Igor Sergeev: "Yakuniy natijani inobatga olmaganda, yaxshi o'yin bo'ldi"
14 apr 12:50
Yangiliklar


Igor Sergeev: "Yakuniy natijani inobatga olmaganda, yaxshi o'yin bo'ldi"
Superliganing 5-turidan o'rin olgan "Paxtakor" – "Andijon" (2:3) uchrashuvidan so'ng mezbonlar hujumchisi Igor Sergeev o'z fikrlari bilan o'rtoqlashdi.
"Yakuniy natijani inobatga olmaganda, yaxshi o'yin bo'ldi. O'tgan o'yinlar haqida gapirishni istamayman. Bugun yaxshi o'ynadik. Standart vaziyatlarda ikkita xatoga yo'l qo'ydik va ular halokatli oqibatlarga olib keldi. Umuman olganda, biz yaxshi o'ynadik.
Ha, xatolarga yo'l qo'ydik, lekin bugun shiddatli va qiziqarli o'yin bo'ldi, buni tan olish kerak. O'ylaymanki, muxlislarga ham o'yin manzur bo'ldi, natijadan tashqari albatta. Shunday hisobda yutqazish, albatta, achinarli va afsuslanarli hol. Nima qilish kerak? Harakat qilamiz, kamchiliklarni tuzatib, oldinga qadam tashlaymiz va keyingi o'yinlarda imkon boricha bor kuchimizni sarflaymiz", dedi 31 yoshli futbolchi.
O’xshash yangiliklar

Fikrlar