Igor Sergeev Burak Yilmaz bilan bir jamoada o'ynaydi
06 iyu 2016 10:35
Yangiliklar
Igor Sergeev Burak Yilmaz bilan bir jamoada o'ynaydi
Tasdiqlanmagan malumotlarga ko'ra, Sergeev olti oylik ijara asosida yangi klubi bilan shartnoma imzolagan. Agar mana shu olti oy ichida hujumchi o'zini ko'rsata olsa, shartnoma muddati uzaytirilishi mumkin.
Xitoy chempionatida ham xuddi bizdagi kabi 16ta jamoa ishtirok etadi va musobaqa Superliga deb nomlanadi. Sergeev ko'chib o'tgan "Beyjing Goan" 15ta uchrashuvda 20 ochko to'plagan holda 8-o'rinni egallab turibdi. Jamoa navbatdagi turni o'z maydonida 9 iyul kuni "Tiyanjin Teda"ga qarshi o'tkazadi. Mana shu o'yinda Sergeev o'z debyutini nishonlashi mumkin.
Muxlislarimizga yaxshi malum, mazkur klubda yana bir hamyurtimiz Egor Krimec ham faoliyat olib bormoqda. Endilikda Igor Sergeev ham shu jamoada o'zini sinab ko'radi. Yana bir malumot shuki, "Beyjing Goan"ning hujum chizig'ida turkiyalik hujumchi Burak Yilmaz to'p tepadi. Sergeev asosiy tarkibga kirish uchun jiddiy kurash olib borishiga to'g'ri keladi yoki bo'lmasa ikkalasi tandem sifatida harakat qiladi.
O’xshash yangiliklar
championat.asia
Ла Лига. "Реал Мадрид" ўз уйида "Реал Бетис"га 5 та гол урди
АПЛ. "Ман Сити" "Челси"га қарши ўйинда 90+4 дақиқада тўп ўтказиб юборди ва ғалабани бой берди, Ҳусанов 51-дақиқада захирадан ўйинга қўшилди
Ла Лига. "Барселона" сўнгги дақиқалардаги иккита гол эвазига "Эспаньол"ни мағлуб этди
Breaking! Бозоров, Алибоев, Рўзиев ва Холмуродов терма жамоадан чақирув олди
Fikrlar