Ikardi va agenti “Inter” rahbari bilan uchrashdi
06 mar 2019 20:39
Yangiliklar


Ikardi va agenti “Inter” rahbari bilan uchrashdi
“Inter”ning argentinalik hujumchisi Mauro Ikardi va uning agenti hamda rafiqasi Vandar Nara Milan klubi bosh direktori bilan uchrashishdi.
Bu haqda “Inter” klubi tvitter sahifasi xabar berdi.
“Bosh direktor Beppe Marota bugun Mauro Ikardi hamda Vanda Nara bilan uchrashdi. Ushbu do'stona uchrashuvda barcha uchun maqul qarorlar qabul qilindi”, deya xabar bermoqda klub rasmiy Tvitter sahifasi.
Eslatib o'tamiz, 26 yoshli Ikardi yaqinda jamoa sardorligidan mahrum qilingandi. Ayrim xabarlarga ko'ra, futbolchi agenti va rafiqasi Vanda Naraning futbolchining shartnomasini uzaytirish borasidagi muzokaralar chog'ida o'zining tutishi Milan rahbariyatini g'azabga solgan.
O’xshash yangiliklar

Fikrlar