So’nggi yangiliklar

01:25Дилшод Раҳматов: "Гватемала бизга сўнгги сониягача курашиш кераклигини ўргатди. Мураббийларимиз яхши маънода жуда қаттиққўл"  0 00:53Париж-2024. Япония ва Ироқ ўз учрашувларида ғалаба қозонишди  5 00:50Хосе Венансио Лопес: "Бизга барқарорлик етишмаяпти. Ушбу муаммога имкон қадар тезроқ ечим топишимиз керак"  0 00:26Расман: Саидазамат Мирсаидов - “Навбаҳор” футболчиси!  3 23:53Тимур Кападзе: "Жамоа ўйинидан қониқдим. Рақибимиз дунёнинг энг кучли жамоаларидан бири эди"  24 23:34Расман: Санжар Қувватов "Навбаҳор" билан шартнома имзолади  3 23:17"Ҳаётим давомида бунақа циркни кўрмаганман" – Хавьер Маскерано  19 23:10Париж-2024. Аргентина - Марокаш 1:2, Аргентинанинг сўнги дақиқада урган голи ҳисобга олинмади  1 23:03Расман: Сардор Рашидов – "Навбаҳор" футболчиси!  18 22:50Париж-2024. Ўзбекистон - Испания 1:2, Шомуродов тарихий гол урди, Нематов пенальтини қайтарди  5 22:40Қандай қилиб?! Аргентинанинг 90+16-дақиқа урган голи икки соат ўтиб бекор қилинди. Марокаш ғалаба қозонди!  19 22:14Париж-2024. Миср ва Доминикан ўртасидаги ўйинда Ўзбекистон учун қулай ҳисоб қайд этилди  9 22:05"Mirabror Usmanov Cup-2024". Муросасиз кечган финалда Ўзбекистон Гватемалани мағлуб этди ва мусобақа ғолибига айланди  4 21:43Расман: "Насаф" грузиялик легионери билан шартномани бекор қилди  8 21:06Элдор Шомуродов: "Испанияни мағлуб эта олмаган бўлсак ҳам, ёмон ўйнамадик"  54

Igor Kriushenko "SHo'rtan"dan 95 ming AQSH dollarini undirishiga ishonadi Yangiliklar

Igor Kriushenko "SHo'rtan"dan 95 ming AQSH dollarini undirishiga ishonadi

Oxirgi paytlarda “SHo'rtan” klubi atrofida yuz berayotgan muammoli vaziyatlardan xabaringiz bo'lsa kerak.

Bu klub ko'pchilikdan qarzdorligi mavjud ekanligi borgan sari ayon bo'lib bormoqda. Yaqinda xabar berilganidek, “SHo'rtan”dan haqdorlar orasida belorussiyalik murabbiy Igor Kriushenko ham bor. 2012 yilgi mavsumda bir davra davomida jamoani boshqargan tajribali mutaxassis bugungi kunda Belorussiya milliy terma jamoasiga ustozlik qilib kelmoqda. Yaqinda uning klub ustidan FIFAga arz qilganligi malum bo'ldi va unga ko'ra 95 ming AQSH dollari miqdoridagi pulini talab qilmoqda. Bu borada “SHo'rtan” klubi mutasaddilarining fikrlari tinglangandi. Albatta, endi Krishuenkoning ham munosabatini bilishimiz zarur edi. SHu sababli ushbu mutaxassis bilan bog'lanishga qaror qildik. Suhbatimizni esa dabdurustdan mavjud muammodan boshlab, uning kayfiyatini buzmaslikka harakat qildik va dastlab o'zi, terma jamoadagi faoliyati haqidagi savollarni o'rtaga tashladik.

-   Igor Nikolaevich, oxirgi paytlarda qanday ishlar bilan mashg'ulsiz?
-   Belorussiya terma jamoasiga ustozlik qilmoqdaman. Telefon raqamimni qidirib topib, men bilan aloqaga chiqqaningiz uchun rahmat aytmoqchiman. To'g'risi, o'zim juda yoqtirib qolgan O'zbekistondan qo'ng'iroq bo'lishini kutmagandim.

