Iguain: "Avvallari tanqiddan qo'rqib ko'chaga chiqmas edim"
22 apr 2019 12:43
Yangiliklar


Iguain: "Avvallari tanqiddan qo'rqib ko'chaga chiqmas edim"
"CHelsi" hujumchisi Gonsalo Iguain bir paytlar tanqiddan qo'rqqani haqida aytib berdi.
"Avval faqat uyda yashirinib yotganimdan afsuslanaman. Tanqiddan qo'rqib ko'chaga chiqmasdim. O'zimni bunday tutmasligim kerak edi. Juda yomon ishlar qilib, bundan uyalmay ko'chada yurganlar bor. Biz esa futbolchilarmiz, hech kimni o'ldirmaganmiz, sport bilan shug'ullanganimiz uchun uyalishimiz kerakmi?
Hozir tanqid haqida hech narsa bilishni istamayman. Ijtimoiy tarmoqlarda sahifam yo'qligi menga yordam beryapti. Eng yaxshi ligalarda o'ynadim, jahon chempionatlarida qatnashdim. Besh yoshligimda bularni tasavvur qila olmasdim. Nega boshqalar meni havotirga solishi kerak" - deydi Iguain.
O’xshash yangiliklar

Fikrlar