So’nggi yangiliklar

00:54Расман: "Вильярреал" ва "Барса" ўртасидаги Ла Лига ўйини Майамида ўтказилади  2 00:28ЖЧ саралаши. Саудия Арабистони Индонезияни қийинчилик билан мағлубиятга учратди  13 23:40Ўзбекистон – Кувайт учрашувини бошқариб борувчи ҳакамлар маълум  4 23:25Миср ўз тарихида тўртинчи бор Жаҳон чемпионати йўлланмасини қўлга киритди  0 23:16Расман: Консейсау "Ал Иттиҳод"га бош мураббий этиб тайинланди. Клуб қишда "Насаф"га қарши майдонга тушади  1 22:54Ўзбекистон термасининг Кувайтга қарши расмий машғулотидан ГАЛЕРЕЯ  3 22:30Ўзбекистон терма жамоаси Кувайтга қарши ўйиндан олдинги расмий машғулотини ўтказди  1 22:11ЖЧ саралаши. Ўмон Доҳада Қатар билан дуранг ўйнади  15 21:37Осиёда ЖЧ саралашининг тўртинчи босқичи бошланди. Бу ҳақда нималарни билишимиз лозим?  37 21:01"Реал" "Сантьяго Бернабеу" стадиони номини ўзгартириши мумкин  1 20:38Ансу Фати Францияда рекорд натижа қайд этди  6 19:40Ҳожимат Эркинов ЖЧда қайси жамоалар билан рўбарў келишни хоҳлайди?  12 18:43Кувайт терма жамоаси бош мураббийи: "Мен ЎФА шорт-листида бўлганман?"  8 18:19"Реал" футболчиси Испания терма жамоаси сафида жароҳат олди  3 17:40Сайфиев ва Ҳамробековлар терма жамоа машғулотида иштирок этишмади  3

Igor SHkvirin: "Guruhda raqobat kuchli, xatolardan kerakli xulosa chiqarilmasa qimmatga tushadi" Yangiliklar

Igor SHkvirin: "Guruhda raqobat kuchli, xatolardan kerakli xulosa chiqarilmasa qimmatga tushadi"

Taniqli futbol mutaxassisi, O'zbekiston terma jamoasi sobiq futbolchisi Igor SHkvirin BAA bilan o'yin oldidan imkoniyatlarni baholadi.

"Barchasini avvalgi bosqichdan boshlasak. Eron bilan ilk saralashdagi o'yinda 0:2 hisobida yutqzayotib iroda ko'rsatgan edik. Mehmonda durang o'ynab qaytilgan. Ko'ringandiki, futbolchilar faollikni oshirishi va yarim himoyachilarning tezkor qarorlari hisobiga vaziyatdan chiqib ketishgandi. Terma jamoada xarakter bor. Endi esa bu bosqichdagi dastlabki ikki bahsga etibor qaratamiz. KXDRni 1:0 hisobida taslim qildik. Himoyada jarima maydonchasi ichida xatolar kuzatildi. Ular penaltini ura olishmadi. Lekin yaxshi qarshilik ko'rsatdi. Qirg'iz Respublikasi ustidan g'alaba qozondik. Ammo 2 ta gol o'tkazib yuborganimiz yoqimli bo'lmadi. Biz o'yinni mutaxassis sifatida ko'ramiz. Bu esa boshqalarnikidan farq qilishi tabiiy. 

Eron bilan bitta Masharipovda gol urish uchun imkoniyat bo'ldi va bu yagonaligicha qoldi. Gol o'tkazmaslik uchun o'ynagandek taassurot qoldirishdi. Balki ruhiy holat shunga mos kelgandir yoki ko'rsatma. Sardor Azmun bitta vaziyatda haqiqiy hujumchilardek o'ynadi. Darvozabonimiz to'plarni qaytardi. Agarda, BAA bilan ham bunday o'ynasak birinchi o'rindan tushishimiz mumkin. Nima uchundir avvalgi cikldagi Eronga qarshi qilgan o'yinimizni ko'rsata olmadik. Xatolardan kerakli xulosalarni chiqarilmasa qimmatga tushadi. Guruhda esa raqobat kuchli. Har qanday holatda terma jamoamizga omad tilayman ",- deydi Igor SHkvirin.

Reyting: +7   

Fikrlar

championat.asia
< so’nggi yangiliklarni ko’rish
Яндекс.Метрика