So’nggi yangiliklar

15:48"Арсенал" янги меҳмон либосини тақдим этди  1 15:25"Страсбур" "Челси" ҳимоячисини ижарага олади  0 15:04Аббос Файзуллаев фаолиятини Туркияда давом эттиради  18 14:47Ўзбекистон U-17 терма жамоаси бош мураббийи йиғинни тарк этди  2 14:30Лёв кутиб турсин (мутолаа учун)  20 14:09"Тоттенхэм" янги бош мураббийи: "Ваъда бераманки, биз албатта ўйинларда ютқазамиз"  5 13:41"Бухоро" етакчиларидан бири билан битимни бекор қилди  4 13:28Погба: "Рэшфорднинг "Барселона"га ўтиши – ақлсизлик, МЮ ажойиб ўйинчини йўқотмоқда"  8 12:59"Like Сup"да финалчилар маълум бўлди  0 12:49Пол Гаскойнни ҳушсиз ҳолда топишди  1 12:20Ўзбекистон U-23 терма жамоаси Саудия Арабистонига қарши қандай либосда майдонга тушиши маълум  0 12:00Камолиддин Мурзоев: "У яна топ-5га қайта олади, Шомуродов-Файзуллаев тандемидан ўзбек футболи ва терма жамоа ютади"  8 11:31"Рома" "Ланс" футболчисини сотиб олди  0 11:14Суперлига. Ёзги трансферлар барчаси битта саҳифада. Кимда қандай ўзгариш?  16 11:05ПСЖ бош мураббийига “Реал“ футболчиси керак  2

Igor Sergeev: “Yangi murabbiyga men o'ynay olishim va gol ura olishimni isbotlayman” Yangiliklar

Igor Sergeev: “Yangi murabbiyga men o'ynay olishim va gol ura olishimni isbotlayman”

Kecha Toshkentning “Paxtakor” klubi safarda “Olmaliq” jamoasiga 0:2 hisobida imkoniyatni boy berdi.

Ushbu uchrashuvdan so'ng “sherlar” jamoasi futbolchisi Igor Sergeev savollarimizga javob berdi.


-  Uchrashuv “Paxtakor” uchun qanday o'tdi?

-  “Olmaliq” jamoasiga qarshi qiyin uchrashuvni o'tkazdik. Raqiblarimizda 2ta vaziyat bo'ldi va ulardan 100 foiz foydalanishdi. Mag'lub bo'lganimiz juda ham alamli.

-  Mag'lubiyatga nima sabab bo'ldi?

-  Nima sababdan mag'lub bo'ldik bilmayman. Bu futbol. Butun o'yinni oladigan bo'lsak, yaratilgan imkoniyatlarni golga aylantira olmasang va raqib jamoa 2ta vaziyatdan gol urib ketsa albatta alam qiladi. Qaerdadir xato qilgandirmiz qaerdadir bir necha daqiqaga xotirjamlikka berilgandurmiz. SHuning hisobiga o'yindagi yomon natija qayd etdik.

-  Birinchi davra yakunlanishiga 2ta tur qoldi. Mavsum avvalida jarohat olgandingiz lekin hozir to'liq 90 daqiqa maydonda to'p tepyabsiz. Birinchi davrada 1ta gol hujumchi uchun uyat emasmi?

-  Birinchi davrada birinchi uchrashuvda jarohat oldim. Uzoq vaqt jarohatimni tiklash bilan mashg'ul bo'ldim. Hozir esa o'z sport formamga kirib olish uchun tinmay mashg'ulot o'tkazyapman. Barcha muxlislar Sergeev sharmanda “Paxtakor” sharmanda deya tanqid toshlarini otishmoqda. Ikkinchi davrada ko'ramiz kim sharmanda kim sharmanda emas.

-  Bilamizki jamoada katta o'zgarishlar amalga oshirildi. Odatda jamoa katta o'zgarishlar bo'lgandan so'ng klubda ancha yildan beri to'p tepib kelayotgan futbolchilarning kelgusi taqdiri qanday bo'lishi nomalum. Jamoaga hujumchilar taklif etilsa sizni qo'yib yuborishlari mumkin. Bundan havotirda emasmisiz?

-  Hech qanday qo'rqinchli joyi yo'q. Yangi murabbiyga men o'ynay olishim va gol ura olishimni isbotlayman.

-  Bilamizki “Paxtakor” faqat chempionlik uchun kurash olib boradi. Hozir turnir jadvalida o'ziga yarashmagan o'rinda yuribdi. Bunga qanday fikr bildirasiz?

-  Bu futbol, futbolda shunaqasi ham bo'lib turadi. Nima endi biz quyi pog'onalarda yuribmiz deb tashlab qo'yaylikmi? Yo'q, bunday vaziyat bo'lib turadi. Xatolarimiz bor edi mag'lubiyatga uchradik. Men boshimni baland ko'targan holda g'ururlanib xatolarimni tan olaman. O'yindan keyin bir joyga borib yig'lab o'tirish bunga sabab bo'la olmaydi. Biz yanada ko'proq o'z ustimizda ishlab nimalarga qodir ekanligimizni ko'rsatib qo'yishimiz kerak.


Jahongir Sotvoldiev suhbatlashdi


Reyting: -176   

Fikrlar

championat.asia
< so’nggi yangiliklarni ko’rish
Яндекс.Метрика