi.

Fursatdan foydalanib, ushbu shou uchrashuvni tashkil qilgan Namangan viloyat hokimligi, viloyat futbol federaciyasi, “Navbahor” professional futbol klubi rahbariyati va barcha-barcha tashkilotchilarga o'z minnatdorchiligimizni bildiramiz. Zero, bu tadbir birinchi galda jamoa muxlislari uchun tashkil etib berildi. 


“Navbahor-1996” – “Navbahor-2016” 4:4
Gollar: Zafar Musaboev, Anvar Soliev 3ta – CHoy Xyun Yeon, Anvar Rajabov, Mo'ydin Mamazulunov 2ta

“Navbahor-1996”: Dmitriy Bashkevich, Farhod Magometov, Saydullo Tursunov, Sergey Arslonov, Marat Dilmuhamedov, Baxtiyor Tog'aev, Mustafo Bayramov, Gennadiy Denisov, Eduard Mamotov, Tohir Madrahimov, Dmitriy Batinkov, Anvar Asadullaev, Ilhom SHaripov, Abduqahhor Marufaliev, Zafar Musaboev, Dilshod Aliev, Anvar Soliev.
Bosh murabbiy: Viktor Jalilov
Jamoa boshlig'i: Baxtiyor Boboev

“Navbahor-2016”: Akmal Ortiqov, Alibek Turobov, Aleksandr Korneychuk, Tohir SHamsiddinov, Qahramon Mahamadjonov, Dilshod Jabborov, Obid Jo'raboev, Xayrulla Karimov, Igor Golban, Hasan Asqarov, Azizbek G'ulomxo'jaev, Akrom Baxriddinov, Alisher Mahmudov, Nodir Mavlonov, Sardor Azimov, Azam Aliev, Ravshan Aslanov, Alibobo Rahmatullaev, Vitaliy Gavrish, CHoy Xyun Yeon, Islom Isoqjonov, Mo'ydin Mamazulumov, Oleksandr Pishur, SHoxjahon Abbosov, Anvar Rajabov.


  Kamoliddin ALIMOV, Namangan shahridan  


Reyting: +12   

Fikrlar

championat.asia
< so’nggi yangiliklarni ko’rish
Яндекс.Метрика