Ikardi golli seriyasini davom ettirmoqda

Eldor Akmurzayev
28 okt 2019, 01:35
Ayni daqiqalarda Fransiya chempionati 11-turidan o'rin olgan PSJ – “Marsel” uchrashuvi bo'lib o'tmoqda.

Bahsda hisobni 10 daqiqadayoq parijliklar forvardi Mauro Ikardi ochdi. Keyin esa 1-taym o'rtalarida yana uning o'zi raqib darvozabonini dog'da qoldirib, dublga erishdi.
Shu tariqa, argentinalik forvardning golli seriyasi 5 o'yinga etdi. U hozirga qadar 7ta gol urishga erishgan.

O'xshash yangiliklar


Eldor AkmurzayevMuallif
Manba: Championat.asia