So’nggi yangiliklar

17:15"Футбол олами". Ярим финалчилар маълум, хайр "Навбаҳор" ва "Бунёдкор"  0 16:59"Андижон", "Динамо", "Навбаҳор"га жарима ва яна кўплаб қарорлар – Тартиб-интизом қўмитасининг навбатдаги йиғилиши тафсилотлари   4 16:34"Ливерпуль" "Бавария" футболчисини АПЛга қайтармоқчи  0 15:45Жаҳон чемпионатигача: Бентуда терма жамоани тайёрлаш учун қанча вақт бўлади?  20 15:23Ўзбекистон кубоги. "Динамо" ярим финалга чиққан ўйиндан ГАЛЕРЕЯ  1 15:10"Манчестер Сити" ҳимоячиси фаолиятини "Милан"да давом эттиради  1 14:44Бенту бошқарган терма жамоалар мундиалларда нима каромат кўрсатган?  25 14:23Нкунку фаолиятини А Серияда давом эттиради (Фабрицио Романо)  8 14:15"Арсенал" яна бир трансфер бўйича келишувга эришди  0 14:06CAFA NATIONS CUP-2025 мусобақаси бошланмоқда. Эртага ўйинолди матбуот анжуманлари ва расмий машғулотлар бўлиб ўтади  4 13:45Бенту Ўзбекистон терма жамоаси тарихидаги 10-хорижлик мураббий бўлади. Аввалги ҳамкасблари қандай натижа кўрсатган?   39 13:03Бугун ЕЧЛга қуръа ташланади. Олма-отага кимлар келади?  7 12:43Конференциялар лигаси саралаши. Бугун Файзуллаев ва Шомуродов жамоаси жавоб учрашувида майдонга чиқади  5 11:34Эшитдик-да! Тимур Кападзе "Пахтакор" бош мураббийи бўлиши мумкин  71 10:48ПСЖ ва "Ювентус" ўзаро келишувга эришди  0

Ignatiy Nesterov: "Mening vazifam - darvozamni ishonchli qo'riqlash" Yangiliklar

Ignatiy Nesterov: "Mening vazifam - darvozamni ishonchli qo'riqlash"

Ignatiy Nesterov pochta qutimiz va tvitter mikroblogimizga kelgan savollarga javob berdi.
Xasanboy Mashrapov, Kiev, Ukraina: Xayrli kun, O'zbekiston milli terma jamoasining sevimli va xurmatli darvozaboni Ignatiy Nesterov. Kelajakda siz O'zbekiston milliy terma jamoasining bosh murabbiyi bo'lish istagingiz bormi? Men shuni istayman va sizga ishonaman.

I.N.:- Salom. Hali bu haqida o'ylab ko'rmadim. Men endi 30 yoshdaman. Oldinda yuqori maqsadlar turibdi. Bu Jahon chempionatida ishtirok etish, Osiyo Kubogida va CHempionlar ligasida g'olib chiqish kabi. SHundan so'ng bu haqda o'ylab ko'rsa bo'ladi.

Sayfulla Raxmonov:Biz boshqa davlatlarda jismonan kam emasmiz. Ammo futbol uchrashuvlarida unday emas. O'ylashimcha bizning murabbiylar va futbolchilar aqlli futbol o'ynay olishmayapti. Agar shunday bo'lmasa nega ular bizni asablarimizga o'ynashadi? Zamonaviy muxlis barcha yaxshi futbolchilarni harakatlarini o'rganib olgan. Menga terma jamoamizning mag'lubiyatlarini ko'rish og'ir botadi, bunga davo esa yaxshi natija. Futbol mening ikkinchi xayotim, professional sportchi bo'lmasamda. Menimcha siz fikrimni inkor etmaysiz. Savollarim quyidagicha:

1.Ronaldu, Messi kabi futbolchilardan kam bo'lmaslik uchun bizning futbolchilarimizga nima etishmaydi?

2.Nega standart vaziyatlardan gollar yo'q (deyarli yo'q), Mirjalol Qosimovni aytmaganda?

