Ikardi: "Osvaldoning jahli asosli. Imkoniyatdan foydalana olmadim"
07 jan 2015 13:42
Yangiliklar


Ikardi: "Osvaldoning jahli asosli. Imkoniyatdan foydalana olmadim"
"Inter" hujumchisi Mauro Ikardi "Yuventus"ga qarshi bahsda (1:1) o'zidan yaxshi vaziyatda turgan jamoadoshi Pablo Osvaldoga to'pni oshirmay, o'zi noaniq zarba bergan vaziyat haqida fikr bildirdi.
Eslatib o'tamiz, ayni damda "Inter" hisobida 22 ochko bor va ular turnir jadvalida 11-o'rinni egallab turibdi.
"Biz kerakli ochkoni qo'lga kiritdik, ammo yutishimiz ham mumkin edi. Imkoniyatlarimizdan to'liq foydalana olmaganimizdan afsusdaman. Osvaldoning jahli? Bunday vaziyatlar maydonda uchrab turadi, tashqarida esa hammasi joyida. To'pni etkazib bermay, o'zim xato qildim. Ammo men ochiq joyni ko'rdim va undan foydalanishga harakat qildim.
Mavsum oxirigacha o'yinlar ko'p va biz uchinchi o'rin uchun so'nggi turlargacha kurashamiz" - deydi Ikardi.

Fikrlar