Igor Mixaylov “So'g'diyona” da ish boshladi
30 iyu 2017 07:35
Yangiliklar
Igor Mixaylov “So'g'diyona” da ish boshladi
Malum qilganimizdek,birinchi davra yakunida jamoa darvozabonlar murabbiyi SHavkat Abduxo'jaev istefoga chiqarilgan edi.
Bugun jamoada darvozabonlar murabbiyi Igor Mixaylov ish boshladi. Ushbu murabbiy 1980 yil 24 fevralda tug'ilgan. Futbolchilik faoliyati davomida u Toshkent viloyatining “Do'stlik” ,Qozog'istonning “Taraz”,Samarqandning “Dinamo”, Navoiyning “Qizilqum”, Andijonning “Andijon” klublarida darvozalar daxlsizligini himoya qilgan. Murabbiy sifatida “Obod” klubida darvozabonlar murabbiyi sifatida faoliyat olib borgan. Bugun Igor Mixaylov “So'g'diyona” ning kechki mashg'ulotlariga qo'shildi. Biz yangi murabbiyga jamoamiz ravnaqiga o'z hissasini qo'shishida,kuch- quvvat va omad yor bo'lishini tilaymiz.
“So'g'diyona” matbuot xizmati

O’xshash yangiliklar
championat.asia
Ўзбекистон U-23 терма жамоаси мусобақани ғалаба билан бошланди. Стартда Ливанни енгдик
Алижонов "Пахтакор"да қолиш учун йирик битимни рад этди
Тезкор хабар! Рубен Аморим МЮдан кетди
Расман: Шерзод Насруллаев — "Пахтакор" аъзоси!
Fikrlar