So’nggi yangiliklar

20:27Александр Хомяков: "Раҳбарият янги мутахассис излаётган экан, демак улар мендан мамнун эмас"  0 20:13"Ланс" — "Марсель". Ҳусанов дисквалификация сабаб ўйинни ўтказиб юборади  1 19:44"Арсенал" - "Ноттингем Форест". Таркиблар билан танишинг  0 19:35"Челси" ғалаба қозонди ва жадвалда 3-ўринга чиқиб олди  1 19:27Илёс Зейтуллаев: "Йигитлар сўнгги учрашувларда асосий ва захира деган тушунчалар йўқлигини тушунишди"  1 19:21Суперлига. "Андижон" "Динамо"ни йирик ҳисобда мағлуб этди ва Суперлигада ўрнини сақлаб қолди  13 19:09Денис Коростиченко: "Бунёдкор" захираси бизникидан кучлироқ экан"  0 18:47Туркия. Алиқулов жамоаси иродали ғалабага эришди  0 18:20"Ростов" сўнгги 15 дақиқаликдаги 2та гол туфайли ЦСКАдан ғалабани юлиб олди  7 18:00"Севинч" - 14 карра Ўзбекистон Кубоги соҳиби!  3 17:42"Матч ТВ" графика оператори ишсиз қолди. Нега?  7 17:07Суперлига. "Бунёдкор" "Олимпик"ни мағлуб этди ва хавфли зонадан узоқлашди  1 16:10МЮдагилар ёзда 42,5 млн. еврога сотиб олинган футболчига шубҳа билан қарашмоқда  0 15:43ЦСКА - "Ростов". Таркиблар эълон қилинди  7 14:48Гвардиола: "Манчестер Сити"га дунёнинг энг яхши футболчиси етишмаяпти"  18

Igor Sergeev: "CHempionlik quvonchi hammasidan zavqlidir" Yangiliklar

Igor Sergeev: "CHempionlik quvonchi hammasidan zavqlidir"

Jamoamiz hujumchisi Igor Sergeev bilan "Futbol Ekspress" gazetasi uchun uyushtirilgan intervyuni etiboringizga taqdim etamiz.
- Igor, qo'lga kiritilgan chempionlik bilan tabriklaymiz.

- Rahmat.

- “Buxoro” bilan bo'lgan o'yindan keyin nimalarni his qildingiz?

- Albatta, chempion bo'lish juda quvonchli va hamma narsadan zavqlidir. Tabiiyki, “Buxoro” bilan o'yin yakunlangach, quvonchilarimiz cheksiz edi. CHunki yil davomida qilgan mexnatimizning samarasini ko'rdik. Albatta, bunga osonlikcha erishganimiz yo'q.

- Yil boshida chempionlikka asosiy davogarlar “Lokomotiv” bilan “Bunyodkor” bo'lgandi. Mavsum boshida chempion bo'lishga qay darajada ishongandinglar?

- Agar ishonch bo'lmasa, hech nimaga erishib bo'lmaydi. Darhaqiqat “Lokomotiv”, “Bunyodkor” va “Nasaf” tarkib jihatdan kuchli jamoalar va biz har bir raqibimizning hurmat qilamiz. Ammo har bir jamoaning o'z oldiga qo'ygan vazifasi bor. Raqiblarimizdan kuchsiz emasdik. Tajribali va yoshlardan iborat yaxshi tarkibga egamiz. Bundan tashqari “Paxtakor” har doim o'z oldiga maksimal vazifalar qo'yadi va oltin medallar va kubok uchun kurashadi. CHempionlikdan tashqari boshqa o'rinlar “Paxtakor”ga yarashmaydi. To'g'ri, kubokda omadimiz chopmadi. SHunga qaramay chempionatda o'z maqsadimizga erishdik.

- “Lokomotiv” bilan bo'lgan bahs hal qiluvchi o'yin bo'ldimi? Derbidagi g'alabadan keyin chempion bo'lishinglarga to'la ishonch hosil qildinglarmi?


- Ha, “Lokomotiv”ga qarshi bellashuvda ko'p narsaga oydinlik kiritib qo'ydik. SHu kuni raqibimizga nisbatan juda yaxshi o'yin namoyish etib haqli g'alabaga erishdik. Stadionga kelgan muxlislar chiroyli o'yin guvohiga aylanishdi va bizni munosib tarzda qo'llab-quvvatlashdi. Lekin “Lokomotiv”ni yutganimiz bilan hali chempion emasdik va xotirjamlikka berilmadik.

- CHempionlikka asosiy davogar sifatida etirof etilgan “Lokomotiv”ni nimaning hisobiga mag'lubiyatga uchrata oldinglar?

- Bu borada aniq bir nima deyish qiyin. Mening nazarimda, katta ishtiyoq hamda g'alabani juda xohlaganimiz evaziga yutdik deb o'ylayman. Bundan tashqari o'yinga puxta tayyorgarlik ko'rganimiz va raqibni har taraflama yaxshi o'rganganimiz ham o'z samarasini berdi. Hal qiluvchi bo'lgani uchun bar yoki kafelarda o'tirmay, kecha-yu kunduz faqat mana shu o'yinni o'yladik. Bor etiborni mana shu derbiga qaratishimizda murabbiylarimizning ham hissasi katta bo'ldi. G'alabani qattiq xohlaganimiz uchun ham omad bizga kulib boqdi.

- Ikkinchi davrada jamoangiz yo'qotishlarsiz o'tkazdi. Etiborlisi, so'nggi yillarda “Paxtakor” ikkinchi davrani juda yaxshi o'tkazmoqda. Sizningcha bu nima bilan bog'liq?

