Iguain "Yuventus"ga qaytmoqchi
24 may 2019 10:45
Yangiliklar


Iguain "Yuventus"ga qaytmoqchi
Ijara asosida "CHelsi" sharafini himoya qilayotgan "Yuventus" hujumchisi Gonsalo Iguain Turin klubiga qaytmoqchi ekanligini malum qildi.
Malumotlarga ko'ra, argentinalik futbolchi Krishtianu Ronaldu bilan birga to'p tepish niyatida. Ular birgalikda "Real" sharafini himoya qilishgan.
Oldinroq, "CHelsi" Iguainni "Yuventus"ga qaytarishi haqida xabarlar paydo bo'lgan edi. Yanvardan beri London klubida o'ynayotgan hujumchi 18ta uchrashuvda maydonga tushdi va 5ta gol urishga muvaffaq bo'ldi. Ijara bitimida kelishuvni bir yilga uzaytirish yoki Iguainni sotib olish bandi mavjud, biroq "CHelsi" ikkala imkoniyatdan ham foydalanmoqchi emas.
O’xshash yangiliklar

Fikrlar