-   Bilasiz-ku, jurnalistlar har erda hozir-u, nozir bo'lishni yoqtirishadi. Ular bir ishga kirishdimi, oxiriga etkazmasdan qo'ymaydilar. Terma jamoadagi ishlaringiz yaxshimi?
-   Ha, yaxshi rahmat. Bunga qadar asosan oliy ligada ishlab kelayotgandim. Ammo terma jamoa ustozi Aleksandr Xackevich ishdan bo'shaganidan so'ng joriy yil martidan boshlab bu rolda ham faoliyat yuritib kelyapman. SHuningdek, oliy liga ishtirokchilaridan biri sanaladigan “Torpedo-BelAZ” klubini ham bir paytda boshqaryapman. Aytishim kerakki, klub bilan tuzgan shartnomam mavsum oxiriga qadar amalda bo'ladi. SHundan so'ng hammasini muhokama qilib olamiz.


-    Belorussiya futbol federaciyasi rahbariyati milliy terma jamoada olib borayotgan ishingizdan qoniqish hosil qilyaptimi?
-   Menimcha, ishim yuzasidan hozircha hech qanday etiroz yo'q. Aks holda terma jamoada ishlamayotgan bo'lardim. Albatta, mamlakatning bosh jamoasiga ustozlik qilish kishi zimmasiga juda katta masuliyat yuklaydi. Qolaversa, termada amalga oshirish kerak bo'lgan ishlar talaygina. Asosiysi, hamjixatlikda olib borayotgan ishimiz natijalarda o'z aksini topmoqda. Biz JCH-2018 saralash bosqichida Bolgariya ustidan g'alaba qozondik. So'ngra o'rtoqlik maqomidagi uchrashuvda Yangi Zelandiya bilan durang o'ynadik. O'zingiz ko'rgan bo'lsangiz, Okeaniya mintaqasi chempioni yaqinda Rossiya mezbonlik qilgan Konfederaciyalar Kubogida qatnashdi.

-   O'zbekistondagi faoliyatingizni qanday eslaysiz?
-   Faqat ijobiy fikrlarni bildirishim mumkin. O'zbekistonda ishlash menga yoqdi. Faqat shunisi biroz alam qiladiki, yurtingizdagi faoliyatim uzoq davom etmadi. Lekin atigi yarim yil ishlagan bo'lsam-da, O'zbekistonni juda yoqtirib qolgandim. Ayniqsa, xalqingizning mehmondo'stligi va samimiyligi meni o'ziga rom etib qo'ygandi.

-   Yurtimiz haqidagi iliq fikrlaringiz uchun tashakkur. O'zbekiston terma jamoasi haqidagi fikringiz qanday? Agar imkoni tug'ilsa, o'rtoqlik maqomida biz bilan bellashgan bo'larmidingiz?
-   Bajonidil bunday taklifga rozi bo'lardim. Axir yurtingizning bosh jamoasi har qanday raqib bilan bellasha oladi. Bejizga O'zbekiston terma jamoasi FIFA reytingida ham aksariyat termalardan farqli o'laroq, yaxshi o'rinlardan birini egallab kelmayapti. O'zbek futbolchilari o'z ishining haqiqiy professionallaridir.

-   Aslida O'zbekistonga kelishingiz qanday amalga oshgandi? Sizni kim taklif etgan?
-   Endi bu tarix. Boz ustiga oradan ancha vaqt o'tdi. Albatta, taklif klubdagilar tomonidan yuborilgandi. Albatta, ish yakunida biroz dilni xira qiladigan holat yuzaga kelgan. Ammo bu unchalik muhim emas. Fursatdan foydalangan holda “SHo'rtan” va o'zbek futboliga faqat omad tilab qolaman.

-    “SHo'rtan”dagi ishingiz uchun ololmay qolgan xizmat haqingizni undirish maqsadida FIFAga arz qilganingiz xususidagi malumotlar haqiqatga qanchalik yaqin?
-   “SHo'rtan”dagilar bilan bu masala yuzasidan yakuniy xulosaga kelib, hammasini muhokama qilib oldik. Umid qilamanki, tez orada barcha muammolar barham topadi. Xujjatlar bilan bog'liq masala hal bo'lgan, biz do'stona bitim tuzdik.  

-   FIFAga yozgan arznomangizda qarzingizni undirib berishda yordam ko'rsatishni so'ragansiz. 95 ming AQSH dollarini undirishga ishonasizmi?
-   FIFA aralashuvidan so'ng biroz muddat o'rtada tushunmovchilik yuzaga kelgandi. Lekin yakunda hammasini kelishib oldik. Qarzni qistayverib, klubni qiyin ahvolga tushirib qo'ymoqchi emasmiz. Biroz sabr qilishimizga to'g'ri keladi. O'ylaymanki, do'stona bitim tuzganimizdan keyin hammasi ijobiy yakunlanadi.


