Igor SHkvirin: "Ismoilovga jarima to'pini tepishini aytgandim"
09 apr 2016 21:30
Yangiliklar
Igor SHkvirin: "Ismoilovga jarima to'pini tepishini aytgandim"
"Olmaliq" - "Metallurg" (2:0) uchrashuvidan so'ng mezbonlar ustozi o'z fikrlarini bildirdi.
"Birinchi
bo'limda juda yomon o'ynadik. Ikkinchi bo'lim boshida chetlatish sodir bo'ldi.
Qolgan futbolchilar ham Berdimurodov uchun o'ynashdi. Doniyor Ismoilovni
zaxiradan tushirayotganimda agar jarima to'pi bo'lsa o'zing tepgin deb
ko'rsatma bergandim. Kimdir bunga qarshi chiqsa bu mening ko'rsatmam ekanini
ayt dedim. Birinchi bo'limda kam harakat bo'ldi, ikkinchi bo'limda esa
yo'qotadigan narsamiz qolmagandi. Bugun idividiual mahoratlari evaziga
gol urdik. Ismoilov jarima to'pidan, Farhod Tojiev ham o'z mahorati
evaziga to'p kiritdi", - deydi Igor SHkvirin.
"Olmaliq" matbuot xizmati
O’xshash yangiliklar
championat.asia
Ла Лига. "Реал Мадрид" ўз уйида "Реал Бетис"га 5 та гол урди
АПЛ. "Ман Сити" "Челси"га қарши ўйинда 90+4 дақиқада тўп ўтказиб юборди ва ғалабани бой берди, Ҳусанов 51-дақиқада захирадан ўйинга қўшилди
Алижонов "Пахтакор"да қолиш учун йирик битимни рад этди
Ла Лига. "Барселона" сўнгги дақиқалардаги иккита гол эвазига "Эспаньол"ни мағлуб этди
Fikrlar