So’nggi yangiliklar

20:21Фабио Каннаваро ЦСКА бош мураббийига айланиши мумкин  1 19:51"Манчестер Сити" - "Видад Касабланка". Таркиблар маълум  13 19:30Ўзбекистон Кубоги. "Қўқон-1912" – "Бунёдкор", "Шўртан" – "Арал"  1 19:28Ичкарида ким ўтирибди? Ўқитувчилар? Чиқар ҳаммасини ташқарига!   1 19:22"Арсенал" Родриго билан боғланди. "Реал" вингер учун 90 миллион евро сўраяпти  1 18:4059 ёшли дунёнинг энг кекса профессионал футболчиси билан интервью: "Ўзимга чеклов қўймайман"  0 18:03Капелло: "Бу Италия терма жамоасида "дух" йўқ"  2 17:33Расман: Жоан Гарсия - "Барселона" футболчиси  11 17:04Афғонистон Россияга ўртоқлик учрашуви ўтказишни таклиф қилди  8 16:32Қасим-Жомарт Тоқаев Шавкат Мирзиёевни миллий жамоа жаҳон чемпионатига чиққани билан табриклади  4 16:15Эрон билан можаро туфайли легионерлар Исроил клубларини ортиқча шартларсиз тарк этиши мумкин  6 15:55Жоан Гарсия "Барселона"га ўтиш учун ўз шартномасини сотиб олди  2 15:18Клублар ўртасидаги ЖЧ учрашувига уч минг мухлис келди. Бу турнирдаги энг ёмон натижа  7 15:12ВАР ва АВАР ҳакамлари учун ФИФА семинари бўлиб ўтади  1 14:57"Манчестер Сити"га янги сардор тайинланди  5

Igor Kruishenko: “O'zbekistonda ishlash menga yoqardi” Yangiliklar

Igor Kruishenko: “O'zbekistonda ishlash menga yoqardi”

CHempionatimizda bir qator xorijlik murabbiylar ishlashdi. Har kim o'zidan turlicha taassurot qoldirdi.
Ularnig orasida belorussiyalik Igor Kriushenkoni alohida ajratib ko'rsatsa arziydi. Uni 2012 yili “SHo'rtan”ga taklif qilishdi. Ammo mutaxassis G'uzorda faqat yarim mavsumgina faoliyat olib bordi xolos. Ammo shu vaqt davomida u o'zidan ijobiy taassurot qoldirgandi.

Ayniqsa, futbolchilar bilan qanday til topishishni yaxshi bilardi. Uning jamoasi evropacha futbol namoyish etishni boshlagandi. O'sha paytda uning qo'li ostida to'p surgan har bir o'yinchi Kriushenko haqida yaxshi gaplarni aytib yurishadi. Belorussiyalik murabbiy ayni paytda o'z yurtida “Torpedo BelAZ” klubini boshqarib kelmoqda. Uning jamoasi kuchli oltilikdan joy olib “A” guruh azosiga aylandi. Kriushenko faoliyati mobaynida “BATE”, Minskning “Dinamo” kabi jamoalarni ham boshqargan. SHuningdek, Rossiyaning “Sibir” klubida ham muvaffaqiyatli ish olib borgan. Klubni premer-ligasiga olib chiqdi. Keyin Rossiya Kubogi finaligacha etib kelishdi va bu orqali UEFA Kubogi saralashida ishtirok etishdi. 2012 yilning ikkinchi yarmidan beri Jodinoning “Torpedo BelAZ” klubiga bosh murabbiylik qilib kelmoqda. U bilan bog'lanib ayrim savollarimizga javob olishga muvaffaq bo'ldik.   

- Calom, Igor Nikolaevich! Biz O'zbekistondan “Futbol Ekspress” gazetasidanmiz...
- Nahotki, O'zbekistondan! Ochig'i, xursand bo'ldim. Meni eslaganingiz uchun rahmat.