-   Umuman olganda, “SHo'rtan”ning sizdan 95 ming dollar qarzdor ekanligi rostmi?
-   Ochig'i, bunday malumotlar o'rtamizda qolishiga kelishib olgandik. CHunki hammasini oshkor etish mumkin bo'lmagan jihatlar ham bo'ladi. O'ylaymanki, klub va uning homiysi hisoblanadigan zavod mutasaddilari hamma majburiyatni oxirigacha bajaradilar. Axir men yuqorida bu xususida do'stona bitim imzolaganimizni bejiz takrorlab kelmayapman. “SHo'rtan” klubi, O'FF hammasini ijobiy hal etishidan umid qilib qolamiz. O'z navbatida biz bu masalani boshqatdan ko'tarmaslikka qaror qilganmiz.

-   Yaqinda “SHo'rtan” Urosh Miloslavlevichning maoshidan bo'lgan 13 ming dollarga teng qarzni to'ladi. SHundan kelib chiqqan holda aytadigan bo'lsak, sizdan bo'lgan qarz ham tez orada qoplansa kerak. Miloslavlevich bilan yuzaga kelgan holatdan xabaringiz bormidi?
-   Aftidan, uning klub bilan o'ziga yarasha, bizning esa shunga loyiq aloqalarimiz borga o'xshaydi. Yana qaytaraman: klub bilan bu xususida tinchlik bitimini imzolaganmiz. Agar FIFA o'sha arznomaga binoan ish ko'rganida “SHo'rtan”ning juda mushkul ahvolga tushib qolishi tayin edi. Biz berilgan vada amalga oshirilgunga qadar kutishga qaror qilganmiz. Biz klubga ishonamiz. Yana bir bor etirof qilib o'tishimga to'g'ri keladi: O'zbekistonni, uning xalqini juda yoqtirib qolganman. Yurtingizdagi oz muddatli faoliyatim davomida menda faqat iliq taassurotlar qolgan xolos. Moliyaviy masala bilan bog'liq muammolar albatta o'z echimini topishidan umid qilaman.

-   Oxirgi paytlarda “SHo'rtan”da murabbiylar tez-tez almashayotganidan xabaringiz bormi? Bundan tashqari, rahbariyat va o'yinchilar borasida ham o'zgarishlar yuz bermoqda. Umuman, bu haqida nimalarni bilasiz? Klub bilan bog'lanadigan odamingiz bormi?
-   Bilasizmi, bu borada bog'lanib turadigan advokatlar bor. Agar men bilan bog'lanishni istaydiganlar bo'lsa, advokatlarim yordamida shu ishni bemalol amalga oshirishlari mumkin. Yaqinda klubning yangi direktori bilan shu masala yuzasidan gaplashdik. Dastlab bir-birimizni unchalik tushunmadik. Bundan xayron qolish kerak emas. CHunki u jamoada yangi odam. Lekin suhbat asnosida dastlabki tushunmovchilikdan asar qolmadi. Biz doim muloqot va o'zaro kelishuv borasidagi takliflarga tayyormiz.

-   Igor Nikolaevich, futboldan tashqari sportning yana qanday turlariga qiziqasiz?
-   (Kuladi) Juda yaxshi savol. Albatta, bolaligimdan birinchi navbatda futbolni yoqtirganman. Bo'sh paytlarimda kitob o'qish jonu dilim hisoblanardi. Bizning Belorussiyada sportning ko'plab turlari juda ommalashgan. Aksariyat do'stlarim qatori men ham futboldan tashqari sportning ommaviy turlariga qiziqardim. Lekin, baribir men uchun futbol birinchi o'rinda turgan. Qo'yib bersa, ertalabdan to kechga qadar to'p ortidan chopib charchamasdik.

-   Futbol orqali erishgan natijalaringizdan ko'nglingiz to'ladimi?
-   O'yinchi sifatidami yoki murabbiy sifatidagisini nazarda tutyapsizmi?