3.Cirkda hayvonlarni 10 yilda davomida standart vaziyatlardan to'p tepishni o'rgatishsa ular albatta o'rganib ketgan bo'lardilar. Nega bizning futbochilar bunday qila olishmaydi?

I.N.:- Fikrimcha bizda futbol sifati judayam past va yildan yilga ortga qarab ketayapmiz. Agar biz Jahon chempionatiga chiqqanimizda bizda ham kuchli legionerlar bo'lardi. Klublar va muxlislar ham futbolchilarni qo'llab quvvatlash bo'lardi. Mundialga chiqmaganimiz bizni faqat orqaga qaytarmoqda. Ikkinchi savolga kelsak bunda har bir murabbiy mayda detallargacha etibor berishi kerak. Standartlar bilan, turli xil kombinaciyalar ustida ham ishlashi kerak. Cirkka keladigan bo'lsak bu futbolchini o'zida qolgan. Mashg'ulotlarda “xalay valyay” uyushtirsa, o'z ustida ishlamasa u rasmiy o'yinlarda ham shunday ishtirok etadi. Mashg'ulotlarda jonini berib ishlasa, qalban o'z ishiga yondoshsa o'yinlarda u yaxshi futbolchi bo'ladi.

Umid Rajabov: Ignatiy, o'zbek futboli muxlislari sizni o'zbek futboli tarixidagi eng yaxshi darvozabonlardan biri deb bilamiz va sizni zamonaviy futbolning ajoyib o'yinchisi deb hisoblaymiz. Savolim quyidagicha: sizda horijda to'p surish istagi bo'lganmi, agar shunday bo'lgan bo'lsa sizga nima halaqit berdi? Javob uchun oldindan raxmat va omad yor bo'lsin.

I.N.: -Albatta, men horijda o'ynashni orzu qilaman. Har kuni shu haqida o'ylayman, yaratgandan so'rayman. Meni taklif etishlarini xohlayman. Men xar kuni kuni o'z ustimda ishlashdan to'xtaymayman.

SHuxrat Yunusov: Agar siz o'tgan mavsumda jarohat olmaganingizda O'zbekistonga pley-off baxsida hech bo'lmasa Iordaniyadan o'tishga o'z xissangizni qo'shgan bo'larmidingiz?

I.N.: -Birinchidan men may oyida jarohat oldim. Ammo men buni hech kimga aytmadim. Ikki uch oy sabr qildim, og'riqlarga chidadim. Murabbiylarga, doktorlarga bu haqda bilintirmadim. Mavsumni so'nggiga qadar o'ynamoqchi edim. Har kuni ukollar, og'riq qoldiradigan dorilar ichardim. Og'riq kuchaygach MRT xulosasini Germaniyaga yubordim va ular jarohatni tezlik bilan davolash kerakligini aytishdi. Sabr qilganim boisi meni Osiyo Kubogidagi kabi o'ylashmasin dedim. Esingizda bo'lsa Avstraliyaga qarshi o'yinda jarohat tufayli jamoamga yordam bera olmaganman. Boshqa terma jamoalarga qarshi o'shanda ham og'riq qoldiruvchi ukollar yordamida o'ynaganman. O'tgan yili og'riq kuchayib ketgach murabbiylarga kelib, kechirasizlar, men o'ynay olmayman, jarohatni davolab, yangi mavsumdan o'ynashimni aytdim.

Baxtiyor Tillaboev: Agar sizga Evropa klublaridan “Real” yoki “Barselona”dan taklif tushsa, qaysi birini tanlagan bo'lardingiz?

I.N.: - Dastlab Evropada bironta jamoaga o'rnashib olgach, keyin “Real” yoki “Barselona” haqida o'ylayman

Begzod Botirov: Salom! Siz faoliyatingizda nimalarga erishganingizdan faxrlanasiz va nimalarga erisha olmaganingiz sizda armon tuyg'usini vujudga keltiradi?