- Birinchi davrani ham yomon o'tkazganimiz yo'q. Faqat uch o'yinda durang qayd etib, mag'lubiyatga uchramadik. Bu uchrashuvlarda durang qayd etilishiga ham o'zimiz sababchimiz. Masalan, Buxoroda juda ko'plab vaziyatlardan foydalana olmadik. Qarshida g'alaba qozona turib ayrim vaziyatlarda o'zimiz xotirjamlikka berilganimiz bois “Nasaf” bilan durang o'ynadik. “Lokomotiv” bilan bo'lgan uyimizdagi bahsda o'zimizning aybimiz tufayli durangga erishdik. Mana shu o'yinlardagi xatolarimizni tahlil qilib, kamchiliklarni bartaraf etish ustida ishladik. SHuning uchun ikkinchi davrada bu xatolarni takrorlamadik.

- CHempionlik yo'lida qaysi uchrashuv sizlar uchun og'ir kechdi deb o'ylaysiz?

- Barcha o'yinlar oson o'tgani yo'q. “Paxtakor”ga qarshi hamma jamoa g'alaba qozonish maqsadida maydonga tushadi. Agar viloyatlarga boradigan bo'lsak, stadion muxlislar bilan to'lib toshadi. Ajoyib muhitda har qanday futbolchi ishtiyoq bilan o'ynashga harakat qiladi. Agar jamoasi “Paxtakor”ni yutadigan bo'lsa, muxlislar uchun haqiqiy bayramga aylanadi. SHu bois bunday holatlarda bizga oson bo'lmaydi va har bir uchrashuv bizga qiyinchilik tug'diradi.

- Bu bilan ikkinchi marta O'zbekiston chempion bo'ldingizmi?


- Ha, shunday. Ammo 2012 yili asosiy tarkibda ko'p o'ynamaganman. Ko'pincha zaxiradan o'yinga qo'shilardim. Bu yil esa jamoaning asosiy o'yinchisi bo'lib chempionlikka erishdim.

- Yakunlanib borayotgan mavsumdan ko'nglingiz to'ldi, desak bo'laveradimi?


- Professional nuqtai nazaridan olib aytadigan bo'lsak, chempion bo'lib oldimizdagi vazifani bajardik. Bu jihatdan albatta xursandman va mavsum qoniqarli o'tdi deyishim mumkin. Lekin xato va kamchiliklar yo'q emas. Gol urishim kerak bo'lgan vaziyatlardan foydalana olmagan o'yinlar ham bo'ldi. Muhimi, chempionatni muvaffaqiyatli yakunladik.

- Savel Babayanni rahbar sifatida ko'rishga odatlanganmiz. Ammo u bu yil bosh murabbiy vazifasini ham bajardi. Babayan bosh murabbiy sifatida qanday taassurot qoldirdi?


- O'z jamoasini chempion qilgan murabbiyning ishiga qanday baho berish mumkin? Samvel Vyacheslavlevich necha yillardan beri futbol ichida. SHuning uchun bu insonga murabbiymi yoki menejerlikmi farqi yo'q. CHunki u o'z ishini juda yaxshi biladi. Samvel Vyacheslavlevich ko'plab murabbiylarni ko'rgan, shu bilan birga unda Pro licenziyasi ham bor. Eng asosiysi futbolchilarni ruhlantira oladi. Misol uchun “Lokomotiv”ni yutib vazifani deyarli hal qilgan bo'lsak-da, hali chempion emasmiz va xotirjamlikka berilmasligimizni barchamizga uqtirdi. “Buxoro” bilan o'yinda yirik hisobda g'alaba qozonayotgan bo'lsak ham hakamning hushtagi chalinguniga qadar bor kuchimizni berib kurashdik. CHunki murabbiyimiz bizdan shuni talab qildi. Bu inson boshchiligida chempion bo'lganimizdan xursandmiz.

- 21 yoshingizda ikki karra mamlakat chempion bo'ldingiz. Yoshlar o'rtasida Osiyo va jahon chempionatlarida to'p surdingiz. Endigi maqsadlaringiz qanday?

- Har bir inson faqat oldinga qarab qadam tashlashni xohlaydi. Qolaversa, chempion bo'lgan futbolchi doim shu darajada qolishni istaydi. Jamoam bilan doim yuqorida yurish niyatadaman. Keyingi mavsumda “Paxtakor”da yanada jiddiy vazifalar bo'ladi. Bir yillik tanaffusdan so'ng yana Osiyo CHempionlar ligasida to'p suramiz. OCHLda ham finalda o'ynashni xohlaymiz. SHuningdek, chempionlik va kubok “Paxtakor”ni doimgidek asosiy maqsadi bo'lib qoladi. Albatta, har qanday futbolchi xorijda ham to'p surishni orzu qiladi. Lekin hech kim kelajagini oldindan bilmaydi. Agar chetda o'ynashga tayyor bo'lsam “Paxtakor” ketishimga qarshilik qilmaydi. Xorijga chiqishga tayyor bo'lmasam jamoada qolib o'z ustimda ishlashda davom etaman. Buni vaqt ko'rsatadi.

- CHetga chiqishga hali erta deb hisoblaysizmi?

- Bilmadim. Balki hali ertadir yoki vaqti kelgandir. Lekin yana qaytarib aytaman, men “Paxtakor” o'yinchisiman va taqdirim shu jamoaga bog'liq.
Reyting:    

Fikrlar

championat.asia
< so’nggi yangiliklarni ko’rish
Яндекс.Метрика