Ignatiy Nesterov: "Maydonga tushmayotganim bu murabbiylar shtabining qarori"
09 noy 2015 23:00
Yangiliklar
Ignatiy Nesterov: "Maydonga tushmayotganim bu murabbiylar shtabining qarori"
JCH-2018 ikkinchi saralash bosqichi doirasidagi KXDRga qarshi o'yin oldidan O'zbekiston terma jamoasi darvozaboni Ignatiy Nesterov o'z fikrlari bilan o'rtoqlashdi.
"Mashg'ulotlarda barchamiz birdek jiddiy tayyorgarlik olib bormoqdamiz. Uchrashuv qiymati juda yuqori. Jiddiy o'yin bo'ladi. Bu bahsni biz juda uzoq kutgandik. O'ylashimcha, bu biz uchun so'nggi imkoniyat. Men avvalo professionalman. Mashg'ulotlarda katta kuch bilan shug'ullanmoqdaman. So'nggi o'yinlarda maydonga tushmayotganim bu murabbiylar shtabining qarori. Demak men hali asosiy tarkibda tushishga kerakligicha tayyor emasman. Buning uchun ishlayapman va ishlashda davom etaman. Bo'lajak o'yinlarda o'zimizga kerak bo'lgan ochkolarni qo'lga kiritishimizga ishonaman. Bu kabi tayyorgarliklardan so'ng albatta g'alaba qozonishimiz lozim bo'ladi", - deydi Ignatiy Nesterov.
O’xshash yangiliklar
championat.asia
Breaking! Бозоров, Алибоев, Рўзиев ва Холмуродов терма жамоадан чақирув олди
Манба: Абдуқодир Ҳусанов — Осиёнинг 2025 йилдаги энг яхши ёш футболчиси!
АПЛ. Дуранглар оқшоми: байрамдан кейин жамоалар ғолиб бўлишни исташмади
Расман: "Челси" ва Энцо Мареска ўзаро келишув асосида ҳамкорликни тўхтатди
Fikrlar