I.N.: - Biz Qatarda o'tgan Osiyo chempionatida 4-o'rinni egalladik va shundan keyin yurtimizda futbolga bo'lgan munosabat o'zgardi. SHu bilan birga biz, o'yinchilar bir-birimizni yaxshi tushunadigan bo'ldik. Meni eng afsuslantiradigan holat, bu jahon chempionati yo'llanmasini qo'ldan boy berganimiz. Vaholanki biz mundialga chiqish uchun juda yaxshi imkoniyatga ega edik. Bizda boshqa bunday holat bo'ladimi yoki yo'q, bilmayman.

+99894…..3182@mms.ucell.uz

Savol: futbolning ashaddiy muxlisiman. O'zbek klublarining o'yinlarini qoldirmay ko'rib boraman, ular yutishadimi yoki yutqazishadi qizig'i yo'q. Muhimi, maydonga tushayotgan har bir futbolchi ularni qo'llab-quvvatlayotganimizni his qilishsin. Ignatiy, siz maydonga tushayotganda nimani his qilasiz?

I.N.: - Maydonga chiqayotganda mening birinchi vazifam - darvozamni munosib qo'riqlash va jamoamiz g'alabasiga munosib hissamni qo'shish. Qolaversa, jamoadoshlarim chiroyli o'yin ko'rsatishi va Yaratganning o'zi ularni jarohatlardan saqlashini so'rab maydonga tushaman. Maydonga kimning tushishi, qaysi futbolchi gol urishi muhim emas. Asosiysi, jamoamiz g'alaba qozonib, yakunda 3 ochko qo'lga kiritishini va turnir jadvalida doimo yuqori o'rinda yurishini istayman.

SHuhrat Imomov: Salom, avvalo konferenciyani uyushtirayotganlarga o'z minnatdorchiligimni bildirib, kelgusida ham bundayin mazmunli ishlarni bardavom qilishlarini tilab qolaman. Men Ignatiyni judayam hurmat qilaman va unga keyingi ishlarida ham bundanam yuksakroq natijalarni tilab qolaman. Savolim quyidagicha: Ignatiy, birinchi maoshingni kimga bergansan va bundan qanday hissiyot tuygansan?

I.N.: - Bu voqea 2001 yilda bo'lgan. Meni o'sha paytda Samarqandning “Dinamo” jamoasiga chaqirishgandi. Men u paytda juda yosh bo'lganman va Oliy ligada to'p surishga cho'chiganman. O'sha paytlarda “Dinamo” safida Ravshan Bozorov, Muhsin Muhammadiev kabi mashhur futbolchilar to'p surishgan. SHunday yulduzlar bilan yonma-yon to'p surishimga ko'zim etmagan va Samarqandda yo'qolib qolganman. Keyin meni Toshkentdan qidirib topishgan. O'sha yili mavsumning dastlabki uchrashuvida maydonga tushmaganman, meni zahirada qoldirishgan. Ammo, 2-turda jamoamiz bosh murabbiyi Hakim Fuzaylov meni asosiy tarkibda maydonga tushirgan va to'liq o'ynaganman. O'yindan keyin bizga mukofot berishgan va bu men uchun o'sha paytda juda katta summa edi. Birinchi maoshimni ota-onamga olib kelib berganman.

Farobiy: Salom Ignatiy! Sizga bir qancha savollarim bor.

1. Tan olish kerak, bugungi kunda Osiyoning eng zo'r darvozaboniga aylandingiz. Kasilyasdan kam joyingiz yo'q. Lekin siz hammaga o'xshab chet elga ketganingiz yo'q, doim O'zbekistonda o'ynadingiz. Bunga sabab nimada: O'zbekistonni yaxshi ko'rishingizdami yoki chet el klublaridan tuzukroq taklif tushmaganida?

I.N.: - 2003 yili BAAda o'tgan yoshlar o'rtasida jahon chempionatidan so'ng menga Rossiyaning “Kuban” klubidan taklif tushgandi. Lekin o'sha paytda “Paxtakor” klubi rahbariyati meni jamoada qolishimni istashgan. Osiyodan menga taklif tushmasligiga sabab, qitamizdagi aksariyat klublar asosan mahalliy darvozabonlar xizmatiga tayanishni afzal ko'rishadi. SHu sabab Osiyo klublaridan menga takliflar bo'lmayapti. Evropaga ketmaganimga sabab, bizning milliy chempionat yoki klublar va terma jamoalar o'rtasidagi xalqaro o'yinlarni Evropada translyaciya qilishmaydi. Natijada skautlar bizning futbolchilarni kuzatish imkoniyatidan mahrum bo'lishmoqda. Agar men uchun manfaatli va aniq taklif bo'lganida o'z kuchimni xorij klublarida sinab ko'rgan bo'lardim. Ammo, hozircha bunday taklif bo'lgani yo'q.

