Igor SHkvirin: "Andijon"dan kuchli edik, buni isbotladik"
15 avg 2015 22:00
Yangiliklar
Igor SHkvirin: "Andijon"dan kuchli edik, buni isbotladik"
"Andijon" - "Olmaliq" (2:4) uchrashuvidan keyingi matbuot anjumanida dastlab mehmonlar ustozi Igor SHkvirin qatnashdi.
"Bugun kuchli edik, buni maydonda isbotladik xolos. 4ta gol urdik, undan ham ko'proq urishimiz mumkin edi. Bunday ob-havoda o'ynash juda ham og'ir, juda vaqtli va issiq. Sizlar Olmaliqqa kelinglar lampa beraman, shunda kechroq o'ynaysizlar. Birinchi bo'lim oxirida qandaydir 10 daqiqa ichida 4ta gol urildi. Zaxiradan Omonovni tushurdim, shundan keyin ko'proq imkoniyatlar yaratildi".
"Murzoevning o'yinidan qoniqqanimda u "Olmaliq"da o'ynayotgan bo'lardi. U tajribali futbolchi, ko'proq o'ynashni istadi va ketishni istadi. Yangilarga kelsak SHog'ulomov jamoamizga qo'shilmoqda. Bu yigitda o'ynashga chanqoqlik bor, bu eng muhimi. Alisherni olimpiya termasiga chaqirishsa ham ajablanmayman", - deydi SHkvirin.
Fikrlar