-   Birinchi navbatda murabbiy sifatidagisini nazarda tutyapman...
-   Aksariyat murabbiylar ortga nazar tashlashni xush ko'rmaydilar. Men ham shunday yo'l tutishga odatlanganman. Faqat oldinga intilishga harakat qilaman. Boz ustiga kishiga o'zini oldinda nima kutayotganligini bilish imkoniyati berilmagan. Ehtimol, O'zbekiston terma jamoasini boshqarish haqidagi taklifni olishim mumkin. Bunday paytda dabdurustdan xulosa chiqarish yaramaydi. Agar shunday taklifni oladigan bo'lsak, avvalo o'ylab ko'ramiz.

-   Natijalarga erishish yo'lida sportchilarga xos ovqatlanish qanday rol o'ynaydi?
-   Zamonaviy futbol shu darajada taraqqiy etganki, unda ko'zga ko'rinmas mayda-chuyda jihatlarning o'zi yo'q. Albatta, terma jamoa va klub miqyosida futbolchilarning emoq-ichmog'iga javob beradigan alohida mutaxassislar jalb etilgan. Zamonaviy futbol uchun arzimasdek ko'rinadigan jihat qolmagan, desam mubolag'a qilmagan bo'laman. Futbolchining mashg'ulotlar va o'yinlarga to'la tayyor bo'lishida ovqatlanish juda muhim ahamiyatga ega.

-   Agar imkoniyat havola qilinib, futbolda o'zgartirishni istagan qoidangiz bo'lsa, ishni qaysi qoidani o'zgartirishdan boshlagan bo'lardingiz?
-   Juda qiziqarli savol. Agar o'yinlarni g'alaba bilan tamomlar ekansan, qanday qonun-qoidalar evaziga natijaga erishganingning qizig'i bo'lmaydi. Basharti mag'lubiyatga uchrar ekansan, u holda futboldagi qator qonun-qoidalarni o'zgartirishni istab qolasan. Ammo men o'yindagi barcha qoidalar shundayligicha qolishini xohlardim. Bejizga futbolda shunday gap yurmaydi: eng munosib jamoa g'alaba qozonadi.


-   O'zbek futboli va ishqibozlari haqida nima degan bo'lardingiz?
-   O'zbekistonda futbolni juda sevishadi. Men bunga o'z tajribamdan kelib chiqqan holda munosabat bildiryapman. O'zbek futbolsevar muxlislariga tilagim shunday: terma jamoangiz o'zi orziqib kutayotgan jahon chempionatiga chiqsin. Barchangizga mustahkam sog'lik va ishlaringizda rivoj tilab qolaman. Asosiysi, O'zbekistonda azaldan futbol borasida o'ziga yarasha ananalar mavjud. Mana shunday ananalar davom etaversin.

-   Sobiq Ittifoq parchalanib ketganidan so'ng uning tarkibidagi mamlakatlarda futbol qanday rivojlandi? Men Rossiya, O'zbekiston, Ukraina va yana bir qancha davlatlarni nazarda tutgan holda shunday savol bilan murojaat qilmoqdaman.
-   Bu savol bilan nimani nazarda tutayotganingizni tushunib etdim. Mening bu boradagi fikrim quyidagicha: MDH davlatlari orasida Ukraina futbolining mavqei ancha baland. Ammo bu gap bilan O'zbekiston futboli saviyasi ancha ortda qolgan, demoqchiman emasman. Azaldan o'zbek futbolchilari o'yinga bo'lgan ishtiyoqlari bilan ajralib turganlar. Asosiysi, mamlakatingiz bosh jamoasi, o'smirlar va yoshlar termasi natijalarni ko'rsatib kelmoqda. Klublaringiz ham qita miqyosidagi musobaqalarda o'zlaridan yomon taassurot qoldirmayaptilar.

-   Sobiq futbolchi va endilikda milliy terma jamoa ustozi sifatida FIFA tomonidan amalga tatbiq etila boshlagan videotakrorla haqidagi fikringiz qanday?
-   Bu savolga javob qaytarish ancha mushkul ish hisoblanadi. Faqat shuni aytishim mumkinki, monitorlar qarshisida o'tirgan mutaxassislar yakuniy qarorni chiqarishda kamdan-kam hollarda xato qilishsin.

FIRDAVSXON   

Reyting: +6   

Fikrlar

championat.asia
< so’nggi yangiliklarni ko’rish
Яндекс.Метрика