SHerali Jo'raev:Assalomu alaykum “Lokomotiv” klubi, salom Ignatiy!

- Savolim shundan iboratki siz qatnashgan, ishtirok etgan o'yinlarda O'zbekiston milliy terma jamoasining eng yaxshi o'yini qaysi biri sizningcha? Va asosiy savolim, milliy terma jamoa muxlislari orasida ko'p tortishuvlarga sabab bo'layotgan Abramov bilan Qosimovdan qaysi biri bosh jamoamizni yaxshiroq, futbolchilarning imkoniyatlaridan kelib chiqqan holda yuksakroq darajada boshqaradi? Qisqasi, siz uchun ulardan qaysi biri kuchli taktik murabbiy?

I.N.: - Milliy terma jamoamiz ishtirokidagi biron-bir o'yinni men uchun eng yaxshi o'tgan, deb ko'rsatolmayman. Ammo, meni terma jamoamizga chaqirishsa, butun vujudimni berib to'p surishga harakat qilaman. Abramov va Qosimov masalasiga kelsak, ularning ishiga baho beradigan Terma jamoalar markazi, qolaversa Futbol federaciya bor.

Farhod Mamajonov: Assalomu-alaykum Ignatiy. Agar siz darvozabon bo'lmaganingizda qaysi ampluani tanlardingiz?

I.N.: - Futbolga kirib kelishimdan oldin men basketbol bilan shug'ullanardim. Keyin meni futbolga chaqirishgan. Oldimda ushbu ikki sport turidan birini tanlash vazifasi turardi va men futbolni tanlaganman. Murabbiyimiz menga darvozabon o'rnida to'p surishimni taklif qilgan va men rozi bo'lganman. SHundan beri darvozani qo'riqlab kelmoqdaman va futbolda boshqa poziciyada to'p surishni hatto xayolimga ham keltirmaganman.

Kattabek Ochilov: Assalomu-alaykum. Avvalo barchangizni yangi futbol mavsumi bilan tabriklayman. Nesterovga savolim shunday:

1. Malumki, biz 2014 yilgi mundialdan mahrum bo'lib ulgurdik. Aytingchi, ushbu muvaffaqiyatsizlikda terma jamoamiz darvozabonlarining necha foiz aybi bor, deb o'ylaysiz? (SHunchaki shaxsiy fikringizni bilmoqchiman!)

2. Agar sir bo'lmasa aytingchi, siz uchun darvozaning qaysi qismiga yo'llangan zarba qiyinchilik tug'diradi, yani darvozaning qaysi qismini qo'riqlash nisbatan mushkulroq sizga?

I.N.:

1. Futbolda bejizga aytishmaygan, darvozabon - yarim jamoa, deb. SHu manoda jamoa qayd etgan qoniqarsiz natijalarda darvozabonlarning 50 foiz aybi bor deyish mumkin. Ammo, shuni ham unutmaslik kerak, darvozabon qanday to'p surishi jamoa himoyachilariga ham bog'liq. Agar ular raqib hujumchilariga erkin harakat qilishga imkon berishmasa, darvozabon ham ishonch bilan o'ynaydi.

2. Mening birlamchi vazifam - darvozani qo'riqlash. To'p darvozaning qaysi burchagiga yo'llangan bo'lishidan qatiy nazar men uni qaytarishim kerak, chunki darvoza - bu mening uyim. Ikkinchidan, darvozada to'pni qaytarishning imkoni yo'q bo'lgan joy yo'q. To'p qaerga yo'llansa ham qaytarish mumkin.

