So’nggi yangiliklar

02:04"Челси" клублар ўртасидаги жаҳон чемпионати финалида!  14 00:55Карло Анчелоттининг ўғли Бразилия клуби бош мураббийи бўлди  1 00:35Уэсли Фофана "Челси"да қолади  1 00:05"Тоттенхэм" Япония миллий терма жамоаси ҳимоячисининг трансферини эълон қилди  1 23:34"Милан" ва А Сериясининг бошқа етакчи клублари Хейлундга қизиқиб қолишди  0 23:05Жота билан собир бўлган ҳалокатнинг сабаблари бўйича экспертиза хулосаси маълум бўлди  10 22:40"Реал" "Бенфика" ҳимоячиси билан келишиб олди, клубни рози қилиш қолди  3 22:15"Рома" янги мавсум учун уй либосини тақдим этди  2 21:45ПСЖнинг икки футболчиси учун Клублар ўртасидаги ЖЧ якунланди. Хайсен эса...  13 21:25Расман: "Банияс" Акмал Мозговойни ўз футболчиси сифатида таништирди  7 21:00Championat.asia ҳамда Transfermarkt Ўзбекистон Суперлигасининг ўтган ойдаги энг яхши мураббийи ва футболчисини аниқлади  5 20:22Тиаго Силва: "Челси" ва ПСЖдан чексиз миннатдорман"  12 19:52"Арсенал" Евро ярим финалчиси трансферини ҳал этди  5 19:23​Рустам Ашурматов Эронга етиб борди  4 18:59Санчо "Ювентус"га молиявий талабларини маълум қилди  3

Igor SHkvirin: "G'alabaga haqliroq edik" Yangiliklar

Igor SHkvirin: "G'alabaga haqliroq edik"

Superliganing 13-turidan o'rin olgan "Andijon" - "Turon" (1:1) uchrashuvidan so'ng yaypanliklar bosh murabbiyi Igor SHkvirin fikrlarini bildirib o'tdi.

"O'yin haqida qanday fikr bildirish mumkin? Birinchi bo'limda o'yinni nazorat qildik, gol ham urdik. "Andijon"da aytarli vaziyatlar bo'lgani yo'q. Bitta xatodan so'ng darvozamizdan to'p olib chiqdik. Raqib chiroyli gol urdi. SHundan so'ng yana o'yinga qaytdik va vaziyatlar yaratdik. G'alabaga haqliroq edik. Lekin bir ochko qo'lga kiritdik. Natijadan qoniqish hosil qildim. Futbolchilarga xohish va ishtiyoq ko'rsatishgani uchun rahmat aytaman", - deydi Igor SHkvrin.

- Derbida durang qayd etilishi qaysidir manoda kutilgan holat edi. Bunga tayyor edingizmi? "Andijon"ning avvalgi uchrashuvlarini kuzatganmidingiz?
- Siz qanday derbi haqida aytyapsiz? Andijon boshqa, Qo'qon boshqa.  Vodiy derbisi degan so'zni birinchi marotaba eshitmoqdaman. Bitta shahar jamoalari o'zaro kuch sinashsa buni derbi deyish mumkin. Biz uchun istalgan o'yin derbi. Ertaga "Qo'qon-1912", keyin "So'g'diyona" bilan o'ynaymiz. Taqvim shunday. Har bir bahs derbi va finalga teng.

- Yangi futbolchilardan qoniqish hosil qildingizmi?
- Ulardan qaysidir manoda 70 foiz qoniqdim. Biz istagan o'yinni yo'lga qo'yib olish uchun vaqt kerak. Xatolar ustida ishlaymiz. O'yindan-o'yinga yaxshilanib borishga harakat qilamiz. SHu orqali ochko ishlashimiz mumkin.

- Kim Bo Yong boshlang'ich tarkibdan o'rin olmagani nima bilan bog'liq?
- Birinchi davrada qanotlar orqali o'yin tashkil qilingandi. Taktik jihatdan qachon foydali deb bilsak o'shanda tushiramiz.

Reyting: +12   

Fikrlar

championat.asia
< so’nggi yangiliklarni ko’rish
Яндекс.Метрика