Igor Sergeev: "Hakam g'ildiragimizga cho'p tiqdi"
13 jan 2016 23:49
Yangiliklar


Igor Sergeev: "Hakam g'ildiragimizga cho'p tiqdi"
O'zbekiston olimpiya terma jamoasi hujumchisi Igor Sergeev Janubiy Koreyaga qarshi o'yindan so'ng o'z fikrlarini bildirdi.
"Agar o'ziga ishonchi bo'lmasa penalti belgilamagan maqul. Hakam bugun kutilmagan penalti belgiladi. Qisqa qilib aytganda u g'ildiragimizga cho'p tiqdi. O'zimda ham qulay imkoniyat bo'ldi, afsuski gol ura olmadim.
Bugungi mag'lubiyat keyingi o'yinga tasir qilmaydimi? Albatta tasir qiladi. Barcha yigitlarning sportcha g'azabi qaynamoqda. Biz endi yanada kuchliroq tayyorgarlik ko'ramiz. Guruhdan chiqishga harakat qilamiz", - deydi Igor Sergeev.
O’xshash yangiliklar

Fikrlar