Husniddin Tursunzoda: Mening savolim quyidagicha: Ignatiy Nesterovga Evropadan taklif tushib qolsa qaysi chempionatni tanlar edi, ispaniya klublarinimi yoki Angliya klublarini?

2. Eng yoqtirgan va unga o'xshashga harakat qiladigan kumir darvozaboningiz kim?

I.N.:

1. Agar menga Evropa klublaridan taklif tushadigan bo'lsa, menimcha Ispaniya variantini tanlasam kerak.

2. Kumir darvozabonga kelsak, mening alohida kumirim yo'q. Lekin, jahonning eng kuchli darvozabonlaridan eng yaxshi sifatlarini o'zlashtirishga harakat qilaman. O'yinlarni televizor orqali kuzata turib, ularning xatolari va yutuqlaridan o'zim uchun kerakli xulosalarni chiqarib olaman.

Farrux Doniyorov: Savol Ignatiy Nesterovga:

1. Agar futbolda darvozabon emas boshqa ampluada harakat qilganingizda shu darajaga chiqa olarmidingiz?

2. Ignatiy Nesterov faoliyatini eng yuksak cho'qqisiga ko'tarildimi?

3. Qo'linigizdagi tatiurovkalarni manosi nimani anglatadi?

I.N.:

1. Men taqdirimga rahmat aytaman, darvozabon bo'lganimga. Yuqorida takidlab o'tganimdek, darvozabondan boshqa ampluada to'p surishni xayolimga ham keltirmagan.

2. Bu haqda men emas, muxlis va mutaxassislar javob berishgani maqul.

3. Qo'limdagi tatiurovka - bu mening oilam, xotinim va qizlarim. Ular har doim men bilan birga va hamisha meni qo'llab-quvvatlashadi.

Jahongir Muhiddinov: Salom Ignatiy. Avvalombor sizga salomatlik, jarohatingiz tezroq tuzalib vatanimiz futboliga bundan keyin ham o'z hissangizni qo'shishda davom etishingizni tilayman. Men sizni vatanimizni qo'riqlovchi chegarachi harbiylarga o'xshataman. Ilohim siz turgan postga dushmanlar yaqin kelisholmasin.

Savolga o'tsam, OFK darvoza ortida hakamlar qo'yishi kerakmasmikin. Osiyoda hali beri APLdagidek texnologiyalardan foydalanishga imkon bo'lmasa kerak. Aynan darvozabon sifatida bunga qanday qaraysiz?

I.N.: Men darvozalar ortida hakamlar bo'lishi kerak, deb hisoblayman.Biz futbolchilar maydonda qanday o'ynashayotganini ko'rib ulardan o'rganmoqdamiz. Menimcha, futbolning yanada halol, adolatli bo'lishi uchun darvoza ortida hakam bo'lishi kerak.

Jasur Jo'raboev: Siz O'zbekistonda bir necha tajribali darvozabon murabbiylar (Anvar Rashidov, Skolari yordamchisi, Abdusattor Raximov....) bilan ishladingiz? Sizningcha qaysi darvozabon murabbiydan siz biron narsa oldingiz?

I.N.: Men avvalo Anvar Rashidovga minnatdorchilik bildirgan bo'lardim, negaki u men bilan 7,5 yil birga ishladi va menga ko'p narsa o'rgatdi. U menga to'pni qanday ushlab olish, maydonda himoyachilarni boshqarish singari darvozabonlar uchun muhim bo'lgan jihatlarni o'rgatdi. Abdusattor Raximovni ham yomon murabbiy demagan bo'lardim. Unga ham men bilan birga ishlagan to'rt yillik faoliyati uchun rahmat aytaman. Ularga avvalo sog'lik, qolaversa ko'plab istedodli shogirdlar tarbiyalashlarini tilab qolaman. Murabbiylarimiz bizdan faxrlanib yurishlarini xohlayman.

Barcha on-layn konferenciyada qatnashgan muxlislarga o'z minnatdorchiligimizni bildiramiz. Ignatiy Nesterov bilan o'tkazilgan suxbat o'z yakuniga etdi.
Reyting:    

Fikrlar

championat.asia
< so’nggi yangiliklarni ko’rish
Яндекс.Метрика