- Sizning “Torpedo BelAZ” jamoasiga ustozlik qilayotganingizdan xabardormiz. Hozirgi paytda u erdagi ishlaringiz qandan kechmoqda?
- Ha to'g'ri, chindan ham “Torpedo BelAZ” klubida ishlayapman. Bilasizmi, ayni paytda bizdagi klublar kuchli hamda kuchsiz toifalariga ajratilgan holda ikki guruhga bo'lingan. Men boshqarayotgan jamoa esa kuchli oltilikka kirishga muvaffaq bo'ldi. Lekin hali qiladigan ishlarimiz ko'p. Sababi, oldinda yana ikki davradan iborat o'yinlar kutib turibdi.

- Tushunarli. Rahbariyat tomonidan oldingizga qanday vazifa qo'yilgan?
-  Muxlislarga yoqadigan o'yin ko'rsatish jamoamizning falsafasi hisoblanadi. Maqsadimiz jiddiy – medallar uchun kurashish. Bu yo'lda ishqibozlarga yoqadigan o'yin ko'rsatgan holda maqsadimizga erishmoqchimiz.

- Bu borada sizga omad tilaymiz!
- Rahmat!

- Igor Nikolaevich, O'zbekistondan ketganingizdan keyin faoliyatingizni yurtingizda davom ettirib kelyapsiz. Biz uchun qiziq bo'lgan tomoni shundaki, O'zbekiston va Belorussiya futboli va uning chempionatlari o'rtasidagi tafovutni qanchalik sezdingiz?
- (Biroz o'ylanib) Nazarimda sizning chempionatingizga qaraganda, Belorussiya chempionatining saviyasi balandroq deb o'ylayman. Yaxshilab o'ylab qarasam, ustunlik tomonlarini sezyapman. Ayni chog'da “BATE” bilan “Dinamo” chempionatda peshqadamlik qilib kelishyapti. SHuni alohida aytsam bo'ladi-ki, ikkala jamoa o'yin sifati va boshqa tomonlama raqiblarini ancha ortda qoldirishmoqda. Ular chinakam etakchilarga xos xususiyat bilan o'yin ko'rsatishyapti. Qolgan jamoalarimizni esa O'zbkistonning etakchi klublariga tenglashtirgan bo'lardim.

- Endi O'zbekistondagi faoliyatingizga to'xtalmoqchimiz. Afsuski, “SHo'rtan”da yarim mavsum ishladingiz xolos. SHunga qaramasdan u erdagi hayotingizni qanday xotirlaysiz?
- Hammasi yaxshi boshlangandi. “SHo'rtan” yomon jamoa emasdi. Murabbiy sifatida o'zimdan iliq taassurot qoldirishni istagandim. SHu maqsadda u erda yaxshi jamoani tuzgandik. Men uchun futbolchilar bilan ishlash hamda ularning ko'ngliga yo'l topish oson edi. Bu borada muammolarga duch kelmaganman. Lekin yoqimsiz tomoni shundaki, “SHo'rtan” mening va futbolchilarning oldidagi moliyaviy majburiyatlarini ijobiy tarzda echimini topmadi. Buning oqibatida G'uzordan ketishga majbur bo'ldim. Umuman olganda esa u erda ishlash menga yoqardi.

- Sizdan keyin klub inqirozga yuz tutdi. Natijada birinchi ligaga tushib ketdi. Bundan xabaringiz bormi?
- Ha, sobiq jamoamni biroz bo'lsa-da, kuzatib bordim. Baribir ishlagan klubim uchun befarq qarab tura olmasdim. Achinarlisi, “SHo'rtan” birinchi ligada qatnashmoqda. Darvoqe, eshitishimcha Muxtor Qurbonov bosh murabbiy ekanmi?

