

Gonsalo Iguain Italiya chempionati 11-tur doirasidagi "Udineze" - "Milan" bahsida jarohat olib, o'yinni oxiriga etkaza olmaydigan bo'ldi. Argentinalik forvard raqib yarim himoyachisi Rolando Mandragora bilan to'qnashuvdan so'ng, zahiraga olinishini so'radi. Uchrashuvning 35-daqiqasida Iguain belini ushlagan holda maydonni tark etdi va uning o'rniga Samuel Kastilexo tushdi.
Keyingi turda "Milan" "Yuventus" bilan bahs olib boradi. 30 yoshli hujumchi ushbu uchrashuvni o'tkazib yuborishi mumkin.



