Ikardi “Inter” bilan shartnomasini uzaytirmaydi
09 jan 2019 20:43
Yangiliklar
Ikardi “Inter” bilan shartnomasini uzaytirmaydi
Argentinalik futbolchi Mauro ikardining rafiqasi va agenti Vanda Naraning aytishicha, hujumchi “Inter” bilan shartnomai uzaytirmaydi.
Bu haqda TyC Sports xabar bermoqda.
Futbolchining klub bilan kelishuvi 2021 yilga qadar amalda bo'ladi. “Inter” futbolchiga yiliga 7 million evroni tashkil etuvchi yangi shartnomani taklif qilgan, ammo Ikardi yiliga 8 million evro to'lanishini istayapti. Ilgariroq Ikardiga “Real” qiziqayotganligi haqida xabarlar chiqqandi.
Ikardi 2013 yildan buyon “Inter” sharafini himoya qilib kelmoqda. Joriy mavsumda 25 yoshli forvard jamoasi safida 18 ta uchrashuvda maydonga tushib, 12 ta gol urishga erishdi. 2017/18 yil yakunlariga ko'ra Ikardi Italiya chempionatining eng yaxshi futbolchisi deb topilgan.
O’xshash yangiliklar
championat.asia
Ўзбекистон U-23 терма жамоаси мусобақани ғалаба билан бошланди. Стартда Ливанни енгдик
Испания Суперкубоги. "Барселона" "Атлетик"ни ўта йирик ҳисобда таслим этиб, финалга йўл олди
АПЛ. "Манчестер Сити" "Брайтон" билан ўйинда яна очко йўқотди. Ҳусанов тўлиқ ўйнади
Равшан Ҳайдаров: "Уч очко қўлга киритилди. Болаларча қилинган хатолар Эронга қарши ўйинда такрорланмайди деб умид қиламан"
Fikrlar