- Ha. Sizga aynan shu haqida savol bermoqchi bo'lib turgandim. U mavsum boshida bosh murabbiylikka tayinlandi.
- Men uni yaxshi bilaman. “SHo'rtan”da ishlagan paytimda menga yordam bergandi. Muxtor futbolni yaxshi tushunadi va uning muhitini his qilib ishlaydi. Uning boshchiligida yana oliy ligaga qaytsa bundan faqat xursand bo'laman. SHuning uchun “SHo'rtan”ga va Qurbonovga omad tilab qolaman.

- Igor Nikolaevich, siz uchun yana O'zbekistonda ishlash imkoniyati paydo bo'lsa, bunga qanday javob berardingiz?
- Yana yurtingizda ishlashim mumkin. Agarda o'z oldiga jiddiy vazifalarni qo'ya oladigan klub bo'lsa o'ylab ko'rardim. CHunki men aniq maqsad uchun kurashadigan klubda ishlashni yaxshi ko'raman.

- O'tgan vaqt davomida chempionatimizdan taklif bo'ldimi?
- “Torpedo BeLAZ” menga ishonch bildirgach butun etiborimni ushbu klubga qaratganman. O'zbekistondan menga taklif bo'lsa, o'sha klub yuqori o'rinlar uchun kurashadigan bo'lishi lozim, shundagina men tayyorman deb javob beraman. Qisqasi, ambicion jamoalardan tushadigan taklif men uchun doimo qiziqarlidir.

- Jamoangizda to'p surayotgan futbolchilardan biri – ukrainalik Sergey Docenko birinchi davrada “Andijon” sharafini himoya qildi. U “Torpedo BelAZ”ga qanday borib qoldi?
- Futbolda jarohatlardan qutulib bo'lmaydi. SHu nuqtai nazardan qaraganda, bizning ikki futbolchimiz turli jarohatlarga duchor bo'lib safdan chiqishdi. Tezda ularning o'rnini bosa oladigan o'yinchi kerak bo'lib qoldi. Natijada agentlar yordamida Sergey bilan bog'lanib uni jamoamizga taklif qildik. Keyin bilsam, birinchi davrada “Andijon”da o'ynagan ekan. Tabiiyki, Docenkoning hatti-harakatlarini obdon kuzatganimizdan so'ng shartnoma tuzdik va bu bilan to'g'ri qaror qabul qildik deb o'ylayman.

- Demak, O'zbekiston chempionatini kuzatishda davom etyapsiz. Bundan chiqdi, futbolimizga oid yana qanaqa malumotlarni ayta olasiz?
- Sizlarda chempionlik uchun kurash rosa qiziyapti. Bungacha “Lokomotiv” birinchi o'rinda borayotgandi. “Paxtakor”da esa bitta zahira o'yini bor edi. Bilishimcha, ular o'sha qoldirilgan o'yinda yutib peshqadamga aylanib olibdi. Keyingi o'rinlarni “Bunyodkor” bilan “Nasaf” egallab turganidan ham xabarim bor. Bilasizmi, qaysi mamlakatda ishlasam, keyinchalik albatta o'sha erning futboli bilan qiziqib boraman. 

- Nima bo'lganda ham faoliyatingizga omad tilaymiz. Ishingiz tig'iz bo'lishiga qaramay, bizga vaqt ajratganingiz uchun minnatdormiz. So'nggi so'z o'rnida nima ayta olasiz?
- Siz bilan gaplashganimdan xursandman. Barcha o'zbekistonliklarga alangali salomimni etkazing. Muxlislarga sog'liq va omad tilayman. Men ularning stadionda futbolchilarni qanday qilib qo'llab-quvvatlaganliklarini ko'rganman. Ishqibozlar har doim o'z jamoasini birdek olqishlab turishini istayman. Yurtingizda futbolning rivojlanib borayotganini ko'rib quvonganman. 


FIRDAVSXON suhbatlashdi.
Reyting:    

Fikrlar

championat.asia
< so’nggi yangiliklarni ko’rish
Яндекс.Метрика